Foydalanilgan adabiyotlar l.V.A.Radkevich. Ekologiya. Minsk. «Vo‘sheyshaya shkola». 1983.56-76 b. 2.N.M.Chernova, A.M.Bo‘lova. Ekologiya. M. «Prosveheniye». 1988. 16-42 b. 36-44 b. 3.A.S.To‘xtayev. Ekolgiya. T. «0"qituvchi». 199836-45 b.
6-ma'ruza. Namlik, edaflk-tuproq omili ekologik omil sifatida.(2 soat) Asosiy savollar: LNamlik-ekologik omil sifatida. o‘simliklarningXnanilik omiliga nisbatan ekologik klassifikatsiyalari. \. 2.Hayvonlar haytida namlikning ahamiyati. ' ^- 3.Tuproq-ekologik omil sifatida. llning tabiat va inson hayotidagi ahamiyati. Sho‘rlanish. Sho‘rlanishga chidamlilik bo‘yicha Genkel klassifikatsiyasi. Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar: Gravitatsion. kapilyar. bog‘langan, gidatofitlar, gidrofitlar, gigrofitlar. mezofitlar, kserofitlar, sukkulent lar. sklerofitiar, psixrofitlar, kriofitlar, tropofitlar, kserofillar. gigrofillar, mzofillar, anabioz, sista, evrigir organizm, reabsorbsiya.
1-asosiy savol bo‘yicha o‘zituvchining maqsadi: Namlik (suvning) ekologik omil sifatidagi roli. o‘simliklarning namlikga moslanishiga ko‘ra ekolgik guruhlari haqidagi fikrlarni bayon qilish. Identiv o‘quv maqsadlari: l.l.Namlikning o‘simlik uchun ahamiyatini anglaydi. 1.2.0'simliklarning namlik sharoitiga ko‘ra ekologik guruhlarini farqiga yetadi. tushuntirib beradi.
1-asosiy savolning bayoni. Suv ham yer yuzidagi tirik mavjudotlarning yashashi uchun muhim omil bo‘lib hisoblanadi. Nam yctishmasligi yer-havo muhitida sezilarli darajadagi xususiyat hisoblanadi. Gidrobiontlar uchun suv hayot muhiti hisoblanadi. Suvsiz modda almashinish jarayonlari ketmaydi. Tabiatda atmosfera bug‘lari, suyuq tomehilar va qattiq kristallar shaklida uchraydi. Uning : yomg‘ir , qor, luman, qirov, shudring. muz kabi ko‘rinishlari bo‘lib, ularning hammasi namlik tushunchasini bildiradi. Biz namlik so‘zi o‘rniga suv degan iborani ishlatamiz.
o‘simliklar tanasida 45-95 % ni, suv o‘tlarida 96-98 % ni suv tashkil qiladi. Hatto o‘simliklarning quruq holdagi spora va urug‘larida ham suv bordir.
Hujayralarda boradigan barcha biokimyoviy reaksiyalar suv ishtirokida bo‘ladi. o‘simliklarning suv bilan ta"minlanganligi joylarning umumiy xarakteristikasiga bog‘liq bo‘ladi. Ekvotorial va tropik iqlim zonalarida yil davomida bir necha 1000 mm miqdorida yog‘in tushadi. Cho‘l zonasida (Sinay cho‘li) atigi 10-15 mm ga teng. Peruan va Asuan cho‘llarida yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Namlikning yetishmasligi quruqlikdagi hayotning eng muhim xususiyatlaridan biridir. Yog‘in miqdori -mm bilan ifodalanadi. Bir mm yog‘in 1 nr yuzaga tushgan 1 1 suvga teng.
0"simliklarning namlik va harorat bila qanchalik tahminlanganligi Valtcr-Gossen klimodiagrammasida yaxshi ko‘rinadi.
o‘simliklarga suv o‘tishining asosiy yo‘li bu ildiz tizimi orqali tuproqdan suvning shimilishidir. Yomg‘ir usulida sug‘orilganda barg orqali ham suv o‘simlikga o‘tadi.
Tuproqdagi suvlar mcxanik ushlanishi bo‘yicha 3 xil guruhga bo‘linadi:
lGravitatsion. 2.K.apilyar. 3.Bog‘langan suvlar.
Gravitatsion suv-tuproqning katta donachalari orasini to‘ldirib turuvchi va tez harakat qilib pastki yer osti suvlarigacha yetuvchi suvdir.
25 Kapilyar suv-tuproqning mayda donachalari orasidagi oraliqni toldiruvchi va katta kapilyar kuch bilan bog‘lanib turuvchi suvdir.
Bog‘langan suv-tuproqning donachalari ustida adsorbsiya kuchi bilan bog‘lanib turuvchi suvdir.
Har xil shakldagi tuproq namligi o‘simliklar ildizi uchun bir xilda yetarli emas. Eng oson yo‘l bilan gravitatsion suv o‘zlashtiriladi. eng qiyin yo‘l bilan esa kapilyar suv o‘zlashtiriladi. Qattiq bog‘lanib turuvchi suvlar o‘simlik ildiidagi osmotik bosimga nisbatan baland kuch bilan bog‘lanib luradi. Bu suv zaxirasi o‘lik zaxira deyiladi, ya'ni o‘simliklar olaolmaydigan zaxira hisoblanadi.
o‘simliklar hayotining namlikka bog‘liqligini bilish uchun o‘simliklarning suv rejimini bilishimiz kerak. U esa bir qator fiziologik ko‘rsatkichlar orqali xarakterlanadi. o‘simhklarning suv rejimini o‘rganish uchun quyidagi ko‘rsatkichlar aniqlanadi: -barg va poyadagi suv miqdori:
-hujayra shirasining osmotik bosimi va bargning so‘rish kuchi:
-barglardagi suv yetishmasligi, suvni bug‘latish tezligi, o‘simliklarning o‘zida suvni saqlash qobiliyati kabilar.
o‘simliklarning qurg‘oqchil sharoitga moslashish yo‘llaridan biri, ular o‘sishi uchun yilning eng qulay vaqtidavn foydalanadi, qurg‘oqchilik boshlanishi bilan tinimga ketadi va hayotini qisqartiradi.
o‘simliklarning qurg‘oqchilikga moslanish yo‘llari o‘rganilib, ulaming ekologik klassifikatsiyalari beriladi. Bu klassifikatsiyalaming asosini ekologik moslanish egallaydi. Bunday ishlarida berilgan: P.A.Genkel(1946, 1975,1982), Yu.S.Grigorev (1955 ), D.I.K.olpikov(1987,1971), Shennikov(1964), Lavrenko(1968). Sveshnikova, Gorshkova va h.
Bizning sharoitimizda bunday izlanishlar o‘zR FA Botanika institutida uzoq yillar davomida olib borilgan va olib borilmoqda.
o‘zbekistonning adir sharoitida o‘simliklarning bio-ekologiyasi, struktura-funksional belgilari komplcks holda o‘rganilib, kserofillarning ekologik klassifikkatsiyasi T.Raximova tomonidan (1988) berilgan: lGipcrkserofitlar-saksovul, keyreuk, chagon. 2.Eukserofitlar-teresken, izen. 3.Teroiremokserofitlar-shuvoq turlari. 4Gemikserofitlar-yantoq, kapers, shirinmiya. 5.Mezofitlar: kseromezofitlar-beda, esparset.
Mezofitlar-efemerlar guruhlari.
o‘simliklar tabiatda suvdan foydalanishiga qarab 3 guruhga bo‘linadi: EOmbrofitlar-ildizi uncha chuur ketmagan, yomg‘ir suvidan fo‘ydalanadiganlar. 2.Trixogidrofitlar-ildizi yer ostki suvlarining xo‘llanuvchi gorizontiga yetgan. 3.Friatofitlar - ildizi yer osti suvlariga yetgan.
o‘simliklarning suvni bug‘lantirishni qisqartirish maqsadida turli tuzilishdagi himoya xarakteridagi moslanishlar:
ETranspiratsion yuzaning qisqarishi-bargning reduksiyaga uchrashi (silindr barglar ko‘p kserofit o‘simliklarda bo‘ladi).
2.1ssiq va quruq davrlarda barg sathining qisqarishi-shuvoqlarda.
3.Barglarning kuchli transpiratsiyada himoya qilinishi-tukchalar bilan qoplanishi, qalin epidemiis. qoplovchi to‘qimalarning bo‘lishi. 4.Bargdagi og‘izchalaming regulyatsiya qilib turilishi.
o‘simiiklar suv bilan ta'minlanishi va bug‘lanishining o‘zgarib turishiga nisbatan poykilogidrik va gomoyogidriklarga bo‘linadi:
Poykilogidriklar - to‘qimalarida suvning miqdori doimiy emas va muhit shiroitining namligiga bog‘liq bo‘ladi(ko‘pgina moxlar. suv o‘tlari, paporotniklar).
Gomoyogidriklar-to‘qimalarida suvning miqdorini nisbatan doimiy tutib turishga va atrof-muhit namligiga kam bog‘liq bo‘ladi(ko‘pchilik yuksak o‘simliklar).
26 o‘simliklar suv bilan ta"minlanishini yoki namlik sharoitiga moslanishiga ko‘ra 5 ta ekologik guruhga bo‘linadi.
1 .Gidatofitlar - hayoti doimo suvda o‘suvchi o‘simliklar bo‘lib. bu guruh asosan suv o‘tlaridan iboratdir.
2.Gidrofitlar - tanasining bir qismi suvdan tashqarida, qolgan qismi suv qavatida joylashgan bo‘ladi. bu guruhga suv nilufarlari, gichchak, sagittariya. suv ayiqtovoni. o‘qbarg va bboshqa suvda o‘suvchi gulli o‘simliklar kiradi.
Gidrofitlar suzib yuruvchi yuzasining katta va segetativ organlarining shilimshiq bo‘lishi,
mexanik to‘qimasining sust rivojlanganligi, havo bo‘shliqlarining mavjudligi, qoplag‘ich
to‘qimasining sust rivojlanganligi. suv qatlamida yashaydigan turlarida og‘izchalaming bo‘lmasligi.
suzuvchi barglarining ustki tomonida ko‘p sonda og‘izchalar joylashganligi, ildiz tizimining
kuchsiz rivojlanganligi hamda vegetativ ko‘payishining ustun turishi kabi moslanish xususiyatlari
bilan ajralib turadi. ^/ 3.Gigrofitlar-sernam tuproqda va suv yetarli bo'ladigari muhitda yashovchi o‘simliklar guruhidir. Ularni daryo. ko‘l bo‘yidagi botqoqliklarda va boshqa joylarda uchratish mumkin. Gigrofitlar o‘nnonning sernam soya qismida va tog‘li rayonlarda ham ko‘p uchraydi. Ularga savag‘ich, qamish, kiyok, sholi. kuga, xiloldoshlaming ba'zi turlari va boshqalar kiradi. Bu ekologik guruh o‘simliklar ham gidrofitlar kabi ortiqcha namlik sharoitiga moslashgan anatomo-morfologik belgilarga ega bo‘ladilar.
4.Mczofitlar-o‘rtacha namlik sharoitida o‘suvchi o‘simliklar hisoblanib, bu ekologik guruhga ko‘pchilik madaniy va yowoyi o‘simliklar kiradi. Madaniy turlariga g‘o‘za, beda, makkajo‘xori, qovun, tarvuz va ko‘pchilik dar axtlar kirsa, yowoyi holda o‘suvchilarga sebarga. bug‘doylik, oqsuxta, marvaridgul va o‘tloq o‘simliklari kiradi.
Mezofitlaniing ildiz tizimi yaxshi rivojlangan, barglari ko‘pincha yirik, yassi, yumshoq. etsiz, to‘qimalari o‘rtacha rivojlangan bo‘ladi. Barg mezofili bulutsimon va ustunsimon to‘qimalarga ajralgan. Barglari ko‘pincha tuksiz, og‘izchalari odatda bargning ostki qismida joylashgan. Suv sarfi og‘izchalar orqali boshqariladi. Hujayra shirasining osmotik bosimi 2.10 -2,5 -10 Pa ga teng.
5.Kserofitlar qurg‘oqchil sharoitda o‘sishga moslashgan o‘simliklardir. Ular odalda dasht. cho‘l va chala cho‘i zonalarida keeng tarqalgan. Barcha kserofitlar sukkulent va sklerofitlarga bo‘linadi.
Sukkulentlar tanasi sersuv, etli poyasi yoki bargida suvni zahira holda to‘playdigan ko‘p yillik o‘simliklardir. Ular ham o‘z navbalida poyasida va bargida suv saqlovchi guruhlarga bo‘linadi. Poyasida suv saqlovchilarning barglari tikanlarga yoki tangachalarga aylangan, bargning funksiyasini yaxshi rivojlangan yashil etdor poyalar bajaradifkaktus, ba'zi sutlamalar, qorasho‘ralar). Bargida suv saqlovchi sukkulentlarning poyalari kuchsiz rivojlangan, barglari etli, sersuv bo‘iadi(agava, aioe, semizak). Sukkilentlaraing sersuv organlarida suv saqlovchi parenxima to‘qimasi kuchii rivojlangan va unda suv zahira holda to‘planadi. Mexanik to‘qima yaxshi taraqqiy etmagan.
Sklerofitlar qurg‘oqchilikga chidamli, ko‘p yillik poyasi dag‘al. ko‘pincha barglari kuchli reduksiyalangan yoki tikanlarga, tangachalarga aylangan. qalin kutikula qavati va yaxshi rivojlangan mexanik to‘qimaga ega. Ularga betaga. chalov, saksovul, yantoq, astragallar va boshqalar kiradi.
Shimoliy kenglikda yoki yuqori tog‘da ko‘pgina o‘simliklar sovuq davrida ham namlik \clishmasligini sezar ekan. Bunga sabab past haroratda tuproqdagi suvni ola olmas ekan, fiziologik jihatdan mumkin bo‘lmaydi. Bundan kelib chiqib sovuq va nam joyda o‘suvchi o‘simlikiarga-psixrofitlar. sovuq va quruq joyda o‘suvchilarga esa kriofitlar deb ataladi.
Ayrim vaqtlarda o‘ziga xos ekologik guruh tropofitlarni ham ajratishadi. Bularga namlik va qurg‘oqchilik mavsumlari almashinib turadigan mintaqalarda o‘suvchi daraxtiar, butalar kirib, noqulay sharoitda barglarini to‘kadi.