1. ma’ruza bo’yicha o’quv materiallari



Yüklə 0,69 Mb.
səhifə56/56
tarix05.12.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#173184
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   56
1. ma’ruza bo’yicha o’quv materiallari

Рейтинг мезони

Baholash usullari

Ekspress testlar, yozma ishlar, og‘zaki so‘rov, prezentatsiyalar

Baholash mezonlari

86-100 ball “a`lo” uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi kerak:
-shaxs psixologiyasi, maxsus psixologiyaga oid nazariy va amaliy bilimlarga ega bo‘lishi;
o‘rganilgan barcha mavzular yuzasidan ijodiy fikrlay olish;

  • mustaqil mushohada yurita olish;

  • fanning mohiyatini tushunish;

  • fan mavzularini bilishi va aytib bera olishi;

  • tasavvurga ega bo‘lish.

71-85 ball “yaxshi” uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi kerak: yuqorida sanab o‘tilgan shaxs psixologiyasi, maxsus psixologiyasi asosiy muammolari yuzasidan

  • mustaqil mushohada yurita olish;

  • olgan bilimlarini amalda qo‘llay olish;

  • fanning mohiyatini tushunish;

  • tasavvurga ega bo‘lish.

55-70 ball “qoniqarli” uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi kerak: yuqorida sanab o‘tilgan shaxs psixologiyasining asosiy muammolari yuzasidan

  • fanning mohiyatini tushunish;

  • fan mavzularini bilishi va aytib bera olishi;

  • fanining predmeti haqida tasavvurga ega bo‘lish.

0-54 ball “qoniqarsiz”

  • fanning predmeti haqida aniq tasavvurga ega bo‘lmaslik;

shaxs psixologiyasi, maxsus psixologiya fani mavzularini bilmaslik.

Fan bo‘yicha joriy va oraliq nazoratlarga ajratilgan umumiy ballning 55 foizi saralash ball hisoblanib, ushbu foizdan kam ball to‘plagan talaba yakuniy nazoratga kiritilmaydi.
Joriy JN va oraliq ON turlari bo‘yicha 55bal va undan yuqori balni to‘plagan talaba fanni o‘zlashtirgan deb hisoblanadi va ushbu fan bo‘yicha yakuniy nazoratga kirmasligiga yo‘l qo‘yiladi.
Talabaning semestr davomida fan bo‘yicha to‘plagan umumiy bali harbir nazorat turidan belgilangan qoidalarga muvofiq to‘plagan ballari yig‘indisiga teng.
ON va YAN turlari kalendar tematik rejaga muvofiq dekanat tomonidan tuzilgan reyting nazorat jadvallari asosida o‘tkaziladi. YAN semestming oxirgi 2 haftasi mobaynida o‘tkaziladi.
JN va ON nazoratlarda saralash balidan kam ball to‘plagan va uzrli sabablarga ko‘ra nazoratlarda qatnasha olmagan talabaga qayta topshirish uchun, navbatdagi shu nazorat turigacha, so‘nggi joriy va oraliq nazoratlar uchun esa yakuniy nazoratgacha bo‘lgan muddat beriladi.
Talabaning semestrda JN va ON turlari bo‘yicha to‘plagan ballari ushbu nazorat turlari umumiy balining 55 foizidan kam bo‘lsa yoki semestr yakuniy joriy, oraliq va yakuniy nazorat turlari bo‘yicha to‘plagan ballari yig‘indisi 55 baldan kam bo‘lsa, u akademik qarzdor deb hisoblanadi. Talaba nazorat natijalaridan norozi bo‘lsa, fan bo‘yicha nazorat turi natijalari e’lon qilingan vaqtdan boshlab bir kun mobaynida fakultet dekaniga ariza bilan murojaat etishi mumkin. Bunday holda fakultet dekanining taqdimnomasiga ko‘ra rektor buyrug‘i bilan 3 (uch) a’zodan kam bo‘lmagan tarkibda apellyatsiya komissiyasi tashkil etiladi.
Apellyatsiya komissiyasi talabalaming arizalarini ko‘rib chiqib, shu kunning o‘zida xulosasini bildiradi.
Baholashning o‘matilgan talablar asosida belgilangan muddatlarda o‘tkazilishi hamda rasmiylashtirilishi fakultet dekani, kafedra muduri, o‘quv-uslubiy boshqarma hamda ichki nazorat va monitoring bo‘limi tomonidan nazorat qilinadi.

1 Снегирева Т.В. 91б.

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin