Biotik omillarga esa quyidagilar kiradi: EFitogcn -o‘simliklarning o‘simliklarga, o‘simliklarning hayvonlarga:
2.Zoogen-hayvonlarning o‘simliklarga. hayvonlarning hayvonlarga:
3.Mikrobogen-mikroorganizmlarning o‘simlik va hayvonlarga. o‘simlik, hayvon, mikroorganizmlarning o‘zaro bir- biriga ta'sirida yaqqol namoyon bo‘ladi. o‘simliklarning o‘simliklarga ta'siri deganda-bir tuming ikkinchi turga ko‘rsatgan ta'siri kir adi. Bunday ta"sir natijasida ular o‘sadi, rivojlanadi, urug‘-meva hosil qilib, yanada kengroq tarqaladi. Demak, har bir o‘simlik yashash uchun kurashadi. Buning natijasida o‘simliklar hayotida parazitlik, simbiozlik(o‘zaro hamjihatlik) neytrallik kabi munosabatlar kkelib chiqadi.
o‘simliklaming hayvonlarga ta"siri-ba'zi bir zaharli o‘simliklar va hashoratxo‘r o‘simliklar misolida ko‘rinadi.
Bizga tarkibida zaharli moddalar bor bo‘lgan o‘simliklar (zaharli ayiqtovon. kampirchopon. kakra, bangidevona, mingdevona va h.) hamda 500 ga yaqin o‘simliklar (aldrovanda, venerina pashshatutari. nepetenis. puzirchatka va b.) ning hayvonlar bila oziqlanishi fanga ma'lum. Bunday o‘simliklar hashoratxo‘r o‘simliklar deyiladi. Ular asosan botqoq larda o‘sadi. Botqoq yerlarda azotli moddalar kam bo‘lganligi sababli, hashoratxo‘r o‘simliklar bu moddalarga bo‘lgan talabini shu yerda yashaydigan hashorotlar bilan oziqlanishi orqali qondiradi. Buning uchun hashorotxo‘r o‘simliklar uzoq evo lyutsiya davomida mazsus moslanishlarga ( hashoratlarni tutib hazm qiluvchi) egadirlar. Ularning tuklaridan ferment (suyuqliklar) ajraladi va suyuqhk hashorotlarni parchalab hazm bo‘lishiga imkon beradi.
Hayvonlarning o‘simliklarga ta'siri-ko‘pchilik hayvonlar o‘simliklar bilan oziqlanganda
o‘simliklarning spora. urug‘ va mevalarining tarqalishiga tasir ko‘rsatadi. Ba"zi
zararkunandalarning esa o‘simliklar hayotiga salbiy ta'siri hammamizga ma'lum. Masalan: karam kapalagi, g‘o‘za qurti, kartoshka qo‘ng‘izi, donli eknlirning zararkunandalari kabilar.
Hayvonlarmng hayvonlarga ta'siri-buni tabiatda yirtqich-o‘lja o‘rtasidagi munosabatda aniq ko‘rish mumkin. Bunda o‘lja dushmanidan himoyalanishiga intiladi.
Mikroorganizmlarning o‘simlik va hayvonlarga ta'sirini ba'zi kasallik tug"djruvchi mikroblarning o‘simlik va hayvo nlarda turli kasalliklarni keltirib chiqarislT^a-4io‘-rrshniumkin. o‘simlik, hayvon. mikroorganizmlarning o‘zaro ta'siri-avvalo ularning tuproqda birgalikda yashashida seziladi. Natijada ular o‘zaro murakkab munosabatlarda bo‘ladilar. Bunday munosabatlar oziqa zanjiridagi biotik munosabatlarda yaqqol ko‘rinadi. 3-asosiy savol bo‘yicha o‘qituvchining maqsadi:
Omilning organizmga ta'sir kuchini, kritik nuqta, ekologik valentlik haqida malum tushuncha berish. Cheklovchi omillar ta'sirini yoritib berish. Identiv o‘quv maqsadlari:
3.1. Omillarning organizmlarga ta'sir etishning umumiy qonuniyatlarini aytib beradi.
3.2. Cheklovchi omillarning tabiatdagi rolini biladi.
3.3. Mavzuga oid termenlarni xolirada saqlaydi.
3-asosiy savolning bayoni:
Ekologik omillar qanchalik xilma-xil bo‘lmasin, ularning tirik organizmlarga ta'sir etishi xarakteri nuqtai nazaridan ular uchun umumiy bo‘lgan qonuniyatlar mavjud. Omilning qulay tasir etuvchi kuchi optimum zona deb qaraladi yoki optimum deyiladi. Ekologik omil organizmga haddan tashqari kuchsiz(minimum) va kuchli(maksimum) tasir etishi mumkin. Minimum va maksimum chegaralari kritik nuqta deb qaraladi. Kxitik nuqtalardan ortiq kuch ta"sirida organizm nobud boladi.
Muhitning biror omiliga keng doirada moslashgan ekologik turlarga evri-old qo‘shimchasini qo‘shib nomlanadi. Haroratga nisbatan evriterm. stenoterm: namlikga nisbatan evrigidrid. stenogidrid: sho‘rlanishga nisbatan evrigal. stenogal, bosimga nisbatan evribat. stenobat. yorug‘likga nisbatan evrifot, stenofot kabi ekologik guruhlarga ajratiladi.
Kritik nuqtalar orasidagi chidamlik chegarasi mavjudotlarning muhit omillariga msbatan ekologik valentligi hisoblanadi. Tashqi muhitning turli omillariga nisbatan ekologik valent liklar yig‘indisi tuming ckologik spektrini tashkil etadi.
Kritik nuqtalar orasidagi chidamlik chegarasi mavjudotlarning muhit omillariga nisbatan ekologik valentligi hisoblanadi. Tashqi muhitning turli omillariga nisbatan ekologik valcntliklar yig‘indisi tuming ekologik spektrini tashkil etadi.
Organizmlaming nomial hayoti uchun maTum darajada sharoit talab etiladi. Agar barcha sharoitlar qulay bo‘lib, ulardan biri yetarli miqdorda bo‘lmasa, uni cheklovchi omil deb ataladi. Cheklovchi omil organizmni ushbu sharoitda yashashi yoki yashay olmasligini belgilab beradi.
1840 yilda ximik-organik, agroximiya asoschilaridan biri Yu.Libix o‘simliklaming mineral oziqlanish nazariyasini ilgari suradi. U shu narsani aniqladiki, o‘simliklarning rivojlanishi faqat organizm uchun yetarli miqdorda bo‘lgan kimyoviy elementlar yoki moddalarga bog"liq bo‘lib qolmasdan, balki yetishmaydiganlarga ham bog‘liq bo‘ladi. Masalan: ortiqcha suv yoki azot-tuproqda mikromiqdorda uchraydigan temir va bor yetishmasligining o‘mini bosa olmaydi. Libix o‘zining «minimum qonuni»ni shakllantirdi. Bunga asosan-tuproqdagi minimum miqdorda uchraydigan oziq moddalaming miqdorini albatta oshirish kerak.
«Minimum qonuni» faqat o‘simlik uchungina xos bo‘lmasdan, balki insonga ham xosdir. Inson salomatligi o‘ziga xos moddalar bilan aniqlanadi, odatda bu moddalar organizmda judayam kam miqdorda uchraydi. Agarda bu moddalaming miqdori mumkin bo‘lgan minimum chegarasidan ham pastga tushib ketsa, inson uning yetishmasligini vitamin yoki mikroelement iste"mol qilishi bilan to‘ldiradi.
Amerikalik olim V.Shelfordning ko‘rsatishicha.-faqat minimumdagina uchrovchi moddalar emas, balki ortiqcha element ham hosildorlik yoki organizmlaming hayotiyligini aniqlashi mumkindir.
V.Shelford bo‘yicha-ortiqcha yoki yetishmaydigan omillar-cheagaralovchi bo‘lib, bunga chegaralovchi omil, yoki «tolcrantlik qonuni» deb ataladi.
Minimum va maksimum chegaradan tashqariga chiqadigan omillar -cheklovchi omillardir.
Turlarning shimolga tomon siljishiga harorat omilining yetishmasligi ta'sir etsa, qurg‘oqchil rayonlarda (janubda) namlik yoki yuqori haroratning tasiri cheklovchi hisoblanadi. Demak, cheklovchi omillar turlaming geografik tarqalishni ham belgilaydi. Cheklovchi omillar faqatgina abiotik omil bo‘lib qolmasdan, balki biotik omillar ham bo‘lishi mumkin. Gulli o‘simliklar turlarini biror joyga iqlimlashtirishda ulami changlatuvchi hashorotlar cheklovchi omil bo‘ladi. Cheklovchi omillami aniqlash amaliy jihatdan muhim ahamiyatga cga. Mustaqil ish topshiriqlari.Ekologik omil xillarining organizmga ta'sir etishini kuzatib, daftarga yozib boring.
Antropogen omillarning tashqi muhitga ta'sirini kuzating. Yashash joyingizdagi suv havzasini kuzating. Undagi o‘simliklar turidan gerbariy olinib, suv o‘simliklari kuzatiladi. Adabiyotlardan foydalanib nomi aniqlanadia. Shu bilan birgalikda u yerda uchr aydigan hayvonlami ham kuzatish mumkin. To‘plangan maTumotlar asosida suv havzasining kuchli yoki kuchsiz ifloslanishini bilib, u yerga qaday sanoat chiqindisi yoki insonlar tomonidan ifloslanganligini, bunga qarshi qanday choralar ko‘rish mumkinligi haqida o‘ylab ko‘rish lozim bo‘ladi.
Manba: V.A. Radkevich. Ekologiya.Minsk «Vo‘sshaya shkola», 1983.37-44 b. A.S.To‘xtayev.Ekologiya. T.o‘qituvchi, 1998.30-36 b. N.M.Chernova, A.M.Bo‘lova. Ekologiya. M.Prosvesheniye,1988.11-17 b. Foydalanilgan adabiyotiar. l.V.A.Radkevich. Ekologiya. Minsk «Vo‘sheyshaya shkola»,1983.37-44 b.
2N.M.Chernova,A.M.Bo‘lova.F.kologiya.M.Prosveheniye, 1988.11-17-b.
3A.S.To‘xtayev. Ekologiya. T. o‘qituvchi, 1998. 30-36 b.