1-ma'ruza: Ekologiya fanining asoslari va vazifalari(2 soat)


-ma'ruza. Ekologiya fani tarixi



Yüklə 0,73 Mb.
səhifə4/65
tarix06.05.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#108944
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   65
5d658ff1236e4cac402c9d9b1712c36e Ekologiya fanining asoslari va vazifalari

2-ma'ruza. Ekologiya fani tarixi.
Ekologi yaning rivojlanishida qadimgi yunon olimlarining ishlari, rus va chet el olimlari faoliyati, o‘rta Osiyo allomalarining tabiat haqidagi fikrlari. o‘zbekistonda ekologik bilimlarning asoschilari- ekolog-geograflar maktabi hamda o‘zbekistonda ekologiya fanining qisqacha rivojlantinsh tariqi haqida talabalarga maTumot berish. Identiv o‘quv maqsadi:
1. Ekologiyaning rivojlanishida yunon olimlari, chet el olimlari lshlarini izohlab beradi.
2. o‘rta Osiyo allomalarining tabiat haqidagi fikrlari bayon etilgan asarlari ahamiyati.
3. o‘zbekistonda ekolog-geograflar maktabi va uning ahamiyati.
Tirik organizmlar hayolining tashqi muhit bilan bog‘liqligi qadimdan ma'lum. Antik davrda yashagan faylasuflarning asarlarida hayvonlarning turli instinktlari, baliqlar va qushlarning migratsiyalari, o‘simliklarning tashqi qiyofasi tuproq va iqlim sharoitlari bilan bog‘liqligi haqidagi maTumotlar keltiriladi.
Dastlabki ekologik tushunchalar qadimgi yunon olimlari asarlarida qayd etilgan bo‘lib. ularni ng ishlarida biz ekologik yo‘nalishlarni ko‘ramiz. Lekin ular «Ekologiya» terminini ishlatishmagan. Aristotel (cramizdan 384-322 yil avval). qadimgi yunon filosofi Teofrast(371-280 yil) hayvon va o‘simliklami yashash sharoitiga bog‘liq holda ko‘rib chiqishgan. Aristotel 500 tur hayvonlarni o‘rganib. ularning xulq-atvori , ko‘chib yurishi haqida.Teofrast-o‘simliklarning shakli va o‘sishi-iqlim, tuproq sharoitiga bog‘liqligini aniqlaydi.
Fransuz M.Byuffon (1707-1788) ning ishlarida hayvonlarning tuzilishiga tashqi muhitning ta'siri masalasi ko‘tarilgan.
J.B.Lamark( 1744-1829) dasllabki evolyulsion taTimotning muallifidir. U o‘simlik hamda hay vonlarning evolyutsion o‘zgarishlarida eng muhim omil deb tashqi muhit ta'sirini hisoblagan.
A,Gumboldtning ishlari o‘simliklar geografiyasida yangi ekologik yo‘nalishlarni aniqlab berdi. U fanga landshaft «fizionomiyasi» o‘simliklarning tashqi qiyofasi bilan aniqlanadi kabi tushunchani kiritadi. o‘xshash zona va vertikal poyaslarda har xil taksonomik guruhlarda o‘xshash «fizionomik» shakllar ishlab chiqiladi: Bu shakllarning tarqalishi va nisbatiga qarab joyning fizik-geografik xususiyatlari haqida fikr yuritish mumkin.
Moskva universitetining professori K.F.Rule(1814-1858) zoologiyada o‘ziga xos bo‘lgan yo‘nalishni rivojlantirish muhim ekanligini keng targ‘ib qiladi. Bu yo‘nalish-hayvonlar hayotini har tomonlama o‘rganish, atrof - muhit bilan ularning o‘zaro murakkab munosabatlarini t ushuntirish kabilar edi Shunday qilib, K..E.Rele hayvonlarni o‘rganishning keng ekologik tizimini ishlab chiqdi va ekologik mazmundagi qator ilmiy ishlarni xoldirdi. Uning shogirdlaridan biri N.A.Seversov ( 1827-1885) hisoblanadi. Uning «Periodicheskiye yavleniya v jizni zverey, ptis i gad Voronejskoy gubernii» (1855 y) nomli ishi Rossiyada ayrim mintaqada hayvonot olamida olib borilgan ekologik izlanishlarining eng katta va ahamiyatlisi edi.
Ch. Darvin «Tabiiy tanlash yo‘li bilan turlarning kelib chiqishi»(1859 y) asarida - tabiatdagi yashash uchun kurash, ya'ni tur bilan muhi o‘rtasidagi har qanday qarama-qarshiliklarning ko‘rinishlari tabiiy tanlashga olib keladi va evolyutsiyaning harakatlantiruvchi kuchidir deb qaraydi.
A.N.Beketov( 1825-1902) o‘simliklarning ichki va tashqi tuzilishidagi xususiyatlarni ularning geografik tarqalishi bilan bog‘liqligi hamda fiziologik usullarning ekologiya uchun ahamiyati kaatta ekanligini ko‘rsatdi. Ana shunday ishlar hayvonlar hayoti misolida A.F.Middendorf tomonidan o‘rganildi.
1877 yil nemis gidrobiologi K.Myobius biotsenozlar haqidagi tasavvurlarni asoslab berdi.
o‘simliklar jamoasi haqida Morozov G.F. va Sukachev F.N. batafsil fikr yuritib, bu sohaga asos soldilar.
Rus olimlari- V.N.Sukkachev. B.A. Keller, V.V. Alexin, VCRamenskiy. A.P.Shennikov va chet el olimlaridan- FKlements, K.Raunkiyer, T.Dyu.Riye, IBraun-Blake va boshqalarning fitotsenologiya sohasidagi ishlari umumiy iotsenologiyaning rivojlanishiga katta hissa qo‘shdi. Umuiy ekologiyaning rrivojlanishida D.N.Kashkarovning « Muhit va jamoa» deb nomlangan o‘rta Osiyo universitetida o‘qigan ma'ruzalari, keyinchalik «Xayvonlar ekologiyasi asoslari» nomi bilan- yozilgan darsligi katta axamiyatga ega bo‘ldi.
Xayvonlaming morfologik va evolyutsion ekologiyasini rivojlantirishda M.S.Gilyarov, S.S.Shvarslar katta xissa qo‘shdilar. I.G. Serebyakov tomonidan gulli o‘simliklarning xayot shakillari tasnifoti ishlab chiqildi.
1940 yillaming boshlarida tabiiy tizimlami o‘rganish jarayonida yangi yo‘nalish kelib chiqdi.
1935 yilda ingliz olimi A.Tensli ekotizmlar, 1942 yilli esa V.N.Sukachev-biogeotsenozlar xaqidagi taMimotni ilgari surdilar.
1950 yillirning boshida G.Odum, Yu.Odim, RUntekker, RMargalev biologik maxsuldorlikning nazariy asoslarini yaratish borasida ish olib bordilar.
2-reja. o‘rta asrlarda o‘rta Osiyoda yashab ljod etgan olimlardan al-Xorazmiy, Farobiy, Beruniy, Ibn sino va boshqalar tabiiy fanlaming rivojlanishiga katta hissa ko‘shganlar. Ular hali ekologiya fani dunyoga kelmagan davrda tabiat va undagi muvozanat, o‘simlik va xayvonot dunyosi tabiatni e'zozlash haqidagi o‘zlarining qimmatli fikirlarini aytganlar.
Buyuk ailoma Muxammad Muso Al-Xorazmiv (1782-847 y) risolalaridan birida shunday deb yozadi: «Bilish-ki. daryoning ko‘zlari yoshlansa, uning boshiga g'am,kulfat tushgan bo‘ladi. Odamlar daryodan mexringizni darig‘ tutmanglar» . Bunda u nimani nazarda tutdih Extimol, u daryo suvining ortiqcha isrof qilishni nazarda tutgandirVaxolangki u zot eng avvalo daryo bilan odamlaming bir-muxabbal ko‘yishlarini nazarda tutgan. U uzining « Kitob surat al-arz» asarida dunyo okeanlari, chuqurlikdagi qifalar, qutublar, ekvator, cho‘l, tog‘, daryo va dengizlar, ko‘llar va o‘rmonlar, uiardagi o‘simlik, hayvonot dunyosi, shu bi lan boshqa tabiiy resurslar-yeming asosiy boyliklari haxida ma'lumotlar keltirilgan.
Abu Nosir Forobiyning (870-910) ilmiy-falsafiy merosi nihoyatda boy bo‘lib, asarlari hozirgacha to‘liq aniqlanmagan. Nemis olimi M.K.Brokelmanning ro‘yxatida Forobiyning turli sohaga oid 180 ta asarining nomi keltiriladi. Bu asarlar bir necha guruhlarga bo‘linib, 11-guruhiga uning tabiatshunoslik ilmi, amaliy faoliyat va hunarmandchilik masalalariga oid asarlari kiritilgan.
Tabiatshunoslikka oid «Odam a'zoIarining tuzilishiw, «Hayvon a'zolari va ulaming vazifalari haqidaw nomli asarlavida odam va hayvonlar ayrim a'zolarining tuzilishi. xususiyatlari, vazifalari haqida, ulaming o‘xshashligi va farqlari keltirishi bilan birga asosiy anatomik-fiziologik tushunchalar berilgan.
U tabiiy va inson qo‘li bilan yaratiladigan sun'iy narsalami ajratgan. Tabiiy narsalar tabiat tomonidan yaratilgan, degan xulosaga keladi.
Abu Rayhon Beruniy koinotdagi hodisalarni taraqqiyot qonunlari bilan, narsa va hodisalaming o‘zaro ta"siri bilan tushuntirishga urinadi. Uning asarlarida o‘simlik va hayvonlaming biologik xususiyatlarini, ulaming tarqalish va xo‘jalikdagi ahamiyati haqida ma'lumotlar topish mumkin. U «Saydana» nomli asarida 1116 tur dori-dar monlami tavsiflagan. Ularning 750 tasi turfi o‘si mliklardan. 101 tasi hayvonlardan, 107 tasi minerallardan olinadi. Har bir o‘simlik, hayvon va minerallarning xossalari, tarqalishi va boshqa xususiyatlari keltirilgan.
Beruniy asarlarida o‘simlik va hayvonlaming tuzilishi hamda ulaming tashqi muhit bilan o‘zaro aloqasi haqida ham qiziqarli malumotlar keltiriladi. U o‘zining tabiiy-ilmiy kuzalishlari, tajribalarj asosida tabiatdagi hodisalar ma'lum tabiiy qonuniyatlar asosida boshqariladi, degan xulosaga keladi.
(.
Abu Ali ibn Sino (980-1037)jahon madaniyatiga buyuk hissa qo‘shgan yirik ensiklopedist olim. Turli yozma manbalarda uning 450 dan ortiq asar yozganligi eslatiladi. Bizgacha uning 240 ta asari yetib kclgan.
Uning «Tib qonunlari» asari tabbiyot ilmining qomusi bo‘lib. o‘rta asr tibbiyot ilmi taraqqiyotining oliy cho‘qqisi hisoblanadi. Kishi organizmiga tashqi muhit to‘siri muhimligini bilgan alloma ayrim kasalliklar suv va havo orqali tarqalishi haqida fikr bayon etgan.
Ibn Sinoning tog‘laming vujudga kelishi, yer yuzining davrlar o‘tishi bilan o‘zgarib borishi tabiiy jarayonlar haqidagi fikrlari geologiya ilmining rivojlanishiga katta tasir qildi.
Zaxriddin Muhammad Bobur( 1483-1530). Biz Boburni podshoh va shoir sifatida bilamiz. Ammo Bobur faqat shoirgina emas, balki sarkarda, tarixchi va mashshoq, ovchi va bog‘bon, sayyoh va tabiatshunos ham bo‘lgan. Uuning «Bobumoma» asari eng yirik asari hisoblanadi. Bu asarida har bir hududni maTum bir tartibda tasvirlaydi. Awalo joyning geografik o‘mi, so‘ngra qaysi iqlimga mansubligi. llar xil shifobaxsh joylari, o"simliklari, qazilmalari, hayvonoti va aholisi beriladi. U ajoyib geobotanik bo‘lgan, o‘simliklarni sevgan va yaxshi bilgan. o‘zbekistondagi juda ko‘p giyoh va dorilami, ulaming hosiyatini va ahamiyatini shunday ta'riflaydiki. Buni mirishkor bog‘bon bo‘lgan kishi, asr tabiatshunosgina buning uddasidan chiqa oladi.
Bobur bir necha bor yer qimirlashi, oy va quyosh tutilishi kabi tabiiy hodisalar guvohi bo‘lgan. Ushbu hodisalaming tabiat, qonunlaridan boshqa narsa emasligiga ishonch hosil qilgan.
o‘rta Osiyoni o‘rgangan olimlardan I.A.Seversov, A.N.Krasnovlarning asarlari va Kashkarov-Korovin maktabining shakilanishi o‘rta Osiyoda tabiiy - geografik g‘oyalami rivojlanisfiida muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.
1930-yillarda ekologiya-geografiya yo‘nalishiga asoslangan o‘rta Osiyo ekologiya maktabi hozirgi o‘zbckiston Milliy universiteti qoshida shakllandi. Ekolog mutaxassislar tayyorlashda, ekologiyani rivojlantirishda. ekologiyaga oid adabiyotlaming namunalarini yaratishda bu maktabning xizmatlari kaltadir. Maktab ekologlari bergan g‘oyalar o‘lkaaning tabiati va tabiiy resurslami aniqlash va o‘rganishda hamda o‘rta Osiyoda ekologik va geografik g‘oyalaming rivojlanishiga katta hissa qo‘shdi.
P.A.Baranov, l.A.Raykovalar Pomir tog‘larida cho‘l biotsenozining kelib chiqishi. dinamikaasi va ekolyutsiyasida organizmlaming hayotida noqulay haroratning roli, madaniy biotsenozlami yuqori tog‘ sharoitida yaratish masalalari ishlab chiqildi. RTAbolin, Ye.P.Korovin, M.V.Kultiasov va ITGranitovlarning ekologik va fitotsenologik qarashlari ulaming chop etgan bir qator ishlarida o‘z aksini topgan.
o‘rta Osiyoda zooekologik yo"nalishdagi kompleks ishlaming rivojlanishi T.Z.Zohidov nomi bilan chambarchas bog‘liq. U Qizilqum cho‘llarining o‘ziga xos hayot makoni ekan ligini, qumli, sho‘rxokToyli va toshloq cho‘Harni mustaqil biotoplar sifatida tavsiflab, ularni o‘z navbatida mayda hududiy birliklarga ajratib beradi.

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin