1-ma'ruza: Ekologiya fanining asoslari va vazifalari(2 soat)



Yüklə 0,73 Mb.
səhifə16/65
tarix06.05.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#108944
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   65
5d658ff1236e4cac402c9d9b1712c36e Ekologiya fanining asoslari va vazifalari

Hayvonlaming haroratga moslanish yo‘llari asoan uch xil bo‘ladi, ya'ni kimyoviy, fizik termoregulyatsiya va xulq- atvor moslanishlaridir. Tashqi muhit haroratining pasayishiga javoban faol ravishda tanadan issiq ajralishi kimyoviy termorcgulyatsiya deyiladi. Bunday moslanishning ko‘rinishlari ba'zi bir baliqlarda. hashoratlarda (arilar, kapalaklar) uchratiladi. Tanadan issiq ajratishning o‘zgarishi, ya'ni ortiqcha bo‘lsa, tashqariga chiqarib yuborish yoki uni ushlab qolish fizik termoregulyatsiya deb qaraladi. Bunday yo‘l bilan harorat omiliga moslashgan hayvonlarda anatomo -morfologik moslanishlar kuzatiladi: tananing junlar bilan qoplanishi, pat yoki parlarga ega bo‘lishi, yog‘ zahirasining joylanishi. teri yoki nafas yo‘li orqa li suv bug‘latishni boshqarish va hokazo. Ko‘pchilik hayvonlar uchun tana haroratini bboshqarishda ulaming instinktdan kelib chiqadigan harakatlari kaatta ahamiyatga ega. Bularga poza-(gavdaning holati) lami o‘zgartirish. boshpana topish, murakkab yer osti uyalar qurish, boshqa joylarga uyalar qurish, uzoq yoki yaqin masofalarga ko‘chib yurishlar (migratsiyalar) kiradi. Tana haroratini idora etishda hayvonlaming guruhli hatti-harakatlari ham muhim ahamiyatga ega. Masalan, cho‘lda yashovchi tuyalar jazirama issiq kunlari bir-birlariga yonboshlagan holda bir joyga to‘planib yotadilar, natijada ular to‘plangan joyning o‘rtasidagi harorat 39° S ni, ya"ni tana haroratiga teng bo‘ladi. F.ng chekkadagi tuyalaming yelka tomonidagi junlari 70° S gacha qizib ketadi. Gomeoterm hayvonlaming issiqlik balanslarini idora etishda yuqoridagi moslanish yo‘llaridan birgalikda foydalanish ularning har qanday tashqi noqulay harorat ta'siridan saqlanish imkonini beradi. Mustaqil ish topshiriqlari.
Yorug‘lik va issiqlik omiliga moslashishga ko‘ra bo‘lingan guruhlarga asosan gerbariy materiallarini to‘plash. Ularning anatomo-morfologik tuzilishlariga e'tibor berish. Rasmini chizish.
Manba: A.A.Butnik, N.N.Nigmanova, S.A.Payziyeva, D.K.Saidov. Ekologicheskaya anatomiya pusto‘nno‘x rastcniy Sredney Azii. T. «Fan» 1 t. 1991.145 b.

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin