1. ma’ruza bo’yicha o’quv materiallari


Hissiy holatlarni korrektsiyalashning usullari. O’z-o’zini boshqarish usullari



Yüklə 0,69 Mb.
səhifə27/56
tarix05.12.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#173184
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   56
1. ma’ruza bo’yicha o’quv materiallari

2.Hissiy holatlarni korrektsiyalashning usullari. O’z-o’zini boshqarish usullari.

Odamning moslashmagan axloqi haqiqatan ko’p hollarda xavotir bilan ta`riflanadi. Biroq oshirib yuborilgan baholashdan qochish darkor. Masalan, shaxs professional qaror qabul qilish zaruriyati tug`ilganda buning uchun etarli malakaga ega bo’lmaganligi sababli xavotirni his qiladi. Bunday hollarda zaruriy malakani egallab borgan holda xavotirni kamaytirish mumkin. Agar axloqiy tahlil davomida mijozda shunchaki umumiy keskinlik emas, balki maxsus xavotir yoki fobiya aniqlansa, maxsus uslublar, masalan sistematik desensibilizatsiyadan foydalanish maqsadga muvofiqdir.


D.Volpe tomonidan ishlab chiqilgan sistematik desensibilizatsiya uch elementni o’z ichiga oladi:
A) chuqur muskul relaksatsiyani o’rganish;
B) xavotirni uyg`otuvchi sabablar ierarxiyasining qurilmasi;
V) relaksatsiya holatiga tushgan mijozga xavotirni uyg`otuvchi ierarxiyadagi ob`ektlarni tasavvur qilishni taklif etadi.
Ishni boshlashdan oldin mijozga uslubning mohiyatini qisqacha tushuntirib berish kerak. Xavotir ierarxiyasi – bu xavotirni qo’zg`atuvchi sabab (vaziyat) lar ro’yxati. Har bir vaziyat uchun xavotir darajasi belgilanadi. Odatda, xavotirni uyg`otuvchi sabablar quyidagi tarzda baholanadi. “0” bahosi xavotir hissining butunlay yo’qligini, “100” bahosi esa qo’zg`atuvchi sababaning ushbu ko’rinishi bilan bog`liq holda yuzaga keluvchi xavotir tuyg`usining eng yuqori darajada ifodalanganligini bildiradi. SHunday qilib, qo’zg`atuvchi sabablar ierarxiyasi – xavotirning sub`ektiv shkalasi tuziladi.
Xavotirni qo’zg`atuvchi sabablar mavzular bo’yicha guruhlanadi, masalan, namoyishkorona chiqish, imtihon topshirish, jamoatchilik joyida yurish, qarama-qarshi jins vakili bilan muloqot. Mijozlarning ishlashini birmuncha tez-tez buzuvchi sabablar va mavzularga ko’proq e`tibor qaratish lozim. Ish hamkorlikda yoki mustaqil ravishda (uy vazifasini bajarish paytida) qilinishi mumkin.
O’z-o’zini boshqarish – psixologik ta`sirning navbatdagi muhim “nishon”idir. Relaksatsiya protseduralari anchagina murakkab usullarning bir qismi yoki o’z-o’zicha foydalanilishi mumkin, masalan, sistematik desensibilizatsiyada. Birmuncha tarqalgan usul – bu E.Djekobs tomonidan ishlab chiqilgan relaksatsiya treningi asoslari hisoblanadi. Djekobson bunday giperhayajon, giperg`azablanish kabi reflektorli reaktsiyalar u asab-muskul gipertenziyasi deb nomlagan holat bilan bog`liq [11, 256-b.]. Gipertenziyaning simptomlari tez-tez, shu jumladan, umumiy kuchlanishda, hayotning kuchlangan ritmida, o’z-o’zini nazorat qilish muammolarida, uyqusizlikda, bosh og`rig`ida uchraydi. Relaksatsiya (bo’shashish) ni o’rganish autotrening nomi ostida ma`lum bo’lgan istiqbolli relaksatsiya uslublarida tavsiya etiladigan qarorlar uchun muhim vazifa hisoblanadi.

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin