1. ma’ruza bo’yicha o’quv materiallari


Takrorlash uchun savollar



Yüklə 0,69 Mb.
səhifə21/56
tarix05.12.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#173184
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   56
1. ma’ruza bo’yicha o’quv materiallari

Takrorlash uchun savollar:

  1. O’z joniga qasd qilish birmuncha jiddiy jamoatchilik muammolaridan biri hisoblanishini isbotlang.

  2. Suitsidal axloqning sabablari qanday?

  3. Suitsidal axloq yordamlashuvchi sharoitlari qanday?

  4. O’z joniga qasd qilishga nima to’sqinlik qiladi?



9-mavzu: Shaxs og`ishgan axloqining psixodiagnostikasi


Reja:

  1. Shaxs og`ishgan axloqining tushunchasi

  2. Shaxs og`ishgan axloqining psixodiagnostikasi



Tayanch tushunchalar: o’g’ishgan xulq, og`ishgan axloqining psixodiagnostikasi.


1. Shaxs og`ishgan axloqining tushunchasi

Giperproteksiya – ota-onalarning farzandlariga nisbatan haddan ziyod e'tibori bo`lib, bu ularning bola tarbiyasi uchun kuch, vaqt va e'tiborni ayamasliklarida namoyon bo`ladi. Ota-ona bu ishni hayot tarziga aylantiradi, ya'ni ona uchun ham, ota uchun ham bola tarbiyasi hayotining mazmun-muddaosiga aylanadi. Giperproteksiya – ota-ona tomonidan bolaning barcha istak, tilak va ehtiyojlarini ko`r-ko`rona, tanqid va mulohazasiz qondirishga intilish; bolani har qanday qiyinchiliklar va to`siqlardan himoya qilish, uning barcha istaklarini joyida bajo keltirish, erkalatish, oddiy yutuqlaridan quvonish, xatolarini sezmaslikka qaratilgan harakatlar. Bolasi uchun “jonini jabborga beruvchilar” odatda o`zlari bilmagan holda farzandlariga yomonlik qilayotganliklarini sezmaydilar, natijada bola kelajakda ishga toqati yo`q, ko`pchilikning ichida o`zini tuta olmaydigan, hayotning past-balandliklarida o`zini nochor his etadigan, tantiq, erka bo`lib qoladi. Ayniqsa, bola o`smirlik yoshiga etganda, erka, tantiq bo`lgani uchun do`stlari va tengqurlari davrasida ham hamma aytganlari bo`lishini istaydigan, liderlikka intiluvchanligini namoyon etgisi keladi, lekin ikkinchi tomondan, aslida unda bunday sifatlar bo`lmaydi. Gap shundaki, bunday holatlarda ota-ona zurriyodi timsolida ilgari o`z hayot tajribasida erisholmagan armonlarini ro`yobga chiqargisi keladi, ularning tarbiya uslublari aynan shunga qaratilgan bo`ladi, lekin bola ko`p jihatdan nochor ekanligini keyinchalik ijtimoiy muhitning turli vaziyatlariga tushganida his eta boshlaydi.



Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin