5d658ff1236e4cac402c9d9b1712c36e Ekologiya fanining asoslari va vazifalari
8 3-ma ruza.Ekologiyaning tadqiqot usullari.(2-soat). Asosiy savollar: LEkologiyaning tadqiqot usullari: dalada kuzatish, laboratoriya va dala tajribalari, o‘simlik assotsiatsiyasi va hay vonlarni ekologik o‘rganish. 2.Matematik modellashtirish.
Mavzuga oid tushuncha va iboralar:
Kuzatish. tajriba. modellashtirish, assotsiatsiya. fomiatsiya, tip, organizmlar soni. turlaming uchrashi. biomassa, hosildorlik indeksi. dominantlik. qoplam, zichlik.
1-asosiy savol bo‘yicha o‘qituvchining maqsadi:
Hkologlar dalada kuzatish, laboratoriya va dala tajribalari kabi usullardan foydalanishlari haqida fikr yuritish. Usimliklar assotsiatsiyalarini, hayvonlami ekologik o‘rganish kabi masalalami yoritib ber lsh.
Identiv o‘quv maqsadlari:
1.1 .Ekologiyaning tadqiqot usullarini farqlaydi. *
1.2.o‘simlik assotsiatsiyasini o‘rganishni bbiladi va xotirasida saqlaydi.
1.3.Hayvonlarni ekologik o‘rganishni tushunadi va xotirasida saqlab qoladi.
1-asosiy savolning bayoni.
Ekologiya o‘ziga xoslikga ega bo‘lib, uning izlanish oo‘ekti bo‘lib, alohida olingan tur emas. balki turlar guruhi. populyatsiyalar va ulaming jamoalan yoki biologik makrotizimlar xizmat qiladi.
Ekologik ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishda ko‘pincha daladagi kuzatishlar, dalada va laboratoriyada tajribalar va ekotizimlarni modellashtirish usullaridan foydalaniladi.
Demak, ekologlar kuzatish va tajribaga asoslangan holda ish olib borishadi.
Metod yoki uslub so‘zi yunoncha-«biror narsaga yo‘l» degan ma'noni anglatadi. o‘rganilayotgan oo‘ektni to‘g‘ri tasawur etish. faqatgina unga to‘g‘ri yondoshganda, to‘g‘ri uslub tanlagandagina bo‘lishi mumkin.
Umuman, uslubni-qorong‘uda yo‘lni yoritib turuvchi chiroqga o‘xshatishadi.
Ekolog uchun birinchi navbatda daladagi kuzatishlar muhim rol o‘ynaydi, ya'ni turlarning populyatsiyasi va ulaming jamoasini tabiiy holatda-tabiatda o‘rganish. Bunda odatda fiziologiya. biokimyo. anatomiya, sistematika kabilaming usullaridan keeng foydalaniladi.
Daladagi kuzatishlar bizga organizm yoki populyatsiyalarga aniq bir omillar majmuasining la"sir natijalarini aniqlashga imkon yaratadi, aniq bir sharoilda turlaming rivojlanishi va hayot faoliyati haqida umumiy tushunclia bcradi. Kuzatishlar, muhitning qaysi bir omili turlaming, populyatsiya va jamoalarning hayoti faoliyati xarakterini aniqlaydih - degan savolga to‘liq javob bera olmaydi. Bu savolga faqatgina tabiatdagi bo‘ladigan munosabatlarning sababini aniqlash imkoniyatiga ega bo‘lgan- tajriba javob berishin mumkin. Laboratoriya sharoitidagi tajribalarda olingan natijalar albatta tabiatda tekshirilib ko‘rilishi kerak. Bu esa populyatsiya va jamoaning tabiiy ekologik munosabatlarini yanada chuqurroq tushunishga imkon beradi.
Tajriba-tadqiqotchi tomonidan yar atilgan sharoida borayotgan maTum tabiiy jarayonni kuzatishdir. Tajribada maTum oo‘ektga (individ, populyatsiya, biogeotsenoz) tasir etayotgan omil kuzining ortishi yoki kamayishi namuna bilan taqqoslanadi. Tajriba natijalari haqida ko‘rsatkichlarning o‘zgarishiga qarab xulosa qilinadi. Buning uchun albatta namuna bbilan taqqoslash zarur. Tajriba hcch vaqt taqqoslashsiz olib borilmaydi.
llmiy-tadqiqot ishlari laboratoriya va dala sharoitlarida olib boriladi. Dala sharoitida olib boriladigan tajribalarga misol qilib turli qishloq xujaligi o‘simliklarini sug‘orish, o‘g‘itlash ta'siri. tuproqqa har xil usullarda ishlov berish bilan hosildorlikning o‘zgarishi, shuningdek har xil ekologik omillaming hayvonlar mahsuldorligiga ta'siri kabilami ko‘rsatish mumkin.
Ekologik ilmiy-tadqiqot ishlarida laboratoriya eksperimenti keng yoyilmagan, chunki laboratoriya sharoiti tabiiy sharoitga to‘liq to‘g‘ri kelmaydi. Tirik organizmlardagi hayotiy jarayonlarning ba'zi tomonlarini laboratoriya sharoitida aniqlash mumkin. Laboratoriya sharoitida olib boriladigan ilmiy tadqiqot ishlanga misol qilib G.F.Gauzening infuzoriyalarda olib borgan tajribalarini ko‘rsatish mumkin. G FGauze infuzoriyalarda olib borgan tajriba natijalari asosida turlar o‘rtasidagi raqobarni yo‘qotish tamoyillarin ishlab chiqdi.
Biologik kuzatishlami to‘g‘ri olib borish, dala va laboratoriya tajribalari qanday ko‘yilishi, tajriba va nazorat variantlari, tajriba natijalarining aniqligi va boshqalar to‘g‘risida to‘liq tasavvurga ega bo‘lishdagina, ya'ni bunday metodologik tushunchaga to‘liq ega bo‘lgandagina o‘z ishingizning muvaffaqiyatli chiqishini amalga oshirasiz.
Hozirgi zamon sharoitida ekologik izlanishlar qator nazariy va amaliy masalalami hal ctishda muhim rol o‘ynaydi. Organizmlar sonining dinamikasi, mavsumiy rivojlanish, foydali va zararli turlaming tarqalishi va iqlimlashtirishni, ko‘payish va tarqalishni oldindan aniqlash. bulaming hammasi hozirgi davrimizning ckologik muammolari hiso blanadi. Bulami ishlab chiqish uchun albatta dala, laboratoriya va eksperimental kuzatishlar bir-birlarini o‘zaro to‘ldirib va bir-birlarini nazorat qilishlari kerak.
o‘simliklar assotsiatsiyalarini o‘rganish.
Tabiatda xilma-xil o‘simliklar jamoasi mavjud ekan, ular bir-birlariga ma'lum darajada o‘xshab ketadi. Shunga ko‘ra, ulami ajratish maqsadida maxsus taksonomik bbirliklar qabul qilingan. 1910 yilda BryusseldaXalqaro botaniklar Kongressida o‘simliklar qoplamining asosiy birligi sifatida assotsiatsiya qabul qilingan. Har qanday o‘simlik assotsiatsiyasi iqlim, tuproq. undagi yashaydigan hayvonlar bilan bog‘liq hamda hosildorligi bilan tavsiflanadi, sharoitga qarab flora tarkibi ham o‘zgaradi.
o‘zshash asossiatsiyalar guruhlarga birlashadi, guruhlar-formatsiyaga, formatsiyalar-formatsiya sinflariga va o‘simlik tiplariga birlashadi.
Assotsiatsiyani o‘rganishning o‘ziga xos bo‘lgan usuli tajriba maydonchasini qo‘yish va undagi o‘simliklarni aniqlashdir.
Mana shu tajriba maydonchalarining hajmi odatda o‘t o‘simliklar jamoasi uchun 1 m dan 100 kv.m., o‘rmon jamoasi uchun 100 dan 5000 kv.m.gacha bo‘ladi. Yosh daraxtlar, ayrim o‘simlik turlarini aniq hisoblash uchun hajmi 1-4 kv.m. dan oshmaydigan, o‘tlaming biomassasini aniqlash uchun -0,25 kv.m. hisoblash maydonchalari ajratiladi.
o‘simlik jamoasi o‘rganilayotgan avvalo aniq ketma-ketlikda o‘simliklarning ro‘yxati yoziladi. Masalan: daraxtlar, butalar, butachalar, ko‘p yillik, bir yillik o‘tlar, moxlar, lishayniklar va x.k. Undan tashqari o‘simliklarning hayotiyligi, ya'ni yaxshi, tez rivojlanayotgan o‘simliklarning hayotiyligi, ya'ni yaxshi, tez rivojlanayotgan va qurib qolayotgan turlari aniqlanadi. Bu ko‘rsatkich ko‘pincha quruq massani tortish bilan ham aniqlanadi, bu esa miqdor jihatdan aniq hjsob-kiiob qilishga olib keladi. Undan tashqari, yaruslik (qavatlik), mozaiklik, fenologiyasi ham -yoziladi. Yaruslami yozishda yuqoridan boshlab rim raqami bilan bclgilanib yozib chiqiladi. Bunda e'tiborni gullayotgan, meva hosil qilayotgan, o‘layotgan va vegetatsiya qilayotgan o‘simliklarga qaratish kerak.
o‘simlik assotsiatsiyasi tuzilmasi yozib chiqilgandan keyin jamoaning yashash joyi yozib chiqiladi: relef. qiyalik(agar bor bo‘lsa), tuprog‘i, mexanik tarkibi, iloji bo‘lsa tuproqdan laboratoriya analiziga namuna olinadi. Kimyoviy va mexanik tarkibi aniqlanishidan tashqari mikroflora va mikrofaunasi ham aniqlanadi. o‘simliklar assotsiatsiyasini o‘rganishda sezilarli ko‘rsatkich bo‘lib. assotsiatsiyalaming xo‘jalikdagi bahosi hisoblanadi. o‘simliklar assotsiatsiyasini o‘rganishning oxirgi bosqichi geobotanik xarita tuzish hisoblanadi. Masshtabiga qarab xaritaga o‘simlik assotsiatsiyasi yoki formatsiyalari kiritiladi. Xarita tuzishda aerofoto s'yomkalardan keng foydalaniladi.
o‘simliklar assotsiatsiyalarini o‘rganishda boshqa usullardan ham foydalaniladi.