n 2-asosiy savol bo‘yicha o‘qituvchining maqsadi: Hayvonlar hayotida suvning rolini tushuntirish. Ularning suvga bo‘lgan talabini qoniqtirish yo‘llari ilan tanishtirish. Suv rejimiga nisbatan ulaming ekologik guruhlari haqida maTumot berish.
ldentiv o‘quv maqsadi: 2.1 .Suvning hayvonlar uchun ahamiyatini ma'nosiga yetadi. 2.2.Suvga bo‘lgan talabini qoniqtirish yo‘llarini biladi. 2.3-Suv rejimiga nisbatan ekologik guruhlarini farqlaydi.
2-asosiy savolning bayoni:
llayvonlar hayotida ham suv muhim rol o‘ynaydi. Ular suvga bo‘lgan talabini uch xil yo‘l bilan qondiradi: LBevosita suvni lchish orqali. 2.0'simliklar bilan ovqatlanish. 3.Metabolizm hodisasi, ya'ni tanasidagi moylar, oqsillar va karbon suvlarining parchalanishi orqali.
Suvni bug‘lantirish esa-asosan nafas olish, terlash. siydik orqali bajariladi. Issiq kunlari ayrim sutemizuvchilar suvni haddan tashqari ko‘p sarflashi mumkiii. Masalan: odamlar yoz oylarida bir kunda 10 litrgacha suvni terlash orqali safrlashi mumkin ekan. Yo‘lbars, jayron, fil, sherlar har kuni suv izlab uzoq masofalarga ketadilar. Suv axtarib uzoq joylarga ketadiganlar uchun ovqal tarkibidagi suv yetarli emas. Ba'zi hayvonlar uchun esa shu ozuqa tarkibidagi suv bilan qanoatianishga moslashuv bor. Bunday moslanishlar ham odatda 3 xil bo‘ladi: yurish-turish harakati orqali, morfologik, fiziologik moslanish.
Yurish-turish orqalimoslanishda-hayvonlar albatta suvni izlab topish, yashaydigan joyni tanlash, in qazib, unda yashash orqali moslashadilar.
Morfologik moslanish-tanasining ustida chig‘anoqlar, sovutlar, qalqon va tangachalar hamda kutikulalar hosil qilish orqali amalga oshiriladi. Shilliqqurt, toshbaqa, kaltakesak, qo‘ng‘izlar ana shunday moslashadi.
Fiziologik moslanishesa metabolitik suv hosil qilish orqali amalga oshadi. Odamlar tanasidan vazniga nisbatan 10 % gaeha suv yo‘qotishi mukin. Undan ortiq suv yo‘qotilsa organizm halok bo‘ladi. Suvsizlikga chidamlilik hayvonlarda yuqori. Ochlikdan 40% gacha tana og‘irligini yo‘qotish mumkin. (organizm halok bo‘lmaydi). Ochlikdan ko‘ra suv yo‘qotish o‘limga tezroq olib keladi. Yuqorida aytilgan ko‘rsatkich turli hayvonlarda turlicha bo‘ladi. Masalan: tuyalar -27 foiz, qo‘ylar - 23 foiz, itlar -17 foiz suv yo‘qotishga chidaydi. Agar shundan oshsa, halokat yuz beradi. Shuning uchun ham quruqlikda yashovchi ayrim hayvonlarda bir qator fiziologik moslanishlarni ko‘rish mumkin. Masalan, ayrim uy hayvonlari ichagida suv suriladi, ovqat qoldiqlari tezak holida tashqariga chiqanladi. Ayrim hashoratlarda (qo‘ng‘iz, xonqizi, chumolilarda) chiqaruv organi (malpigi naylari) ning bir uchi ichakning orqa devoriga tutashgan bo‘Iib, undagi suv surilishi orqali organizm tomonidan qayta sarflanadi, ya'ni reabsorbsiya hodisasi yuz beradi. Suyuq ozuqa bilan oziqlanuvchi asalari. kaapalak va pashshalarda esa reabsorbsiya hodisasi kuzatilmaydi. Ular siydik orqali tashqariga har xil ortiqcha tuzlar va mochevina chiqaradi. Natijada suv tanada birmuncha tejab qolinadi. Sudralib yuruvchilar, toshbaqalar, qushlar va ko‘pgina hashorotlar zlaridan yaxshi erimagan siydik kislotasini, o‘rgimchaklar esa guanin moddasini chiqaradi. Buning uchun esa uncha suv ko‘p sarflanmaydi. Ter chiqarib turish, suvni tejash, organizmlaming suvsizlanishiga chidamliligi, suvni shilliq pardalar orqali bug‘latib turish ham fiziologik moslanishlarga kiradi.
Ayrim suvda yashovchi hayvonlar (gidrobiont) suvni yutishi yoki filtratsiya qilish orqali yashashga moslashgan. Natijada suv havzalarida biologik tozalanish sodir bo‘ladi. Masaian, Hxet, mshanka, assidiy, plankton, qichqichbaqasimonlar, mideyalar bir sutkada 150-280nr suvni tindiradi va tozalaydi.
Qurg‘oqchilik sharoitida yashovchi suvo‘tlari, lishayniklar va moxlar poykilokserofitlar deb ataladilar. Ular qurg‘oqchil davrda qurib qolib anabioz holatiga o‘tadilar va yog‘ingarchilik boshlanishi bilan yana hayotini tiklab davom ettiraveradilar.
Hayvonlaming qurg‘oqchilik sharoitiga moslanishlari ham juda xilma - xildir. Galopagos orollaridagi toshbaqa lar suvni siydik qopida jamg‘ argan holda saqlaydi. Avstraliya cho‘llaridagi qurbaqalarda ham shunday holat kuzatiladi. Kemiruvchilar va hashorotlar odatda suvga bo‘lgan talabini oziq tarkibidagi suv hisobiga qondiradi. Yumronqozik kabi hayvonlarda qurg‘oqchilik sharoitiga uyasinig ancha chuqurda bo‘lishi, tanasida maTum miqdorda yog‘ jamg‘arib, yozgi
I2J uyg‘uga (tinimga) ketishi bilan moslashadi. Tuyalar esa to‘plangan yog‘ miqdorini metabolik parchalash yoTi bilan organizmlarining suvga bo‘lgan talabini qondiradi. Tez yuguradigan hayvonlar (antiloplar) yoki uchadigan qushlar suv ichish uchun uzoq masofalarga borib keladilar. Umurtqasiz hayvonlar qurg‘oqchil davrini sista(yoki qalin po‘stli sporalar) holatida o‘tkazadilar yoki ba'zi birlari ancha qulay bo‘lgan joylarga ko‘chib ketadilar.
Shunday qilib, qurg‘oqchil sharoitida yashovchi hayvonlar tanasidan yo‘qotgan suvni butun tanasi-teri qatlami orqali shimishi yoki ozuqa orqali, ancha murakkab yo‘l hisoblangan oqsil, yog‘ va uglevodlarning parchalanishi vaqtida ajralib chiqqan suv hisobiga qondiradi.
Yer yuzasida yashovchi hayvonlarni suv rejimiga nisbatan ham 3 ta ekologik guruhga ajratish mumkin, lekin ular o‘simliklarga qaraganda aniq ifoda etilmagan.
1 .Gigrofillar- namlikni sevuvchi hayvonlar. Ular uchun muhit yuqori namlikga ega bo‘lishi kerak. Ularda suv almashinuvini boshqarib turuvchi mexanizm kuchsiz taraqqiy etgan yoki umuman yo‘qdir. Suvni tanasida ko‘p miqdorda to‘plash va uzoq vaqt saqlab turish qobiliyatiga ega emas. Bunday hayvonlar namli muhitda yashaydi va doimo suv zaxirasini to‘ldirib turishga majburdir. Bu guruhning tipik vakili molyuskalar, amfibiyalar hisoblanadi.
1.2.Mezofillar - o‘rtacha suv talab qiladigan, ya'ni evrigil organizmlar hisoblanib, namlikning o‘zgarishiga yaxshi bardosh beradilar. Ular gigrofil va kserofillarning o‘rtasida oraliq holatni egallaydilar. Ko‘pchilik hashorotlar, qo‘shlar, sut emizuvchilar tipik mezofillar hisoblanadi.
1.3.Kserofillar-qurg‘oqchi!ikni yaxshi ko‘radigan hayvonlar bo‘lib. cho‘lda yashovchilar -tuyalar, cho‘l kemiruvchilari bu guruhga kiritiladi. Ularda suv almashinuvini boshqarish mexanizmi yaxshi rivojlangan. ^ 3-asosiy savol bo‘yicha o‘qituvchining maqsadi:
n. Edafik-tuproq omili haqida. uning tabiat va insonlar hayotidagi ahamiyatini yoritib berish. Sho‘rramsh. eroziya uning turlari, o‘simliklarning sho‘rlanishga chidamliligi bo‘yicha Genkel klassifikatsiyasi mohiyatini ochib berish va tushuncha hosil qilish.
Identiv o‘quv maqsadlari: 3.1.Tuproqning ahamiyatini anglaydi. 3.2.Sho‘rlanish, Genkel klassifikatsiyasini biladi. 3.3.Eroziya nima va uning turlarini farqlaydi.
3-asosiy savolning bayoni.
Тупрок
Har xil iqlim omillari bilan bir qatorda tirik organizmlar hayotida tuproq ham muhim rol o‘ynaydi. Tuproq - yunoncha «Edafos» so‘zidir. Edafik omil-deganda tuproq omilini tushunamiz. Tuproq deganda yerning g‘ovak, unumdor yuza qavatini tushunamiz.
Tuproqda uchrovchi barcha tirik organizmlar yashash jarayonida bir-biriga nisbatan turli xil munosabatda bo‘lib ta'sir ko‘rsatadi, ya'ni o‘simlik, hayvon va mikroorganizmlar o‘rtasidagi murakab munosabatlar natijasida tuproqda gumus va minenal moddalar to‘planadi.
Tuproqning ekologik omil sifatida o‘simliklarga ta'siri haqida gapirganda, shuni aytish kerakki, tuproq o‘simlikni o‘zida tutib turadi va uni ozuqa bilan ta"minlaydi. o‘simlik tuproqdan suv va unda erigan mincral va organik moddalarni oladi.
o‘simlikga tuproqning xususiyatlari va kimyoviy tarkibi hamda mikroflorasi juda katta ta'sir qiladi. (Zamburug‘lar. bakteriyalar, yashil o‘simliklarning ildizlari).
Tuproqning kimyoviy xossalaridan biri uning kislotaligi bo‘lib, bu vodorod ionlarining konsentratsiyasi bilan ifodalanadi. Tuproq eritmasida musbat zaryadlangan ( N ) vodorod ionlari ko‘p bo‘lsa, tuproq kislotali. agar manfiy (ON~) zaryadlangan gidroksil ionlar ko‘p bo‘lsa-tuproq tshqorlik bo‘ladi. Tuproqdagi bu nisbatlar teng bo‘lsa, tuproq eritmasi neytral reaksiyada bo‘ladi.
o‘simlikda yer osti organlarining rivojlanishi tuproqning vodorod ionlari konsentratsiyasiga bog‘liq bo‘ladi. Braun-Blanke klassifikatsiyasi bo‘yicha: kislotaii tuproqda yaxshi o‘sadigan o‘simlik turlariga - atsedofil, ishqoriy tuproqlarda o‘suvchi o‘simlik turlariga-bazofillar, neytral tuproqda o‘suvchi turlarga esa-neytrofillar deb ataladi.
o‘simliklarning tuproqda bo‘Iadigan turli tuzlarga munosabati ham har xildir. Ba'zi o‘simliklar karbonat tuzlari ko‘p tuproqlarda yaxshi o‘sadi va ularga kalse-fillar deyiladi. (sibir tilog‘ochi. qoraqayin, shumtollar va boshqalar kiradi).
Kislotali muhitga ega bo‘lgan tuproqda o‘suvchi o‘simlik kalsiy tuzlarin yoqtirmaydi va ular kalscfoblar deb ataladi. (Torf moxlari, otquloq, choy, kashtan kabilar kiradi.)
Oson eruvchi tuzlar boy bo‘lgan tuproqlarda (sho‘r yerlara) o‘suvchi o‘simliklar -galofitlari deyiladi. Qumli tuproqlarda-psammofitlar deb atalgan o‘simliklarning ekologik guruhlari tarqalgan. Psammofit o‘simliklarning barglari ensiz, qattiq yoki odatda reduksiyalashgan, meva va urug‘lari qumda o‘rmalab yoki shamo yordamida tarqaladi va sharsimon ko"rinishda bo‘ladi. Sho‘rsiz joylarda o‘suvchi o‘simliklar-glikofitlar deyiladi. o‘simliklar morfofiziologik tuzilishi va sho‘rlikga chidamliligi bo‘yicha P.A.Genkel klassifikatsiyasiga asosan quyidagi gurhlargabo‘linadi.
1. Eugalofitlar. Sho‘r yerda o‘suvchi o‘simliklar bo‘lib, asosan sho‘ralar. saleros, sarsazan kabilar kiradi. Bu sukkulent o‘simliklar bo‘lib, barg sathi qisqargan. bo‘g‘inlidir, go‘shtdor. Ularning hujayralari yuqori o‘tkazuvchanlik xususiyatiga ega. Eugalofitlar tuzga chidamli bo‘lib, taasida tuz to‘plash xususiyatiga egadir, «tuz yig‘uvchi» o‘simliklar hisoblanadi. Ularning barg va poyalari tushishi natijasida yerlar sho‘rlanadi. 2. K.rinogalofitlar. «Tuzni tashqariga ajratib chiqaruvchi» o‘simliklar hisoblanadi. Bunga tamariks va kermeklar misol bo‘ladi. Bunda tuzlar tuz ajratuvchi maxsus bezlar orqali barglar yuzasiga ajralib chiqadi, sho‘rlanish qanchalik yuqori bo‘lsa, bezlar soni ham ko‘payib boradi. Ba'zan o‘simliklar barglarini to‘kish yo‘li bilan tuzlardan kutiladi. 3. Glikogalofitlar. Bu kseromorf qiyofadagi o‘simliklar bo‘lib, ularning hujayralari tuzlarni o‘tkazmaydi, shuning uchun ular kuchli sho‘r tuproqlarda o‘sishiga qaramsdan, tuzni to‘qimalarida to‘plamaydi. Bunga shuvoqlar misol bo‘ladi. Undan tashqari oq saksaul, chingil, jiyda, buyurg‘unlar ham. 4. Galomezofitlar. Bu o‘tloqlarda, kamroq sho‘rlikga ega bo‘lgan to‘proqlarda o‘suvchi o‘simliklardir.
Qumli joyda o‘suvchi o‘simliklarga -psammofitlar deyiladi. Hayvonlarga-psammofillar deb ataladi.
Tosh va qoyalarda o‘suvchi o‘simliklar-litofitlar deyiladi. Bularga avtotrof suv o‘tlari, qoyalardagi lishayniklar misoldir.
Tuproqning ma'lum kimyoviy elementlarga boyligini ko‘rsatuvchi osimliklar-indikator turlar deb ataladi. Buni o‘rganadigan fanga fitoindikatsio botanika deb ataladi Plaunlar alyuminiyga boy tuproqlarda, astragal selenga. itqo‘noq ruxli, shuvoq, oddiy qarag‘aylar oltinga boy bo‘lgan tuproqlarda o‘sadi.
Tuproqda organizmlar miqdori judayam ko‘pdir. Ular-yashash muhiti bilan bog‘liqligi darajasiga qarab 3 ta asosiy ekologik guruhga bo‘linadi: 5.Geobiontlar-Tuproqda doimiy yashovchilar.
Ularning hai\ma taraqqiy etish (rivojlanish) sikli tuproq muhitida o‘tadi. Tipik vakillari bo‘lib-yomg‘ir chuvalchangi. ko‘pgina birlamchi qanotsiz hashorotlar hisoblanadi.
6.Geofillar-rivojlanishining bir qismi yoki biron -bir fazasi albatta tuproqda o‘tadi. Bu guruhga-ko‘pchilik hashorotlar: sarancha, qo‘ng‘izlar kiradi. Lichinkalari tuproqda rivojlanadi, katta holdagilari tipik yer yuzida yashaydi.
7.Geoksenlar-bu guruhga ayrim vaqtlarda vaqtincha yashirinish uchun Tuproqda yashovchilar kiradi.M: ko‘pgina yarim qattiq qanotlilar, qo‘ng‘izlar, kemiruvchilar kiradi, yana inlarda yashovchi sutemizuvchilar ham.
Bu klassifikatsiya hayvonlarning tuproq hosil bo‘lishidagi rolini aniqlab bera olmaydi, chunki har bir guruhda aktiv holda harakat qiluvchi va oziqlanuvchi, undan tashqari passiv-qaysiki tuproqda rivojlanishining ayrim fazalaridagina( lichinka, tuxum qo‘yish kabi) bo‘ladi. Shuning uchun tuproqda yashovchilami harakatlanishlariga qarab 3 ta guruhga bo‘lishadi:
8.Mikrobiotip-tuproq mikroorganizmlari. Bular o‘simlik qoldiqlari va tuproq hayvonlari orasidagi oraliqni tashkil qiladi. Bularga yashil, ko‘k-yashil suv o‘tlari, bakteriyalar, zamburug‘lar va sodda organizmlar kiradi.
9.,Mezobiotip- bu guruhga tuproq nematodalari, hashorotlaming mayda lichinkalari, kanalar va boshqalar kiradi. 1 m2 tuproqda yuz mingdan-milliongacha bo‘ladi.
30 lOiVlakrobiotip - yirik hashorotlar, yomg‘ir chuvalchanglari va boshqa hayvonlardan tortib to yer kovlovchi umurtqalilargacha kiradi. Bti lipga o‘simlik bldizlari ham kiradi. Eng ahamiyatlisi yomg‘ir chuvalchanglari hisoblanadi.
Tuproqlamig tabiatdagi va jamiyat hayotidagi roli g‘oyat kattadir. Tuproq organizmlar uchun hayot muhiti. ozuqa manbai hisoblanadi. Moddalaming kichik biologik va katta geologik aylanma harakati muhim rol o‘ynaydi.
Tuproq-qattiq. suyuq, gazsimon komponentlardan iborat bo‘lib, iqlim tog‘ jinslari, o‘simliklar va hayvonlar mikroorganizmlaming o‘zaro murakkab ta'siri nalijasida hosil bo‘ladi.
Tabiatda moddalaming almashinuvida tuproq ham ishtirok etadi. Buni olim V.R.Vilyams biologik aylana deb atagan. Bu jarayonlar tufayli tuproqning unumdorlik xususiyati doimo saqlanib turadi. Tuproq eng avvalo o‘simlik. hayvonlar va mikroblar bilan birga murakkab ekotizimni vujudga keltiradi va sayyoramiz biosferasida hayotning yashashini ta'minlashdek muhim vazifani bajaradi.
Tuproqning inson hayotidagi ahamiyati shundan iboratki, u o‘zi-o‘zim tozalash xususiyatiga ega ekanligi tufayli tabiatdagi iflos modflalami biologik yo‘l bilan o‘ziga singdiruvchanlik(adsorbent), tozalovchanlik (purifikator) va neytralashtiruvchanlik xususiyatiga egadir.
Tuproq xalqning bebaho boyligi va insonning yashashi uchun hayot manbaidir. Inson o‘zi uchun zarur bo‘lgan ozuqa resurslarini, kiyim-boshni tuproqdan oladi. Chunki tuproq qishloq xo‘jalikekinlarining asosiy manbai hisoblanadi.
Tuproq tugaydigan va tiklanadigan resurslarga kiradi. Tuzilishiga ko‘ra tuproqda 3 asosiy qatlam ajratiladi:
A-eng ustki gumus(chirindili) qatlam:
V-yuqori qatlamdan mineral va organik birikmalar to‘planadigan gorizont:
S-tuproq vujudga keladigan ona jinsi, tuproqning har bir gorizonti organik va mineral birikmalar aralashmasidan iborat.
Tuproq -tarixiy tarkib topgan murakkab mustaqil tabiiy jism bo‘lib, o‘zgaruvchan dinamik hosiladir. Yer yuzi turli qobiqlari o‘rtasidagi aloqadorlik tuproq orqali amalga oshadi. Tuproq tabiiy manfaatlaming asosi hisoblanadi.
Biosferada bajaradigan faoliyatiga qarab tuproqni organik hayot zanjirining eng muhim xalqasi deb yuritsa bo‘ladi.
Tabiat komponentlari-log‘ jinslari, suv, havo, tuproq. o‘simlik va hayvonlar o‘ziga xos xususiyatlari bilan rivojlansa ham o‘zaro uzviy bog‘langan. Ular o‘rtasida to‘xtovsiz modda almashinuvi amalga oshadi va natijada tabiiy xududiy komplekstlar-landshaftlar hosil bo‘ladi. Cho‘l, o‘rmon, dasht, to‘qay va boshqa landshaftlarni ajratish mumkin. o‘zaro ichki aloqalari va birligiga ko‘ra boshqa joylardan farq qiluvchi, tabiiy chegaralariga ega bo‘lgan xududiy komplekstlarga landshaftlar deyiladi.
Tuproqda u yoki bu mikroelementlarning yetishmasligi yoki ortiqchaligi organizmlaming rivojlanishi va insonning sog‘ligiga bevosita ta'sir ko‘rsatadi. Tuproqda sil, vabo, bryutsellyoz va boshqa kasalliklarning qo‘zg‘atuvchilari bo‘lishi mumkin.
Biosferada tuproqning eng muhim roli shundaki, barcha organizmlaming qoldiqlari tuproqda parchalanadi va yana mineral birikmalarga aylanadi. Tuproq qatlamisiz yer yuzida hayotni tasavvur ham qilib bo‘lmaydi.
Yer yuzining hozirgi mavjud tuproq qatlami-jamiyat taraqqiyoti natijasida kuchli o‘zgargan. Insoniyat tarixi davomida 2 mlrd. dan ortiq unumdor tuproqli yerlar yaroqsiz holga keltirilgan. Har yili sayyoramizdagi qishloq xo‘aligi uchun yaroqli yerlar maydoni sho‘r bosishi. cho‘llanishi. yemirilishi natijasida 5-7 mln. ga kamaymoqda.
Yer yuzida dehqonchilik maqsadlarida ishlatiladigan yerlar mavjud yerlar xududning 80% ni tashkil qiladiva dunyo aholisi son boshiga 0,5 ga dan to‘g‘ri keladi.
LTKurakova (1983) ma'lumotiga ko‘ra hozir yer yuzidagi quruqlikning 1,9 mlrd. ga haydab ekin ekiladigan maydonlarga to‘g‘ri keladi. Hali dunyoda haydab dehqonchilik qilishga
31
yaroqli yerlar maydoni ko‘p. Masalan: faqat Janubiy Amerikada hozir umumiy yer maydonining 5% idangina qishloq xo‘jaligida foydalanishmoqda. Vahoianki bu joyda qishloq xo‘jaligiga yaroqli yerlar maydoni 25%ni tashkil qiladi yoki Afrikada jon boshiga 12 ga qishloq xo‘jaligiga yaroqii yerlar to‘g‘ri kelsa, hozir shundan faqat 1 ga dan haydab foydalanilmoqda xolos.
Demak, yuqoridagi ma"lumotlardan ko‘rinib turibdiki, sayyoramizda hali ekin ekishga va sug‘orishga yarog‘li yer resurslari majud. Bu yerlarni o‘zlashtirish jarayonida faqat undan ko‘proq hosil olish bilan birga tuproqning hosildorligini oshirib borishga, tuproq eroziyasining oldini olishga ham alohida e'tibor berish kerak. Yerga biz qanchalik darajada e'tiborli, to‘g‘ri munosabatda bo‘lsak, u doimo shunchalik darajada yaxshilanib boradi. Buning uchun tuproqni ishlashda ilg‘or agrotexnikaga rioya qilish, yemi doimo o‘g‘itlab turish, tuproqda nam saqlash, almashlab ekishni joriy qilish zarurdir. Agar bu ishlar amalga oshirilmasa, tuproqda ozuqa moddalar kamayib ketadi, ya'ni tuproq «qashshoq!ashib» boradi. Natijada hosildor yerlar kam hosilli tuproqlarga aylanadi, kishilik jamiyati uchun salbiy oqibatlar kelib chiqadi, kelajak avlodga tabiiy holati o‘zgarib yomonlashgan, kam hosilli yerlargina meros bo‘lib qoladi. Shu sababli yer yuzidagi har bir kishining muqaddas burchi kelajak avlodlarga yerlarimizni yaxshi saqlangan holda qoldirishdan iborat bo‘ lmog‘ i kerak.
Yuqorida aytib o‘tildi, yer yuzasida o‘rtacha har bir kishiga 0,5 ga haydaladigan yer to‘g‘ri keladi deb, bu ko‘rsatkich yana L.I.K.urakova (1983) ma'lumotiga ko‘ra: Yaponiyada -0,7 ga, Misrda -0,10 ga, AQSh da - 2 ga dan ko‘p, Argentinada -6 ga, Avstraliyada 40 ga dan ko‘p ekan.
Respublikamizda har bir odamga 0,17 ga ekin maydoni to‘g‘ri keladi.
Qozog‘istonda -1,54 ga, Qirg‘izistonda-0,26 ga. Ukraina -0,59 ga, Rossiya-0,67 ga ekin maydoni to‘g‘ri keladi.
Yer yuzi tuproq qatlamining hozirgi holati kishilik jamiyatini ko‘p asrlik ta'siri natijasida o‘zining dastlabki tabiiy xususiyatini ancha o‘zgartirgan. Insonning tuproqlarga ijobiy va salbiy ta'siri ajratiladi.
Inson tuproq hosildorligini oshirishi, yerlaming holatini yaxshilashi mumkin. o‘rmonlarni tashkil qiladi, tuproq ilora va faunasini muhofaza qiladi. Shuning bilan birga shahar qurilishi. atrof-muhitni ifloslanishi, agrotexnik tadbirlami talabga javob bermasligi natijasida tuproqlar bevosita yo‘q qilinishi. yaroqsiz holga kelishi. yemirilishi mumkin.
Hozirgi kunda tuproqlar maydonning kamayishi uning tiklanishidan minglab marta tezroq amalga oshmoqda.
Inson o‘zining xo‘jalik faoliyatida tuproqdan foydalanish jarayonida ijobiy ta'sir etib, utproqdan xil o‘g‘itlar soladi, sug‘oradi, zaxini qochiradi, almashlab ekin ekadi, tuproqni ustki unumdor qismini yuvilib ketishdan saqlaydi. Yemi agrotcxnika qoidalariga rioya qilib haydaydi va unda namni uzoq vaqt saqlanishini ta'minlaydi.
o‘rmonlarnLnoto‘g‘ri kesishga chek qo‘yadi, o‘rmonlar barpo etiladi, tuproq flora va faunasini muhofaza qiladi va boshqa choralar ko‘rishi orqali tuproqning tarkibini yaxshilaydi, nalijada tuproq hosildorligi oshadi.
Inson o‘zining xo‘jalik faoliyatida tuproqqa salbiy ta'sir ham qiladi. Uning unumdorligini pasaytirib hosildor yerlar maydonining qisqarishiga sababchi bo‘ladi. Agrotexnika qoidaiariga rioya qilmasligi tufayli tuproq eroziyasi kuchayadi: sug‘orish qoidasi va me'yoriga amal qilmaslik oqibatida tuproq qayta sho‘rlanadi, botqoqlashadi, mineral o‘g‘itlardan noto‘g‘ri foydalanish va zaharli zimikatlami ishlatish qoidalariga rioya qilmaslik natijasida tuproq kimyoviy moddalar bilan zaharlanadi: almashlab ekishga e'tibor bermaslik tufayli tuproqda ozuqa moddalar miqdori kamayadi, shamoi eroziyasiga qarshi ixota o‘rmonlar tashkil etilmasa, tuproqning ustki hosildor qismi uchirilib ketadi. yonbag‘irlarni, tik yerlami noto‘g‘ri haydash oqibatida suv eroziyasi kuchayadi.
Bunday salbiy oqibatlar natijasida hozir dunyoda yiliga 6-7 mln. ga qishloq xo‘jaligi aylanmasidagi yer ishdan chiqmoqda.
Tuproq sifatini buzilishida injenerlik kommunikatsiyaning ta'siri ham bor bo‘lib, gaz, neft, isiqlik. kanalizatsiya, suv quvurlari atrofdagi tuproqning biologik va issiqlik rejimining buzilishiga
32 sabab bo‘ladi. So‘ngi yillarda 75-80% shaxtalarda ochish usulda ma'danlar qazib olinishi natijasida qishloq xo‘jaligi aylanmasidagi yer maydoni qisqarmoqda.
Yerlarning ustki hosildor qismini suv va shamol ta'sirida yuvib yoki uchirib ketishiga eroziya deyiladi. Eroziya dehqonchilik uchun juda katta zarar keltiruvchi ofat hisoblanib, lotincha «erosia» degan so‘zda olingan bo‘lib «kemirish» yoki «yemirilish» degan ma"noni bildiradi.
Tuproq eroziyasi-tabiiy va sun'iy bo‘lishi mumkin.
Tuproqlarni kishilarni xo‘jalik faoliyati ta'sirisiz tabiiy holda eroziyaga uchrashi-tabiy eroziya, kishilarning ta'siri natijasida eroziyaga uchrashi esa-sun'iy(antropogen) yoki tezlashtirilgan eroziya deb ataladi.
Eroziyaga uchragan tuproqda hosildorlik 5-10 marta kamayib, har yili begona o‘tlar 2-4 marta ko‘payadi. Shu sababli dunyo bo‘yicha croziya natijasida yiliga 1000 mlrd. dollar zarar ko‘rilmoqda.
Tabiatda tuproqning tabiiy holda eroziyaga uchrashi jarayonlari bo‘lib, uni geologik eroziya deb yuritiladi. Demak, gcologik croziya bu insonning ta'sirisiz ro‘y beradigan jarayon bo‘lib, bu jarayon tuproq hosil bo‘lishi jarayoni tezligiga tengdir. Geologik eroziya Ycr evolyutsiyasining bir qismi hisoblanib, uni oldini olish mumkin emas. U butun geologik davrda davooom etadi.
Geologik eroziya tektonik jarayonlar tufayli ro‘y beradi. Tektonik jarayonlar ta'sirida tog‘lar ko‘tariladi. muzlar harakat qiladi, daryo vodiylarida qator qayirlar vujudga keladi. Vaqt o‘tishi bilan nurash tufayli baland tog‘lar (Qozog‘iston past tog‘lari) pasayadi, muz qaytadi, dengiz chekinadi. Ular o‘rnida asta-sekin tuproq vujudga kelib, o‘simliklar o‘sadi, tuproqni ustki qismida yana hosildor qatlam vujudga kela boshlaydi.
Tuproqning sun'iy yoki tezlashtirilgan eroziyasi ham bor. Bu eroziya Yer yuzida inson paydo bo‘lganidan beri yerlardan noto‘g‘ri foydalanish tufayli ro‘y bera boshlagan bo‘lib, uning asosiy sabablari o‘rmon va to‘qaylarni qirqib yuborish, yaylovlarda chorva mollarini boqish normasiga amal qilmaslik, dehqonchilik yuritishning noto‘g‘ri metodlaridan foydalanish va h.k.
Turli maTumotlarga ko‘ra har kuni Yer yuzida eroziya natijasida 3500 ga unumdor tuproqli yerlar ishdan chiqadi.
o‘simliklar tuproqda chirindi miqdorini ko‘paytirishdan tashqari qor va yomg‘ir suvlarining yer srrtidan oqib ketishni kamaytiradi, aksincha ularning tuproq orasiga singishiga yordam bcradi, natijadatuproqda nam saqlanib qolishiga imkon beradi.
F.K.Kocherga maTumotiga ko‘ra o‘rta Osiyo tog‘li rayonlarida o‘rmonlar yer usti oqimini kamaytirib, tuproqqa singdirish orqali yog‘in suvlarini 50% tutib qoladi. Aksincha, o‘rmon va butalami ko‘plab kesish natijasida yoqqan yog‘inning 90% i tog‘ yonbag‘irlari orqali oqib ketadi.
o‘simliklar qoplami qanchalik zich bo‘lsa. tuproq eroziyasi shunchalik sustlashadi.
Eroziya jarayonining tezlashishida yaylovlardan noto‘g‘ri foydalanish ham muhim omil hisoblanadi. Bbir rayonda doimo mol boqilishi natijasid, o‘sha joyning o‘simlik qoplami siyraklashadi. tuyoqlari bilan o‘simliklarni kesib, bosib tuproqni bo‘shatib yuboradi. So‘ngra yog‘in suvlari yoki shamol tufayli u yerlarda tuproq eroziyasi boshlanadi.
Yonbag‘irlari tik bo‘lgan yerlarni noto‘g‘ri haydash suv eroziyasi jarayonini juda ham tezlashtiradi. Bunday yerlarni ko‘ndalangiga haydash, iloji boricha bir yillik ekinlarni kamroq ekish kerak.
Suv eroziyasi-tuproq hosildor ustki qavatining yomg‘ir, jala va qor suvlaridan hosil bo‘lgan oqimlari bilan yuvilishidir. Bu hodisa natijasida yer yuzasida chuqurchalar. jarlar hosil bo‘Iadi.
Suv eroziyasinin havfli turlaridan biri sel hodisasidir. Kuchli jala natijasida vujudga kcladigan oqim bo‘lib, tuproqni yuvish bilan birga o‘z yo‘lida uchragan hamma narsani olib kctadi, juda ko‘p yerlarni ishdan chiqaradi. Natijada qishloq xo‘aligi katta zarar ko‘radi. Shamol eroziyasini -deflyatsiya deb ham ataladi. yunoncha deflo -puflayman degani.
Bunda yer yuzasidagi tuproq va jinslarning mayda. quruq zarrachalari shamol ta"sirida yemhilib, uchirilib, boshqa oylarga ko‘chiriladi. Shamol tuproqning chirindili ustki hosildor qismini, ba'zan esa haydalgan qismini butunlay uchirib ketadi, natijada tuproqdagi o‘simlikning o‘sishi uchun zarur elementlar kamayib. tuproqning hosildorligi juda ham pasayib ketadi va ishdan
33 chiqadi. Shamol eroziyasi o‘rta Osiyo tekislik qismida Qozoqiston, Shimoliy Kavkazda, Rossiya va arbiy Sibir tekisliklarining janubida keng tarqalgan.
Shamol eroziyasining vujudga kelishiga ma'lum rayonda kuchli shamollarning esishi, iqlimning qurg‘oqchiligi, tuproqning mexanik tarkibi va chirindining kamligi, o‘rmonlarni plansiz, kesilishi chorva mollarini surunkasiga bir joyda boqish va boshqalar asosiy sababchidir.
Agar Qizilqum va Qoraqumda mollar surunkasiga bir joyda boqilsa 3-4 yil ichida qum ko‘chib barxanlar vujudga keladi. o‘sha barxanlarni to‘xtatish uchun o‘simliklar ekilsa, 15-20 yil kerak bo‘ladi.
Shamol eroziyasi mahalliy va chang bo‘ronli kabi ikki turga bo‘linadi:
-mahalliy shamol eroziyasi - chang bo‘ronli bo‘lmasdan shamolga ro‘para qaragan yerlami asta-sekinlik bilan yemirilib, uchirib boradi. Natijada, ma'lum vaqtdan so‘ng o‘sha joylardagi tuproq kam hosilli yerlarga aylanadi.
-chang bo‘ronli eroziya-juda kuchli shamol natijasida sodir bo‘ladi. Bunda nuragan chang to‘zonli zarrachalar havoga ko‘tarilib, havo tarkibii o‘zgartirib, qorong‘ulashtirib yuboradi. Bunday shamol eroziyasi har 3-5, 10-20 yilda qaytarilishi mumkin.
Bu ko‘rinishdagi eroziya tufayli 1-2 va hatto 2-25 sm qalinlikdagi ustki qismi tichib kctdi. Natijada qishloq xo‘jalik ekinlari nobud bo‘ladi.
Orol satxining pasayishi tufayli anchagina maydonni tuz bosgan. Chang bo‘ronlar shu tuzlar va qumlarni uzoq masofalarga. jumladan quyi Amudaryoga olib borib, sug‘oriladigan yerlarning sho‘rligini oshirmoqda.
o‘rta Osiyoda shamol eroziyasi natijasida qumlar ko‘chib, barxanlar vujudga kelgan, hosildor vodiylarga qum bostirib kirishi hollari ham bor. Qumlarning vohaga bostirib kirishi natijasida qadimda obod bo‘lgan Quyi Zarafshon va Quyi Amudaryodagi sug‘oriladigan yerlaming bir qismi hozir ham qum ostida qolgan.
Suv eroziyasi-ko‘proq tog‘ oldi va tog‘li mintaqalarda, shamol eroziyasi-tekisliklarda kuzatiladi.
Eroziya jarayonining oldiin olish va unga qarshi kurash uchun: o‘simliklar qoplamini tiklash. agrotexnik tadbirlarni to‘g‘ri olib borish, yashil himoya zonalarini barpo qilish, gidrotexnik tadbirlarni rejali o‘tkazish va boshqalar kiradi.
Sug‘oriladigan dehqonchilik rayoonlarida tuproqlarning sho‘rlanishi asosiy ekologik muammolardan hisoblanadi. Tuproqlarning sho‘rlanishi-sug‘orishni noto‘g‘ri olib borganda yer osti suvlari sathining ko‘tarilishi natijasida ro‘y beradi. Birlamchi va ikkilamchi sho‘rlanish kuzatiladi. Ikkilamchi sho‘rlanishda suv kapilyar orqali ko‘tarilib, tuzi tuproqda qoladi yoki ortiqcha sug‘orish natijasida grunt suvlari erigan tuzlar bilan sho‘rlanadi. lkkilamchi sho‘rlanish ko‘proq zarar yetkazadi.
o‘zbekistonda mavjud sug‘oriladigan yerlarning 50 % dan ortiqrog‘i sho‘rlangan. Ayniqsa, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Sirdaryo, Xorazm viloyatlari tuproqlari kuchli sho‘rlangan. Tuproqda chirindi miqdori 30-50% gacha kmaygan. 2 mln. ga dan ortiq yerlar eroziyaga uchragan. Bunday yerlar Farg‘ona, Surxondaryo. Qashqadaryo viloyatlarida keng tarqalgan.
Tuproqlarning pestitsidlar bilan ifloslanish darajasi ham yuqori. Bunga asosiy sabablardan biri uzoq vaqt davomida paxta yakka hukmronligidir. Oxirgi yillarda paxta maydonlarining kamaytirilishi. almashlab ekishning kengroq joriy qilishini, mineral o‘g"itlarm ishlatishni me'yorlab turilishi va boshqa tadbirlar tuproqlar holatining yaxshilanishiga olib kelmoqda.
Sho‘rlanishning oldini olish uchun zovurlar o‘tkaziladi, yerlaming sho‘ri yuviladi. Tuproqlaming botqoqlanishi-asosan namlik ko‘p joylarda kuzatiladi. Suv omborlari atrofida ham botqoqlangan uchastkalar vujudga keladi.
Yer yuzasining qurg‘oqchil rayonlarida yerlaming inson xo‘jalik faoliyatida noto‘g‘ri foydalanish oqibatida uning tabiiy xususiyatlari yomonlashib cho‘llanish jarayoni boshlanadi.
20-asr tarixida Afrikadagi Sahroi Kabirdagi Sohil mintaqasida 1968-73 yillarda bo‘lib o‘tgan falokatli cho‘llashish hodisasi o‘chmas iz qoldirdi. Shu yillarda qurg"oqchilik nihoyatda kuchli bo‘lgan. Tabiiy yaylovlar nam yetishmasligi tufayli qurib, mahsuldorlik keskin kamayib ketgan, bo‘ta. daraxtlar qurigan. Oqibatda dehqonchilik yaylov chorvachiligi bir necha yillar
VI mobaynida katta zarar ko‘rdi, aholi o‘rtasida ochlik va o‘lim avj oldi. Inson ta'sirida tashkil topgan cho‘llarning ajmi maydoni 9,1 mln. km" ni tashkil qiladi.
Cho‘llanish Osiyo, Afrika, Avstraliya mamlakatlarida kuchli darajada sodir bo‘lmoqda. Olib borilgan hisob-kitoblarga qaraganda keyinga 20 yil mobaynida butun dunyoda cho‘llanish natijasida yetkazilgan umumiy zarar 520 mlrd. AQSh dollarini tashkil qiladi.
Respublikaning 70 % dan ortiq hududi cho‘l va chala cho‘l mintaqalarida joylashganligi sababli sug‘oriladigan yerlarda sho‘rlanish. shamol va suv eroziyasi. yaylovlarda yer osti suvlari sathining ko‘tarilishi kabi hodisalar keyingi vaqtlarda katta maydonlarda ro‘y bermoqda. Buning oqibatida qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan yerlarning mahsuldorligi borgan sari pasayib, oziq-ovqat, yem-xashak. sanoat xom-ashyolarini yetarli miqdorda yetishtirib berish murakkablashmoqda.
Cho‘llanish hodisasi bilan yagona ilmiy dastur asosida barcha joyiarda muntazam kurash olib borish shu kunning dolzarb masalasiga aylangan. Bu borada o‘zbekistonda hozirgacha ma'lum darajada amaliy ishlar bajarilmoqda. o‘zbekiston Respublikasi cho‘llanishga qarshi kurash Xalqaro konvensiyasiga imzo chekkan.
Undan tashqari respublikada yer va yer resurslaridan foydalanishni tartibga solish maqsadida «o‘zbekiston Respublikasida Yer to‘g'risida» gi qonun qabul qilingan. Mustaqil ish topshiriqlari I .o‘zbekiston tuproqlari va ulardan foydalanishning ekologik muammolari mavzusida referat tayyorlash.
2.Yashaydigan joyingizda suvdan foydalanish muammolarini gapirib bering.
Manba: P.Baratov. Tabiatni muhofaza qiIish.T.«o‘qituvchi»,1991.124-155 b. Foydlanilgan adabiyotlar: 1. P.Baratov. Tabiatni muhofaza qilish. T. «o‘qituvchi». 1991.124-155 b.
2. A.A. Rafiqov. Geoekologik muammolar. T. «o‘qituvchi» 1997.111 b.
3. XXTursunov. Ekologiya asoslari va tabiatni muxofaza qilish. Toshkent Universitet.
\ 1997.34-37 b.
\4. A.S.To‘xtayev. Ekologiya. T. «o‘qituvchi». 1998.50-53 b.