1. ma’ruza bo’yicha o’quv materiallari


Og`ishgan axloqning turli shakllarida ijtimoiy-psixologik aralashuv strategiyalari



Yüklə 0,69 Mb.
səhifə25/56
tarix05.12.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#173184
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   56
1. ma’ruza bo’yicha o’quv materiallari

3.Og`ishgan axloqning turli shakllarida ijtimoiy-psixologik aralashuv strategiyalari.
SHaxs bilan psixologik ish olib borishning birmuncha ommaviy shakli psixoterapiya bilan uyg`unlikda maslahat berish hisoblanadi. Deviant axloq holatida yordamning ajratilgan ikki shakli o’rtasidagi chegaralarni farqlash amaliy jihatdan juda qiyin. “Maslahat berish” atamasi sog`lom odamlar bilan ishlash uchun anchagina maqbul. Axloqiy deviatsiyaning murakkab xarakteri, uning og`riqli buzilishga o’tishga moyilligini inobatga olib, kelgusida psixoterapiya yoki maslahab berish haqida gapirganda biz aynan ularning munosib birkmasini nazarda tutamiz.
SHaxsning yagona nazariyasi yo’qligida maslahat berish (psixoterapiya) ning turlicha kontseptsiya va shakllari mavjud. Uchta etakchi yo’nalish birmuncha rivojlanish va tan olishni oldi: psixoanalitik, kognitiv-axloqiy, gu­manistik. Bu tarixiy modellar hayotga yuzlab mo­difikatsiyani berdi, buning oqibatida turlicha tasniflar paydo bo’ldi. Interventsiya maqsadiga bog`liq holda psixoterapiyaning uch turi ajratiladi [18]:
qo’llab-quvvatlovchi psixoterapiya – mavjud himoya kuchi va ancha yangi samarali axloq usullarini ishlab chiqishni qo’llab-quvvatlashni ta`minlash;
qayta o’rganuvchi psixoterapiya – axloqni o’zgartirishga intilish;
shaxsiy-rekonstruktiv – intrapsixik janjallarni anglash orqali ichki shaxsiy o’zgarishlarga yo’naltirilgan.
Klinik amaliyotda psixotera­piya usullarini simptom-markazlashgan, shaxsiy-markazlashgan va ijtimoiy markazlashganga bo’lish qabul qilingan. Psixoterapiya turlicha shakllarda amalga oshirilishi mumkin, masalan: guruhli, oilaviy yoki indi­vidual, uzoq muddatli yoki qisqa muddatli, muammolarni echish yoki shaxsiy o’zgarishlarga mo’ljallangan direktiv yoki no­direktiv. Amaliyotda ko’pincha kombinatsiyalangan usullardan foydalaniladi. Bundan tashqari, asosiy psixoterapevtik usullarning ko’plab modifikatsiyasi mavjud. Masalan, B. D. Karvasarskiy [22] tahriri ostidagi Psixotera­pevtik entsiklopediyada yuzga yaqin psixoterapevtik usullar yoritilgan, ularning real miqdori esa yanada ko’proq. Ko’pgina mualliflar ayni vaqtda mutaxassis shaxsining ahamiyatiga diqqatni tortgan holda psi­xoterapiyaning taxminan teng ta`sir qiluvchi xilma-xil turlarini ta`kidlaydi.



Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin