1-ma'ruza: Ekologiya fanining asoslari va vazifalari(2 soat)


-asosiy savol bo‘yicha o‘qituvchining maqsadi



Yüklə 0,73 Mb.
səhifə14/65
tarix06.05.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#108944
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   65
5d658ff1236e4cac402c9d9b1712c36e Ekologiya fanining asoslari va vazifalari

3-asosiy savol bo‘yicha o‘qituvchining maqsadi:
Issiqlik ham ekologik omil ckanligini, termofil va kriofil o‘simliklar. o‘simliklarning past va yuqori haroratga moslanishlari guruhlari haqida tushuncha berish.
Identiv o‘quv maqsadlari. 3.1. Termofil va kriofil o‘simliklarning farqiga yetadi.
3.2. Bu o‘simliklaming o‘ziga xos moslanish xususiyatlarini anglaydi.
3.3. Issiqlik omili- ekologik omil ekanligini biladi. /
3-asosiy savolning bayoni. ^^^
Yer sharidagi organizmlaming tarqalishi, ko‘payishi va boshqa hayot jarayonlarini belgilaydigan omillardan biri-haroratdir.
Ekvatorda harorat yil davomida va bir sutka davomida uncha keskin o‘zgarmaydi. Ammo ekvatordan shimolga yoki janubga yo‘nalgan sari tekislik joylarda har 100 km. ga harorat 0,5-0,6 S ga o‘zgara boradi. Bunday o‘zgarishlar yer sharining tog‘li qismida ham har 100 m balandlikkaa ko‘tarilganda yuz beradi. Demak. barcha o‘simliklaming hayot ja rayonlari shu xildagi o‘zgarishlar bilan bog‘liq holda o‘tadi. Ayniqsa. o‘simliklaming tarqalishida bunday o‘zgarishlar alohida rol o‘ynaydi. Shu sababli ham, yer sharining tekislik qismida uchraydigan o‘simliklar va ular hosil qiladigan qoplam o‘rganilganda bir necha iqlim zonasiga, chunonchi: Shimoliy qutb, tundra, o‘rmon, dasht, cho‘l, subtropik, tropik kabi geografik zonalarga bo‘lib o‘rganiladi. Iqlim zonalari: LEkvator «. Tropik. 3.Subtropik. 4.o‘rta iqlim. 5.Qutbiy. Harorat odatda yer sharining quruqlik qismida bir muncha o‘zgarib turadi. Suv muhitida esa bunday o‘zgarishlar. ayniqsa sutka davomida juda sekin o‘zgaradi.
Umuman olganda. ko‘pchilik yirik organizmlar hayoti 0 dan 50°S o‘rtasida o‘tadi. Harorat 0 dan past yoki 50 S dan yuqori bo"lganda hayot jarayonlari keskin darajada sekinlashib qoladi. Demak, tirik organizmlar hayotiga harorat optimum, minimum, maksimum darajada ta'sir etadi. Masalan, bakteriyalaming ayrim vakillari 70-90°S haroratda uchraydi: sporalari 120-140°S ga chidamli bo‘ladi, o‘simliklar Yoqutistonda - 68°S o‘sadi, urug‘lari - 170-273° Saachidaydi.
Ayrim suv o‘tlarining hayoti 0°S dan past bo‘lgan harorat ta'sirida normal o‘tadi. Ko‘k-vashil, diatom va yashil suvo‘tlarning ayrim vakillari 73-93° S li qaynar buloqlarda normal o‘sishi aniqlangan. Bundan ko‘rinib turibdiki, organizmlar turli harorat diapozoniga ega va ular turli yo‘llar bilan moslashadilar.
Atrof-muhitning issiqlik holati-harorat orqali ifodalanadi. Harorat esa 100 S Selsiy shkalasi bilan belgilanadi. Geografik mintaqalaming issiqlik bilan ta'minlanganligi umumiy iqlim ko‘rsatkichlari bilan belgilanadi. Bularga - joyning o‘rtacha yillik harorati, o‘rtacha oylik harorat, absolyut maksimum, absolyut minimum. eng issiq va eng sovuq oylaming o‘rtacha harorati kiradi.
Umumiy qilib aytganda, harorat-organizmda boradigan hayot uchun muhim jarayonlarga -o‘sish, rivojlanish, ko‘payish, nafas olish, fotosintez, organik moddalaming sintezlanishi va hokazolarga ta'sir qiladigan muhim ekologik omildir.
o‘simliklarning haroratga bo‘lgan munosabatiga ko‘ra yoki aytishimiz mumkinki past yoki yuqori harorat ta"sirida yashashi va unga moslanishiga ko‘ra-2 ta katta ekologik guruhga bo‘linadi:
1.Yuqori harorat ta'sirida yaxshi o‘sib rivojlanadigan o‘simliklar-termofil.
2.Past harorat tasirida yashovchi o‘sitnliklarga esa - kriofil (psixrofil) deyiladi.
Bu ikkala guruh o‘simliklari o‘ziga xos moslanish xususiyatiga ega.
Bu ikkala guruh o‘simliklari o‘ziga xos moslanish xususiyatiga ega.
Termofil o‘simliklarning hujayrasi issiq ga chidamliligi, organlar yuzasining kichrayishi, tuklarning yaxshi rivojlanganligi, efir moylarga boy bo‘lishi. o‘zidan ortiqcha tuzlarni ajratib chiqarishi. uzoq muddat davomida tinim davrini o‘tkazish kabi xususiyatlari bilan xarakterlanadi.
Kriofil o‘simliklar esa sovuq sharoitni har xil holatlarda (ya'ni tinim yoki vegetatsiya davrida) anatomo- morfologik moslanish orqali o‘tkazadi. Bunday moslanishlarga poyasining yer bag‘irlab o‘sishi, novdalaming yotiq o‘sishi, to‘planish bo‘g‘imi va ildiz bo‘ynining yer ostida joylashishi, xazonrezgilik , po‘kak qavatining yaxshi rivojlanganligi, ok tanaga ega bo‘lish kabilarni aytish mumkin.
o‘simliklami past haroratga bo‘lgan munosabati yoki moslanishga ko‘ra 3 guruhga bo‘lish mumkin:
LSalqinga chidamsiz o‘simliklar. (Tropik zonada o‘suvchi barcha o‘simliklarni shu guruhga kiritish mumkin).
2.Sovuqga (yoki ayoz) chidamli o‘simHklar(mo‘"tadil va sovuq iqlimli zonalarda o‘suvchi o‘simliklar).
3.Sovuqga chidamsiz o‘simliklar(subtropik zona o‘simliklari) chunki ulaming hujayra shirasidagi moddalar-50 S, -7° S dan past haroratda muzlaydi.
o‘simliklarni yuqori haroratga bo‘lgan munosabatiga ko‘ra ham 3 guruhga bo‘lish mumkin:
Llssiqga chidamsiz o‘simliklar. (Suv o‘tlari, suvda o‘suvchi gulli o‘simliklar, mezofitlar).
2.lssiqga ko‘nikgan o‘simliklar(cho‘l va dasht zonasi o‘simliklari).
3.lssiqga chidamli o‘simliklar( issiq suvlarda o‘suvchi ba"zi suv o‘tlari, ayrim bakteriyalar).
Million yillar davomida o‘simliklar ana shunday past(sovuq) va yuqori(issiq) haroratga nisbatan moslanishga majbur bo‘lganlar. Natijada ulaniing ichki va tashqi tana tuzilishida qator moslanishlar vujudga kelgan. o‘sish, shox-shabbalarining o‘zaro zich bo‘lib o‘sishi, sharsimon ko‘rinishda bo‘lib o‘sishi, barglarning nihoyat darajada qirqilgan bo‘lishi va hokazolar kabi past haroratga moslanishlarni ko‘rish mumkin. Qutb va baland tog‘larda o‘sadigan ko‘p yillik o‘simliklar, buta va butachalaming balandligi bir necha sm dan oshmaydi, barg lari mayda bo‘ladi.
Yuqori haroratga ham nisbatan qator o‘zgarishlarni ko‘rish mumkin. Masalan: barg va poyalaming nihoyat sertuk bo‘lishi, mum moddasi bilan qoplanganligi, vaqtincha bargsiz bo‘lishi(yoki vaqtincha barglaming to‘kilishi), barglaming nihoyatda kichrayishi yoki ulaming tangacha barglar ko‘rinishida bo‘lishi, barglar labcha (og‘izcha)larining chuqur joylashgani, ildizlarning tuproq ostiga juda chuqur ketishi, barglaming yaltirashi, ulaming vertikal va meridial shaklda joylashishi, harorat ko‘tarilishi bilan barg plastinkasini qayirib olishi va hokazo. Bu moslamalarning hammasi ham issiq, ham suv bug‘lanishini qisqanirishga qaratilgan komplcks moslanishlardir.
o‘simliklarning haroratini elektrotermometr yoki termopara yordamida o‘lchanadi. o‘simlik harorati doimiy emas.
CTsimliklarning yuqori haroratga moslanishida dastlabki rolni undagi sovutib turish holati-transpiratsiya o‘ynaydi. Bu holat issiq sharoitlarda o‘simliklarning juda ham kuchli qizib kctishining oldini oladi. Agarda cho‘l o‘simliklarining barglari yuza qismini (u yerda suv bug‘lanishi uchun xizmat qiladigan teshikchalar- labchalar joylashgan) vazelin bilan moylab qo‘yilsa, barg ko‘z oldimizda qizib ketishi va kuyishi natijasida halok bo‘ladi.
Yuqori harorat ta'sirida o‘simliklar uchun qator qavf-xatarlar bo‘lishi mumkin: kuchli suvsizlanish va qurib qolish, kuyish. nafas olishning qayta tiklanmasligi va hokazolar.
Ko‘pgina issiqsevar o‘simliklar-yuqori haroratga chiday oladilar. Masalan: qo‘ytikon Q 70 issiqga chiday oladi. ayrim o‘simliklarda Q 40° da o‘lim belgilari seziladi. 45-50° da ko‘pchiligi o‘ladi.
Yuqori haroratda o‘simliklarning o‘limiga sabab- o‘simlik to‘qimaiarida oqsil va aminokislotalarning parchalanishi natijasida to‘plangan ammiakning sitoplazmasiga zaharli tasiridir. Bunga yana Q50° S va undan yuqori haroratda sitoplazmaaning ivib qolishi qo‘shilib. jarayonini yanada tezlashtiradi.
Issiqga chidamli turlarda organik kislotalarning to‘planishi xususiyati kuchli. Ular ammiakni bog‘lab o‘simlik uchun zararsizlantiradi.
Sovuq sharoit yoki past haroratda o"suvchi o‘simliklarning morfologik moslanish xususiyatlarini endi. yashash sharoitiga qarab ham bitta tuming o‘zining o‘sish shaklini o‘zgartirishi mumkin. o‘sish shakllari qatoriga sovuq joylarda yashab qolishga moslashgan yostiqsimon turlami olish mumkin.
o‘sishning boshqa xususiyatlari orasida, sovuq tasirini yengishga yordam beradigan xususiyatlaridan biri - qalin, go‘shtdor va kuchli taraqqiy etgan mexanik to‘qimalardan iborat lldizlarning rivojlanishidir. Yana sovuqdan himoya qilinishning fiziologik usuli mavjud bo‘lib. bunda eruvchan uglevodlar hisobiga hujayra shirasining konsentratsiyasi oshadi. Bu esa suvning muzlab qolishidan saqlanishga qaratilgandir. o‘simliklar fenologiyasi uchun haroral sharoiti ham muhimdir. MaTum bir harorat yig‘indisini olgandan keyin o‘simliklarning unib chiqishi boshlanadi. \la'lum bir davrda rivojlanish uchun kerak bo‘ladigan issiqlikning miqdoriga - foydali harorat miqdori deyiladi. Agar harorat yig‘indisi yetarli bo‘lmasa. o‘simlik gullamaydi, hosilga kirmaydi, gullagan taqdirda ham mevasi pishib yetilmaydi.
Rivojlanishning pastki haroratini bilgan holda foydali haroratning yig‘indisini formula orqali oson aniqlash mumkin:
Xq(TxS)xt /
Bunda Xq foydali harorat miqdori /
Tq atrof-muxit xarorati /
Sq rivojlanishmng buzilish xarorati /
tqrivojlanishning buzilishidan oshadigan soat sonj yoki kun harorati.
o‘simliklarning larqalishi iqlim. ayniqsa birinchi navbatda haroratga bog‘liqligi olimlarni ilgaridan qiziqtirib keelgan. 1874 yilda A.Dekondol iqlim poyaslari bilan bog‘liq bo‘lgan quyidagi o‘simliklar guruhini tavsiya qiladi:
LMegatermlar-bularga yuqori harorat, doimiy namlik kerak, sovuqga chidamsiz. Nam tropik va subtropik o‘simliklarga to‘g‘ri keladi.
2.Kserotermlar- quruq. subtropik iqlimga moslashgan. Yuqori harorat va past namlikka chidaydi. Bizningcho‘l o‘simliklari.
3.Mezotermlar-doimiy yashil o‘simliklar kiradi. o‘rtacha issiqlikdagi va qishki sovuq poyas o‘simliklari. Yil bo‘yi vegetatsiya qiladi.
4.Mikrotermlar-o‘rtacha iqlim o‘simliklari.
5.Gekistotermlar-qutb poyasi va alp yuqori tog‘lari o‘simliklari bo‘lib, minimal issiqlik sharoilida yashaydi.
o‘simliklarning o‘sishi-havo va tuproqning maTum bir issiqlik sharoitida o‘tadi. Harorat 0° S dan past bo‘lsa, urug‘ unib chiqmaydi. Har bir o‘simlik urug‘i unib chiqishi uchun-minimum, maksimum va optimal harorat amplitudasi o‘simliklarning o‘sishi va rivojlanishida kuzatiladigan hamma bosqichlar uchun ham zarurdir. Masalan, o‘sish, fotosintez, gullash, meva hosil qilish va h. MaTum bir harorat rejimida o‘tadi.
Shu sababli ham o‘simliklar-issiqsevar, sovuqqa yoki jazirama issiqga chidamli guruhlarga bo‘linadi.
Janubda o‘sadigan issiqsevar o‘simliklar-qishning qattiq sovuqlariga chidamsiz bo‘ladi. Sitrus o‘simliklari -8° -10' S da nobud bo‘ladi. GVzaga kuzning 2-3° S sovug‘i salbiy ta'sir ko‘rsatadi.
Shimolda o‘sadigan o‘simliklar-issiqlik kam bo‘lsa ham o‘z hayotini davom ettiradigan o‘simliklardir. Qishdagi kuchli sovuq lar ham ularga kuchli ta'sir qilmaydi. Masalan, Sibirda o‘sadigan qarag‘ay, tilog‘och. pixta kabi daraxtlar- 70° S gacha sovuqqa bardosh bera oladi.
o‘rta Osiyoning issiq jazirama cho‘llarida -o‘sadigan yantoq. qovul. saksovul, shuvoq, izen o‘simliklari Q604-asosiy savol bo‘yicha o‘qituvchining maqsadi:
Hayvonlar hayotida haroratning ahamiyati, gomoyo temi va poykiloterm hayvonlar haqida mavjud bo‘lgan maTumotlarni talabalar ongiga yetkazish. Ularning haroratga moslanish yo‘llarini tushuntirish.

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin