5d658ff1236e4cac402c9d9b1712c36e Ekologiya fanining asoslari va vazifalari
Kimyoviy usul bilan jamoadagi ayrim yoki umuman o‘simliklarda u yoki bu miner al va organik moddalaming to‘planishi aniqlanadi.
Fiziologik usullar ham muhim bo‘lib, uning yordamida dala sharoitida ayrim olingan o‘simliklarda yoki butun jamoadagi o‘simliklarda fiziologikjarayonlaro‘rganiladi.
Fiziologik va kimyoviy tadqiqotlar katta ahamiyatga egadir. Biogeotsenozda moddalaming va energiyaning aylanishi va akkumulyatsiyasida asosiy rolni fitotsenoz o‘ynaydi. llayvonlarni ekologik o‘rganish. Hayvonlami ekologik o‘rganishning xarakterli tomonlaridan biri, ularning oziqlanishini, ya"ni oziqa tarkibi va uning komponentlari miqdorini o‘rganishdan iborat. Bu ko‘rsatkichlar mavsum davomida o‘zgarib turadi.
o‘simliklar kabi hayvonlami o‘rganishda ham muhitning abiotik sharoitlarini (kimyoviy tarkibi, namlik. harorat, yorug‘lik darajasi, umuman meteorologik, tuproq va boshqa omillar) va jamoada biotik bog‘lanishlar, aloqalarni bilish kerak.
Hayvon turlari populyatsiyalarinnig tarkibi. ulaming tuzilmasi. miqdori va boshqa ko‘rsatkichlar ko‘payish dinamikasiga bog‘liqdir. Bu masalani yechish orqaii ko‘payish fcnologiyasini, unga turli yosh holatining qatnashishi. populyatsiya ko‘payishining tezligi hamda hamma shu ko‘rsatkichlarning biotik va abiotik omillarga bog‘liq ekanligini aniqlash mumkin.
Hayvonlaming turli mavsum. hayot bosqichla rida xulq-atvorini bilish ham muhimdir. chunki bu ko‘rsatkich bilan populyatsiyalar holati. o‘zgaruvchan sharoitga ulaming moslashish xususiyatlari bog‘liqdir.
Hayvonlaming hayot tarzini. ulaming mavsumiy biologik siklini o‘rganish uchun ulaming migratsiya qonuniyatlarini va populyatsiyalaming joylanishini aniqlash shartdir. Buning uchun hayvonlar tanasini belgilashning turli yo‘llari mavjudflir. (qushlarda halqa osish. tanasiga belgi qo‘yish, rangini bo‘yash, tanasiga radiouzatgichlarni bog‘lab qo‘yish va h.)
Hayvonlami ekologik o‘rganish, o‘simliklar kabi, ularda gaz almashinishining jadalligi, suv almashinishi. zaxira oziq moddalarining to‘planishi, o‘sish jadalligi. ko‘payish tezligi, biokimyoviy jarayonlar va boshqa ko‘rsatkichlami o‘rganishga yo‘naltirilgandir.
Organizmlar sonining asosiy ko‘rsatkichlari.
Organizmlar sonini va uning dinamikasini hisobga olish tekshirishlaming asosiy ko‘rsatkichlari hisoblanadi.
Miqdor jihatdan hisobga olish bo‘lishi mumkin: vizual(ko‘z bilan chamalab) va instrumental (biror-bir asbob yordamida).
Ekologiyada organizmlar sonining quyidagi asosiy ko‘rsatkichlari foydalaniladi.
Turlarning uehrashi. Bu 3 xil holatda bo‘lishi mumkin: I. Agar tur 50% dan ko‘p uchrasa-konstant turlar.2.25-50% -ikkinchi darajali turlar. 3.25% dan kam uchraydigan turlar-tasodifiy turlar deb ataladi.
Mo‘llik. Bu tur yoki butun jamoaning miqdori. o‘simlik assotsiatsiyasini yozishda mo‘llikni tavsiflash uchun 5 balli Xult shkalasidan foydalaniladi:
5-judayam mo‘l. 4-mo‘I, 3-mo‘l emas, 2-kam, 1-judayam kam.
Hayvonlami hisoblashda o‘rtacha va bir martali mo‘llik farqlanadi. Bunday tckshirishlarda mo‘Ilik ko‘pincha aholi zichligi deb yuritiladi.
Dominantlik - (nisbatan mo‘llik). Bir tuming ikkinchi tur ustidan hukmronligi bilan tavsiflanadi. Geobotanikada u ko‘rsatkich bilan bir xil hajmdagi o‘simliklarni o‘rganishda foydalaniladi.
Qoplam - jamoadagi u yoki bu tur bilan (yer ustki qismi yordamida) qoplangan maydon.
Biomassa- ma'lum joydagi organizmlaming og‘irligi. o‘simlik biomassasi - fitomassa. hayvonlamiki -zoomassa deb yuritiladi.
Miqdor jihatdan hisoblash yordamida bir martali. boshlang‘ich (vegetatsiya davri boshida). oxirgi(vegeratsiya davrining oxirida). o‘rtacha(qandaydir vaqt davrida - oy. yil) kabi biomassani hosil qilish mumkin.
Zichlik indeksi-ma'lum sharoida turlaming o‘rtacha biomassasi va sonini bog‘lovchi ko‘rsatkich. Yuqoridagi aytilganlardan tashqari yana hosildorlik. solishtirma hosildorlik kabi organizmlar sonini hisoblashning ko‘rsatkichlaridan foydalaniladi. Bu ko‘rsatkichlaming hammasi nazariy va amaliy jihatdan katta aliamiyatga egadir. Bular foydali va zararli turlaming soni to‘g‘risida oldindan qisqa va uzoq muddatli ma'lumot olish, tabiiy resurslardan unumli foydalanish va ulami muhofaza qilish yo‘llarini ishlab chiqish imkonini beradi.
2-asosiv savol bo‘yicha o‘qituvchining maqsadi:
Ekologiyada matematik modellashlirishning mohiyatini ochib berish. modellashtirishning kelajakda tadqiqotlar rejasini tuzishda kuchli omil sifatidagi ahamiyatini bayon qilish.