1-ma'ruza: Ekologiya fanining asoslari va vazifalari(2 soat)



Yüklə 0,73 Mb.
səhifə2/65
tarix06.05.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#108944
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   65
5d658ff1236e4cac402c9d9b1712c36e Ekologiya fanining asoslari va vazifalari

3-asosiy savolning bayoni.
Organizmlami o‘rab turuvchi va u bilan doimiy munosabatda bo‘ladigan tabiatning bir qismi - hayot muhiti deb ataladi. Yer yuzida organizmlar 4 ta hayot muhitida tarqalganlar. Bular -suv, havo, tuproq, organizmning o‘zi.
Hayot muhitining organizmlarning yashash faoliyatiga ta'sir ko‘rsatadigan elementlari yoki xususiyatlari- muhit omillari yoki ekologik omillar deb ataladi.
Ekologik omillar jonsiz(abiotik). biotik-jonli tabiat omillari va inson (antropogen) omillar guruhiga ajratiladi. Ekologik omillar alohida mavzuda qarab chiqiladi.
Ekologik omillar barcha organizmlar va insonning hayotiga turli darajada ta'sir qiladi. Organizmlarning ekologik omillar ta'siriga moslashishi yoki tashqi muhit sharoitlariga moslashuvi-adaptatsiya deyiladi. Ekologik omillar ta"siriga chidamli va yer yuzida keng tarqalgan organizmlar - evribiontlar: omillar ta'siriga chidamsiz va tarqalish doirasi tor organizmlarga esa-stenobiontlar deb ataladi. «evros» - keng.»stenos» - tor degan ma'noni beradi.
Biz yuqorida populyatsiya haqida gapirdik. Tabiatda faqat populyatsiyalar o‘zini son jihatdan boshqara oladilar.
3
Tug‘ilish va o‘lish orasidagi muvofiqlik populyatsiya sonining boshqarilishi deyiladi. Populyatsiyadagi organizmlar soni omillar ta'sirida o‘zgarib turadi. Uning sonining kamayishiga -o‘limning ko‘payishi va hosildorlikning kamayishi ta'sir qiladi.
Boshqarishning yana bir shakli - populyatsiyada zichlikning oshishi bilan kuzatiladi. Zi chlik meyordan boshqarish va shu orqali populyatsiyalarni boshqarish ro‘y beradi. Masalan: Baliq. kalamushlarda populyatsiya zichligi ma'lum darajaga yetganda, ularning serpushtligi pasayib ketadi. Bu ovqat yetishmasligi natijasida bo‘ladi. Gormonal o‘zgarishlar kuzatiladi(bola tug‘ish kamayadi) bu esa jinsiy xulq-atvoriga ta'sir qiladi va naslsizlikga olib keladi, bola tashlashga, ota-ona tomonidan bolalarning yeyilishiga, bosqinchilik oshishiga olib keladi.
Populyatsiya zichligi oshishi bilan hayvonlaming tuxum qo‘yishi kamayadi. o‘simliklarda urug‘ hosil bo‘lishi pasayadi. Joy yetishmasligi bilan migratsiya boshlanadi.
Bir xil populyatsiyalar tug‘ilish orqali boshqarilsa, boshqalari o‘lish orqali boshqariladi. Demak, populyatsiya- boshqarish vositasi hisoblanadi.
Populyalsiyaning son jihatdan bir me'yorda saqlanib turilishi-gomeostaz deyiladi, yunoncha «gomeo» - o‘xshash, statis - holat demakdir.
Ekologiyada asosiy tushunchalardan biri ekologik tizim tushunchasidir. Tirik organizmlar jamoasi va ularning yashash muhitini o‘z ichiga oladigan funksional tizim ekologik tizim deyiladi.
Tabiiy va sun'iy ekotizimlar mavjuddir. Shahar, akvarium, tuvakdagi gul. kosmik kema sun'iy ekotizimlarga misol bo‘la oladi. Agar tashqi ta'sir natijasida muvozanat buzilsa, ekotizim o‘z-o‘zini tiklashi mumkin. insonlarning tabiatga ta'siri ekotizimlarning o‘z-o‘zini tiklash imkoniyatlaridan oshmasligi kerak.
Ekotizimdagi organizmlaming alohida to‘plami biotsenoz deb ataladi. Biotsenoz-lotincha «bios» - hayot, «senoz» - umumiy degan ma'noni anglatadi. Demak, muayyan sharoitda quruqlikdagi yoki suv havzalaridagi birga mikroorganizmlarning yig‘indisi tushuniladia. Bu atama 1877 yili nemis biologi K. Me bius tomonidan fanga kiritilgan.
Biotop - biotsenozning yashash muhitidir yoki aytishimiz mumkin: biotsenoz egallab turgan muhit- biotopdir. Bu lotincha so‘z bo‘lib «bios» - hayot. «topos» - yashash joyi demakdir.
Biotsenoz va biotop birgalikda biogeotscnozni tashkil etadi. Biogeotsenoz - «bios» -hayot: «geo» - yer: «senoz» - umumiy tushunchasini rus botanik olimi, akademik V.N.Sukachev taklif etgan.
Muayyan tuproq sharoitida o‘simliklar, hayvonlar, zamburug‘lar va ayrim sodda hayvonlardan tashkil topgan mikroorganiznilarning birgalikda yashashi biogeotsenozdir.
Ko‘pincha ekotizim va biogeotsenoz tushunchalari bir -birining sinonimi sifatida qo‘llaniladi va deyarli bir xil ma'noni bildiradi, ammo ba'zi bir tomonlari bilan ular farqlanadilar.

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin