1. ma’ruza bo’yicha o’quv materiallari



Yüklə 0,69 Mb.
səhifə23/56
tarix05.12.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#173184
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   56
1. ma’ruza bo’yicha o’quv materiallari

Tayanch tushunchalar: psixologik preventsiya, psixologik intervensiya, deviant moslashuv, ijtimoiy psixologik moslashmaganlik.
1.Shaxs og`ishgan xulqiga ijtimoiy- psixologik ta`sir
Shaxsning og`ishgan xulqi turlicha ijtimoiy institutlar tomonidan boshqariladi. Jamoatchilik ta`siri huquqiy qonunlar, tibbiy aralashuv, pedagogik ta`sir, ijtimoiy ko’mak va psixologik yordam xarakterini olishi mumkin. Axloqiy buzilish murakkab xarakteri kuchida ularni ogohlantirish va bartaraf etish yaxshi uyushtirilgan ijtimoiy ta`sirlar tizimini talab qiladi.
Psixologik yordam ikkita etakchi yo’nalishga ega. Bu psixologik preventsiya (ogohlantirish, psixoprofilaktika) va psixologik interventsiya (bartaraf etish, korrektsiya, reabi­litatsiya). Psixotashhis, qoidadagiday, ishning mustaqil yo’nalishi hisoblanmaydi va psixolo­gik yordamning maqsadi bo’lmasligi zarur. Bu faoliyatning yordamchi turi, muhim, biroq majburiy emas, qoidadagiday, hal qiluvchi oraliq amaliy vazifa.
Psixoprofilaktik ishlarning turlicha shakllari mavjud Birinchi shakl – ijtimoiy muhitni tashkil etish.
Psixoprofilaktik ishning ikkilamchi shakli – xabardor qilishdir.
Psixoprofilaktik ishning uchinchi shakli – ijtimoiy-muhim malakalarga faol ijtimoiy o’rgatishdir. Ushbu mo­del ko’pincha guruhli treninglar shaklida amalga oshiriladi. Hozirgi vaqtda quyidagi shakllar tarqalgan.

  1. Salbiy ijtimoiy ta`sirga rezistentlik (mahkamlik) treningi.

  2. Assertivlik yoki affektiv-qadriyatli ta`lim treningi.

  3. Hayotiy malakalarni shakllantirish treningi

To’rtinchi shakl – alter­nativ deviant axloq faoliyatini tashkil etish.
Beshinchi shakl – sog`lom turmush tarzini tashkil etish.
Oltinchi shakl – shaxsiy resurslarning faollashuvi.
Ettinchi shakl – deviant axloqning salbiy oqibatlarini minimallashtirish.
Deviant axloqning o’ziga xosligiga muvofiq ravishda psixoprofilaktika ishlarining quyidagi tamoyillarini ajratish mumkin:
– majmuaviylik (oila va shaxs, ijtimoiy borliqning turli darajasiga ta`sirni uyushtirish);
– manzillilik (yosh, jinsiy va ijtimoiy tavsifnomalarni hisobga lish);
– ommaviylik (ishning guruhli shakli birlamchiligi);
– axborotning ijobiyligi;
– salbiy oqibatlarni eng kam darajaga tushirish;
– ishtirokchilarning shaxsiy manfaatdorligi va mas`uliyati;
– shaxsning eng yuqori darajadagi faolligi;
– kelajakka intiluvchanlik (axloq oqibatlarini baholash, ijodiy qadriyatlar va maqsadlarni dolzarblashtirish, deviant axloqsiz kelajakni rejalashirish).
Psixologik yordam ikkita etakchi yo'nalishga ega. Bu psixologik preventsiya (ogoqlantirish, psixoprofilaktika) va psixologik interventsiya (bartaraf etish, korrektsiya, reabilitatsiya). Psixotashhis, qoidadagiday, ishning mustaqil yo'nalishi hisoblanmaydi va psixologik yordamning maqsadi bo'lmasligi zarur. Bu faoliyatning yordamchi turi, muqim, biroq majburiy emas, qoidadagiday, qal qiluvchi oraliq amaliy vazifa.
Psixologik yordam ko'rib chiqilayotgan tizim bosqichlaridan biri sifatida unda boshlovchi rol o'ynaydi va aniq ko'rinib turgan gumanistik yo'nalganligi bilan farqlanadi. Bu fakt psixologik ishning maxfiylik, ixtiyoriylik va shaxsiy manfaatdorlik, inson tomonidan o'z qayoti uchun mas'uliyatni qabul qilish, o'zaro ishonch, qo'llab-quvvatlash, shaxs va individuallikni qurmatlash kabi tamoyillarida o'z aksini topdi.
Psixologik yordamning ikki asosiy turini batafsil ko'rib chiqamiz. Og'ishgan axloq profilaktikasi ijtimoiy uyushganlikning turli darajalarida umumiy va maxsus tadbirlar tizimini ko'zda tutadi: umumdavlat, huquqiy, jamoatchilik, iqtisodiy, tibbiy-sanitar, pedagogik, ijtimoiy-psixologik. Muvaffaqiyatli profilaktik ishning shartlari uning majmuaviyligi, ketma-ketlgi, differentsialligi, o'z vaqtidaligidir. Oxirgi shart faol shakllanayotgan shaxs, masalan, o'smirlar bilan ishlashda, ayniqsa, muqim. Shuning uchun kelgusida og'ishgan axloqning psixologik preventsiyasi ko'pincha aynan o'smir yoshidagilar misolida ko'rib chiqiladi.
BSST (Butunjaqon soqliqni saqlash tashkiloti) birlamchi, ikkilamchi va uchlamchi profilaktikani ajratishni taklif qiladi [11, 160-b.]. Birlamchi profilaktika muayyan ko'rinishni chaqiruvchi noxush omillarni bartaraf etishga, shuningdek, shaxsning bu omillar ta'siriga chidamliligini kotarishga yo'naltirilgan. Birlamchi profilaktika o'smirlar o'rtasida keng olib borilishi mumkin. Ikkilamchi profilaktikaning vazifasi - asabiy-psixik buzilishlarni erta aniqlash va reabilitatsiya qilish qamda “xatar guruhidagi”lar bilan, masalan, qozirgi vaqtda bu namoyish etilmagan bo'lmasa-da, og'ishgan axloqqa aniq ko'rinib turgan moyilligi bo'lgan o'smirlar bilan ishlash. Uchlamchi profilaktika axloq buzilishi bilan birga boradigan asabiy-psixik buzilishlarni davolashdek maxsus vazifalarni qal qiladi. Uchlamchi profilaktika shakllangan deviant axloqli shaxslarda retsidivni ogoqlantirishga yo'naltirilgan.
Psixoprofilaktik ish barcha uch bosqichning tadbirlar majmuasiga kirishi mumkin. hisoblanadiki, u muammoning paydo bo'lishidagi ilk bosqichlarda deviant axloqni chaqiruvchi shart va sabablar ta'siri shaklida birmuncha samaralidir.
Psixoprofilaktik ishlarning turlicha shakllari mavjud.
Birinchi shakl - ijtimoiy muhitni tashkil etish. Uning asosida deviatsiyaning shakllanishida atrofdagi muhitning determinatsiyalanuvchi ta'siri qaqidagi tasavvurlar yotadi. Ijtimoiy omillarga ta'sir ko'rsatib shaxsning istalmagan axloqi oldini olish mumkin. Ta'sir butun jamiyatga yo'naltirilgan bo'lishi mumkin, masalan, og'ishgan axloqqa munosabat bo'yicha jamoatchilikning salbiy fikrini yaratish orqali. Ish ob'ekti, shuningdek, oila, ijtimoiy guruh (maktab, sinf) yoki aniq shaxs bo'lishi mumkin.
Ma‘lumki, pubertat davrida psixopat o’zgarishlar qizlarga nisbatan o’g’il bolalarda ko’proq uchraydi. Amerika psixiatriya assotsiatsiyasining psixik kasalliklar diagnostikasi va statistikasi boshqarmasi ma‘lumotlarining ko’rsatishicha, o’smirlar ichida qizlarga nisbatan o’g’il bolalarda xulq buzilishlari 4-12 marta ko’p uchraydi. Xulq buzilishlarining fakatgina bir turi «ijtimoiylashmagan notajovuzlik», ya‘ni o’z ifodalanishiga ko’ra, xarakter aktsentuatsiyasining beqaror tipiga yakinligi uchun, har ikkala jins vakillari uchun teng ko’rsatkichga ega. Shuni ham tan olish kerakki, xulq o’zgarishlari asosan o’g’il bola­larda atroflicha urganilgan. Shunday fikrlar mavjudki, qizlarda, asosan, alkogolga erta ruju quyish oqibatidagi jinsiy deviatsiya yorkin ifodalanadi hamda isteroid va tsikloid o’zgarish­lar xosdir. Yana o’smir qizlarda turli ko’rinishga ega bo’lgan suitsidal xulq kuzatiladi. Psixopat o’zgarishlarning biologik omillarining ichida qizlarning jismoniy rivojlanishida akseleratsiya, o’g’il bolalarda esa infantilizm katta ahamiyatga ega. sog’lom o’quvchilarda xarakter aktsentuatsiyasi tiplarining uchrashi nis-bati uril bolalarga ko’ra qizlarda emotsional-labil, senzitiv va tsikloid tiplar ko’proq uchrashini isbotladi. Garchi o’smir qizlarda bu tiplar kamroq, uchraydi.
Tadqiqotimiz maqsadiga ko’ra, o’smir qizlarda xarakter aktsentuatsiyasi tiplarining uchrashi chastotasi, xulq buzilishlarining xususiyatlari, ularni vujudga kelish xavfi yoki sabablarini aniklash edi. Tadqiqotimiz ob‘ekti 90 ta o’smir qizlar bo’lib, ularning 30 tasi sog’lom sub‘ektlardir. Tadqiqotlarning nati-jalariga ko’ra, ularda harkalay epiliptoid va shizoid uchrab turganligi sababli PDS klinik metod yordamida amalga oshirildi. P.B. Gannushkin vaO.V. Kerbikovlarning psixopat diag­noz mezonlari bo’yicha aniklangan tiplar nisbati bo’yicha tekshirildi. Tekshirilgan o’smirlarning 35% qizlar, 58% o’g’il bolalar (R<0,005) sinaluvchi qizlarning 65%da va o’g’il bolalarning 42%da xulq buzilishi yoki utkir reaktsiya reaktiv holati bilan bog’liq xarakter aktsentuatsiyasining turli tiplari mavjudligi aniklandi.
O’smir qizlarda psixopatiya umumiy sonining 12 tasi va 29% (R<0,05)ga va psixopat rivojlanishi 19 tasida yoki 12% nisbatida esa (R<0,01) ga teng. Bu sinaluvchilarimizda surunkali alkogolizm holati kuzatilgan. Xulq buzilishining psixopatik ifodalanishiga ko’ra, aksilijtimoiy xulq ko’rinishlari qiz­larda erta alkogolga ruju quyish bilan bog’liq bo’lib, jinsiy deviatsiya ishonarli darajaga ega, uydan kochish va suitsidal xulq o’smir bolalarga nisbatan kamroq (R<0,05).
Suitsid xulqning affektiv reaktsiyalar bilan bog’liq jixatlari uchrashining chastotasi ekstrapunitiv, intropunitiv, impunitiv, demonstrativ ko’rinishlarida ishonarli farqlar borligi topildi.
Statistik ma‘lumotlar tahliliga ko’ra, o’smir qizlardagi psi­xopat xulq o’g’il bolalarga nisbatan 3 marta kam. Garchi o’smir qizlarda xulq buzilishlari kam uchrasada, lekin ular o’zining keng kamrovligi va chuqurligi bilan o’g’il bolalardan ustunroqdir.
Biroq, jadvalga joylashtirilgan ma‘lumotlar natijalariga ko’ra, ahamiyat kasb etuvchi farqlar yo’q Ushbu ma‘lumotlarni sog’lom o’smirlar tomonidan ko’rsatilgan natijalar bilan kiyosiy tahlil kilsak, unda epileptoid (R<0,001), shizoid (R<0,005), shuningdek, isteroid, beqaror va gipertim tiplar (R<0,05) uchraydi. Binobarin, o’smirlik yoshiga xos xarakter aktsentuatsiyasi tiplarida keyinchalik psixopat rivojlanishi extimoli yuqoriroq Bu epileptoid va shizoid tiplarga nisba­tan xavf-xatarning ortish xollari ko’p bo’lib, har ikki tip uchun ijtimoiy moslashuv jarayoni juda qiyin kechadi.

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin