1. ma’ruza bo’yicha o’quv materiallari



Yüklə 0,69 Mb.
səhifə18/56
tarix05.12.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#173184
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   56
1. ma’ruza bo’yicha o’quv materiallari

5.Ovqatga tobelik
Addiktiv axloqning boshqa, uncha xavfli bo’lmagan, biroq ancha keng tarqalgan turi – bu ovqatga tobelik. Ozuqa suiiste`mol qilishning eng sodda ob`ekti hisoblanadi. Sistematik tarzda ko’p ovqat eyish yoki aksincha ozish uchun miyadan ketmaydigan intilish, taomni serhasham tanlash, “ortiqcha og`irlik” bilan sermashaqqat kurash, yangi va yangi dieta bilan qiziqish – bu va ovqatlanish axloqining boshqa turlari bizning davrimizda keng tarqalgan. Bularning barchasi me`yordan og`ishdan ko’ra me`yorning o’zidir. SHu bilan birga ovqatlanish uslubi inson ruhiy holati va affektiv ehtiyojini aks ettiradi.
Rus tilida muhabbat va ovqatlanish o’rtasidagi aloqa keng aks etgan: “Sevimli – demak shirin”, “Kimnidir istash – demak sevgi ochligini his qilish”, “Kimningdir qalbini zabt etish –kimningdir oshqozonini zabt etish demakdir”. Ushbu aloqa to’qlik va qulaylik bittaga qo’shilgandagi go’daklik kechinmalarida, ovqatlanishdagi onaning issiq bag`ri esa sevgi hissini berganida boshlangan.
Ilk yoshda vital ehtiyojlar frustratsiyasi katta ehtimol bilan bola rivojlanishida muammolarga olib keladi. Tadqiqotchilar ovqat addiktsiyasi sababini go’dak va ona o’rtasidan o’zaro munosabatning erta buzilishida ko’radilar [21, 23]. SHu jumladan, ona go’dak haqida go’dakning ehtiyojlaridan kelib chiqib emas, o’zining ehtiyojlariga muvofiq g`amxo’rlik qilishi mumkin. Qachonki bolaning signallari javob olmasa, bola o’zligining sog`lom hissiyotini ishlab chiqolmaydi. Buning o’rniga bola o’zini to’lahuquqli avtonom mavjudot sifatida emas, shunchaki onaning davomi sifatida his qiladi.
Umuman olganda ozuqa addiktsiyasi shaxs va jamiyat uchun jiddiy xavf tug`dirmaydi. Ayni vaqtda ovqatga tobelikning asabiy anoreksiya (grek tilidan “eyish istagining yo’qligi”) va asabiy bulimiya (grek tilidan “bo’rilar ochligi”) kabi oxirgi variantlari o’ta jiddiy va qiyin engiladigan muammolarni aks ettiradi.
Asabiy anoreksiya” nomi chalg`itishi mumkin, chunki u ushbu holda markaziy muammo ishtahaning yo’qolishi hisoblanadi, degan fikrga olib kelishi mumkin. Faktik jihatdan muammo xushqomatlilik fanatik intilish va semiz bo’lishdan qo’rqishni bostirish bilan bog`liq. Asabiy anoreksiyadagi axloq taomdan voz kechish yoki ovqatlanishdan keskin chegaralanish sifatida ko’rinishi mumkin. Masalan, qiz bolaning kunduzgi ratsioni yarimta olma, yarimta yogurt va ikki bo’lak pechenedan iborat bo’lishi mumkin. Ko’ngil aynishni chaqirish, bo’shashtiruvchi dorilarni qabul qilish, o’ta jismoniy faollik, ishtahani susaytiruvchi vositalarni iste`mol qilish bilan birga borishi mumkin. Bunda, albatta, aniq ko’rinib turgan og`irlikni yo’qotish kuzatiladi. Maxsus yuqori qadriyatli g`oyalar – astenik qaddi-qomatga ega bo’lishga mubtalolik xarakterlidir. Buzilish, qoidadagiday, pubertat muddat oldidan boshlanadi, remissiyada ko’pincha teskarisi bo’ladigan tana o’sishini kiritgan holda jinsiy rivojlanishning buzilishiga olib keladi. O’ta aniq ko’rinib turgan kaxeksiya (toliqish) bosqichida neyrofiziologik buzilishlar boshlanadi: diqqatni jamlashga layoqatsizlik, tezda psixik toliqish.
Boshqa ozuqa addiktsiyasi bo’lgan shaxslar – asabiy bulimiya – odatda, nisbatan me`yordagi og`irlik bilan farqlanadi. Bulimiya – bu kasallik emas va shunchaki odat ham emas. Bu axloqiy pattern bo’lib, bulimiya kengroq tarqalgan madaniyatda ildiz otgan sabablar turi uning oqibati hisoblanadi. Masalan, odamlar quyidagi sxemalardan birida buzilgan ozuqa axloqiga ega bo’lishlari mumkin:

  • taomning ulkan miqdorini jinoyatkorona yutib yuboradi (ishtaha to’satdan paydo bo’ladi);

  • doimiy ovqatlanish (odamning to’xtamay ovqatlanishi);

  • to’yinganlikning yo’qligi (odam to’yganini his qilmasdan ovqatning katta miqdorini eydi);

– tungi ovqatlanish (ochlik kuchayishi tunda sodir bo’ladi).
Ko’p ovqatlanishning tez-tez kuchayishidan tashqari bulimiya tez-tez qusish yoki bo’shashtiruvchilardan foydalanish yordamida og`irlikni faol nazorat qilish bilan ham xarakterlanadi.
Giyohlarga va ovqatga tobelik misolida biz addiktiv axloqning o’zida qandaydir ob`ektdan foydalanishni qayd qiluvchi ko’p bosqichli (biopsixoijtimoiy) buzilishlarni aks ettirishiga ishonch hosil qildik. Addiktiv axloqning aniq bir holatida etakchi sabablarni aniqlashda, shuningdek, psixologik-ijtimoiy yordamni rejalashtirish uchun majmuaviy va individual yondoshuv talab qilinadi. Ilk kechinmalar va jarohatlarni (taxminan ovqatlanish buzilishi uchun – hayotining birinchi yili, kimyoviy tobelik uchun – birinchi ikki-uch yil) o’rganilayotgan muammolar bilan aloqasi qisman tobe axloqning alohida turg`unligini tushuntiradi. Ayni vaqtda fatallik va ayniqsa, piyonistalik va giyohvandlikka nisbatan alohida tarqalgan tobelikni davolab bo’lmaslik haqidagi qarash o’ta xavfni aks ettiradi. Hayot uchun xavfli bo’lgan tobelikni to’xtatish mumkin va zarur. Tobe odamni “davolash” esa uning istagidan qat`i nazar juda zarur. Biroq insonning o’zi ijobiy o’zgarishlar uchun shaxsiy mas`uliyatni anglash hamda zaruriy yordamni olib, tobelikni tan olgan holda tobe axloqni to’la engishi, uddalashi mumkin. Hayot bunday ijobiy namunalarning ko’pini namoyon etgan.

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin