3.O’g’ishgan xulq o’rgatish natijasi sifatida Sotsiologik nazariyalar deviant axloqni ushbu jamiyat ichida tasdiqlangan jamoatchilik jarayonlari va me`yorlari kontekstida ko’rib chiqadi. Ijtimoiy deviatsiya ijtimoiy qonunchilikka bo’ysunadi, ular vaqt va jamiyatga bog`liq, ularni prognoz qilish, qator hollarda esa ularni boshqarish mumkin.
Ijtimoiy deviatsiyani tushuntirish uchun E.Dyurkgeym anomiya kontseptsiyasini taklif qildi.«Anomiya» atamasi frantsuz tilidan tarjima qilganda «qonunning, uyushganlikning yo’qligi» deganidir. Bu ijtimoiy uyushmaganlik – ijtimoiy vakuumning shunday holatiki, eskirgan me`yorlar va qadriyatlar real munosabatlarga mos tushmaydi, yangilari bo’lsa hali mustahkamlanmagan. E.Dyurkgeym ijtimoiy patologiyaning turli shakllarini aynan jamoatchilik ko’rinishi sifatida tushuntirish zaruriyatini ta`kidlaydi. Masalan, o’z-o’zini o’ldirish miqdori individning ichki xususiyatlaridan ko’ra odamlarni boshqaruvchi tashqi sabablarga ko’proq bog`liqdir [7].
E.Dyurkgeymning birmuncha yorqin davomchilaridan biri bo’lmish R.Merton deviant axloqni madaniyat tomonidan belgilangan intilishlar va ularni qoniqtirishga mablag` beruvchi ijtimoiy tuzilmalar o’rtasidagi kelishmovchilikning oqibati sifatida ko’rib chiqadi. Masalan, zamonaviy amerika madaniyatida o’z navbatida yuqori individual muvaffaqiyat ahamiyatini belgilovchi boylik g`oyasi usunlik qiladi. Ijtimoiy me`yorlar orqali madaniyat nafaqat maqsadlarni, balki ularga erishishning legiim usullarini aniqlaydi. Xullas, agar odam astoydil mehnat qilsa, uning “amerikacha orzulari” va nihoyat reallikka aylanadi.
Hamma odam (sinf) lar ham omadga erishish uchun bir xil sharoitga ega emas, biroq ular yuzaga kelgan qarama-qarshilikka bir necha yo’llar bilan moslashishlari mumkin. Moslashuvning shunday yo’llari sifatida R. Merton quyidagilarni ajratdi:
konformizm (ijtimoiy ma`qullangan maqsadlar va vositalarni to’liq qabul qilish, ularni amalga oshirish);
innovatsiya (maqsadlarni qabul qilish, ularga erishishning legitim usullarini inkor qilish);
ritualizm (topshirilgan yoki odatiy vositalardan noepchil nusxa ko’chirish);
retrizm (ijtimoiy me`yorlarni bajarishdan passiv ketish, masalan, giyohvandlik shaklida);
isyon (faol isyon − ijtimoiy me`yorlarni rad etish) [9, 11-b.]."
Ularga erishish maqsadi va vositalari o’rtasida nizo anemik zo’riqish, frustratsiya va moslashuvning noqonuniy usullarini izlashga olib kelishi mumkin. Ushbu holat past ijtimoiy qatlam orasida jinoyatchilik nisbatan yuqori darajadaligini qisman tushuntiradi.
Ijtimoiy deviatsiyaning boshqa ob`ektiv omillari deb quyidagilar tan olinadi: ijtimoiy o’zaro ta`sir ishtirokchilari va umidlarning amalga oshmasligi o’rtasidagi farq (T.Parsons); odamlarning shaxsiy sifatlari va yaxshilikni taqsimlashdagi nomuvofiqlik (P.Sorokin); deviant submadaniyat va ta`limga me`yorning ta`siri (R. Klauord, L. Oulin). Xullas, erta yoshlikdan deviant submadaniyatga (jinoiy, nizoli yoki retristik) jalb qilingan shaxs katta ehtimol bilan deviant axloqqa tegishli shakllarni namoyon etadi.
Zamonaviy submadaniyatning deviant axloqqa ta`siri garchi etarlicha o’rganilmagan masala bo’lsa-da, o’ta muhim hisoblanadi. Ayni damda yaxshi ma`lumki, shaxs qaysidir bir ijtimoiy guruhga mansub. Qator hollarda guruhli ehtiyojlar ustunlik qiladi – guruhga kirgan bo’lish, uning me`yorlariga amal qilish, uning ishtirokchilariga taqlid qilish, o’zini boshqa guruhlarga qarshi qo’yish. SHu negizda eng turli-tuman submadaniyatlar o’sib chiqadi – aristokratik elita, xippi, metallistlar, rokerlar, geylar, skinxedlar va h.k. Odamlar ko’p hollarda genotsid, rasizm, fashizm kabi ommaviy deviatsiyalarning mavjudligini tushuntirib beruvchi guruh sardorlari va ularning ideallariga (shu jumladan, destruktiv) o’xshashga moyildirlar.
Boshqa yaqqol muammo deb “kasb – deviant axloq” aloqasining noaniqligini aytish mumkin. Professiona muhit inson shaxsiga ahamiyatli ta`sir ko’rsatadi. Xorosho izvestnы takie negativnыe fenomenы, kak professional stress, professional «kuyib qolish» va shaxsning professional deformatsiyasi kabi salbiy fenomenlar yaxsh ma`lum. SHunga qaramay, shaxsning deviant axloqiga kasbning ta`siri muammosiga bag`ishlangan nashrlar deyarli yo’q.
Ko’rib chiqilgan ob`ektiv ijtimoiy omillar qatorida deviant axloqning sub`ektiv sabablari deb nomlanuvchilari ham amal qiladi. Deviatsiyaning stigmatizatsiya nazariyasiga (E.Lemert, G. Bekker) muvofiq jamiyatning o’zi (aniqrog`i, ijtimoiy guruh) shaxsga mavhum qoidalar (dastlabki deviantlik) bilan aniq odamning harakatiga nisbat yo’li bilan tegishli yorliqlarni yopishtiradi. Sekin-asta individni deviant rolida (ikkilamchi deviantlik) ushlab turishga majburlaydigan reputatsiya shakllanadi[9, 13-b.].
I.Gofman stigmalarning uchta turini ajratadi: jismoniy stigma (tug`ma anomaliyalar va jismoniy mayiblik); iroda nuqsonlari (piyonistalik, giyohvandlik, qalb kasalliklari); irqiy stigmalar («qoralar») [9, 14-b.].
Sazerlend 1939 yilda deviant axloq – murakkab va axloqning differentsiatsiyalangan shakliga muvofiq differentsiatsiyalangan assotsiatsiya nazariyasini ifodalagan. Unga interaktsiya (o’zaro harakat) ni o’rgatishadi. Bu jarayon deviant motivatsiyani o’zlashtirish, deviant axloqni oqlash va texnik jihatdan amalga oshirishdan iborat.
Deviant axloq «ijtimoiy rol»yoki «shaxsning ijtimoiy vazifasi» (Dj. Mid, M. Doych, R. Kraus) tushunchalari yordamida ifodalangan bo’lishi ham mumkin. Rol – bu inson axloqiga nisbatan umidlar tizimi, insonning shaxsiy axloq modeli haqidagi tasavvuri, va nihoyat egallagan holati – maqomi bilan muvofiq axloq.Bu bilan muvofiq tarzda odamlar o’zlariga turlicha rolli, shu jumladan deviant rolini qabul qilishlari mumkin.
Nihoyat, og`ishgan xulqning sub`ektiv sababi ijtimoiy me`yorlarga shaxs (guruh)ning o’zining munosabati (G. Sayk, D. Matza) bo’lishi mumkin. Masalan, axloqiy talablardan ozod bo’lish va o’zini oqlash uchun odam harakatlarini quyidagi usullar bilan “neytrallashi” mumkin: oliy tushunchalarga bahona qiladi (do’stlik, guruhga sadoqat); jabrlanuvchi mavjudligini rad etish; o’z axloqini deviantlik bilan oqlash yoki u tomonidan g`alamislik qilish; o’z mas`uliyatini rad etish; o’z axloqining zararini rad etish.