1-ma'ruza: Ekologiya fanining asoslari va vazifalari(2 soat)



Yüklə 0,73 Mb.
səhifə15/65
tarix06.05.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#108944
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   65
5d658ff1236e4cac402c9d9b1712c36e Ekologiya fanining asoslari va vazifalari

Identiv o‘quv maqsadlari:
4.) .Haroratning hayvonlar hayotidagi ahamiyatini biladi. 4.2.Gomoyoterm va poykiloterm hayvonlar orasidagi farqlami anglaydi. 4.3.Haroratga moslanish yo‘llarini sharhlab bcradi.
4-asosiy savolning bayoni:
Hayvonlar hayotida ham harorat muhim ahamiyatga ega. Ularda issiqlik almashinishining 2 ta asosiy tipi mavjud:
1 .Poykilotenn-(poikilos - xilma-xil)
2.Gomoyoterm- (homoios -bir xildagi)
Poykiloterm yoki sovuqqonlilarning tana harorati doimiy emas. Tana harorati tashqi muhit haroratiga bog‘liq bo‘lgan, uning o‘zgarishi bilan o‘zgaradigan hayvonlarga aytiladi. Hamma mikroorganizmlar, suvda va quruqda yashovchilar, sudralib yuruvchilarga xosdir.
Tana harorati tashqi muhit haroratiga bogTiq bo‘lmagan, ya'ni doimiy tana haroratiga ega bo‘lgan hayvonlarga - gomoyoterm yoki issiqqonlilar deb ataladi. Umurtqalilardan qushlar va sut emizuvchilarga xosdir.
Evolyutsiya natijasida qushlar bilan sut emizuvchilarda, ya'ni issiqqonli hayvonlarda eng takomillashgan termoregulyatsiya hosil bo‘lgan. Bu esa ularga muhitning harorat sharoitiga bog‘liq bo‘lmagan holda yashashga va butun ycr yuzasiga tarqalishiga imkon bergan.
Gcterotermlar - oraliq guruhga kiruvchi hayvonlaming tanasi faol harakat qilganda gomoyoterm hisoblanadi. Uyquga kelgan paytda esa ulaming tana harorati pasayadi va tanani termik idora qilish qobiliyati yo‘qoladi. Bunday hayvonlarga yumronqoziqlar, tipratikonlar, ko‘rshapalaklar, ayiqlar ayrim qushlar va h. kiradi.
Hayvonlar o‘simliklarga nisbatan ko‘proq o‘z tana haroratini boshqara olishi bilan ajralib turadi hamda tana haroratini idora etishning turli xil imkoniyatlariga ega.
Harorat hayvonlarning qaysi iqlim zonasida yashashi bilan bog‘liq holda, avvalo, ulaming
vazniga, ichki organlarining katta-kichikligiga. ko‘payishiga va boshqa hayot jarayonlariga ta'sir
ko‘rsatadi. Masalan, issiq o‘lkalarda yashovchi ko‘pgina sut emizuvchi hayvonlaming vazni,
yuragi, buyragi, jigari sovuq o‘lkalarda yashovchi shu xildagi hayvonlamikiga nisbatan yengil va
kichikdir. Shuningdek, harorat hayvonlarning tashqi qiyofasiga, ko‘payishiga ta'sir ko‘rsatadi.
Masalan, tundrada. mo‘Tadil zonada yashovchi tulki va afrikadagi fenik degan tulkini olsak, ular
ekologik jihatdan o‘xshash yoki bir-biriga yaqin turlardir. Lekin turli iqlim zonasida yashaganliklari
uchun ular tashqi ko‘rinishi, ayniqsa quloqlarining shakli. kkatta-kichikligi bilan bir-
birlaridan keskin farqlanadi. Demak, hayvonlar ham turli xil harorat ta'siriga moslashadilar.

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin