5d658ff1236e4cac402c9d9b1712c36e Ekologiya fanining asoslari va vazifalari
Idcntiv o‘quv maqsadi: 2.1 .Ekologiyada matematik modellashtirish usuli nima ekanligini tahlil qiladi.
2.2.Model xillarini farqlay oladi.
2.3.EkoIogiyadagi barcha usullarni biladi va xotirada saqlab qoladi.
2-asosiy savolning bayoni. Hozirgi vaqtda ekologiyada matematik modellashtirish uslublaridan keng foydalanilmoqda.
Tabiat yaxlit bir tizim sifatida qaralib, uni o‘rganishda tizimli uslubdan foydalaniladi. Bu uslubning metodologik asosi shundan iboratki, tabiatning barcha komponentlari fazo va vaqtda bir-birlari bilan o‘zaro aloqada va rivojlanishda deb qaraladi. Tabiatm o‘rganishdan asosiy maqsad uning haqiqiy aks ettiruvchi modellar tizimini yaratishdan iboratdir.
Model olamdagi muayyan hodisani abstrakt tasvirlashdan iborat bo‘lib. ushbu hodisani nisbatan oldindan aytib berish imkonini beradi. Odatda model so‘z bilan yoki grafik tarzda ifodalanadi. Ammo biz uchun aniq miqdoriy malumotlar kerak bo‘lsa, unda statik va qat'iy matematik model bo‘lishi lozim. Masalan: hasharotlar populyatsiyasidagi individlar sonini maTum vaqtda o‘zgarish imkonini beradigan matematik tasvirlash biologik nuqtai nazardan maqsadga muvofiq hisoblanadi. Agarda o‘rganilayotgan populyatsiyamiz zararkunanda tur bo‘lsa, unda model iqtisodiy ahamiyatga ham ega bo‘ladi. Model ko‘rsatkichlarini EHM da ishlab chiqish unda ba'zi o‘zgartirishlarni kiritish yoki awalgilarni olib tashlash. yangilash kabi imkoniyatlar yaratadi. Matematik modellarni hisoblash mashinalari yordamida «sozlash», takomillashtirish, haqiqiy hodisaga yaqinlashtirish munkin.
Modellashtirish jarayoni umumlashtirish uchun ancha qulay imkon beradi, shuningdek hodisaning ba'zi tomonlarini aniq maTumot bilan to‘ldirish yoki yangi nazariy xulosalar chiqarishga yordam beradi. Model «ishlamay qolsa». ya'ni haqiqatga uncha to‘g‘ri kelmasa. EHM tomonidan o‘zgartirishlar kiritilishi va yaxshilash zarurligini asoslab beriladi.
Model haqiqatni to‘g‘ri aks ettirsa tajriba uchun keng imkoniyatlar ochib, tizimga yangi omillarni kiritish va ularning ta'sirini aniqlash mumkin bo‘ladi.
Matematik va konseptual modellar ajratilib, konseptual model maTum bir ekotizimni ilmiy tasvirlovchi sxemalar majmui yoki tizimi, jadval, grafiklar va boshqalardan tashkil topadi. Masalan: energetik model blok-sxemalardan tashkil topgan bo‘lib, unda bloklar, har bir blokdagi energiya zaxirasi hamda energiyaning harakat yo‘nalishi kabilar ifodalanadi.
Matematik modellar bir necha differensial lenglamalar va tengsizliklar yig‘indisidan iborat bo‘Iib, u yoki bu omilning ta'sir kuchi o‘zgarishini modelning o‘zgarishiga qarab oldindan aytib berish mumkin.
Masalan, populyatsiyalardagi murakkab hodisalami matematik modellar yordamida o‘rganmoqchimiz, ya'ni populyatsiyalarning dinamik nazariyasi bilan tanishmoqchimiz. Bunda populyatsiyaning miqdoriy dinamikasi uning jinsiy va yosh tuzilmasi, tashqi muhit ta'siri, evolyutsiyaning har xil omillari ta'sirida o‘tadigan genetik shakl va odamzot faoliyati natijalari bilan bog‘lab o‘rganiladi. Jonsiz olamda dinamik jarayonlar juda ko‘p uchratiladi, ulami modellashtirish ham oson. Ammo tirik organizmlar uchun dinamik modellar yaratish nisbatan ancha qiyin. Shuning uchun dinamik modellar yaratishdan avval statik modellar bilan shug‘ullanilgan. o‘simlik barglarining joylanish tartibini yoki mollyuska chig‘anoqlarining tuzilishini spiral chiziqlar qonuniyati yordamida tushuntirishga harakat qilish statik modellashtirishshga misol bo‘ladt.
Dinamik modellar shaxsning o‘sishiga oid bo‘lib, ularni 1831 yilda belgiyalik olim Adolf Ketl tuzgan edi. Model voqyealikni aniq aks ettirishi, uning kelib chiqish qonuniyatlarini saqlab qolishi kerak. Model tuzilganda biz in dividlaming tug‘ilishi va tirik qolish mexanizmlarini populyatsiyadagi ichki aloqalarga bog‘lashimiz, populyatsiya ko‘rsatkichlarini esa biotik va abiotik muhit orqali amqlashimiz kerak. Bundan tashqari, individlaming genetik xususiyatlari ham muhim rol o‘ynaydi. MaTumki, tabiatda bir jinsli populyatsiya yo‘q. Individlar genotipi nasllar soniga, ko‘payish jarayoniga katta ta'sir ko‘rsatadi. Demak, populyatsiyaning har bir guruhi o‘ziga xos ko‘payish ko‘ratkichlariga ega bo‘ladi. Bu omillarni hisobga olmay turib to‘g‘ri model tuzish mumkin emas. Matematik modellashtirish biologik va ekologik hodisalami aniq sharxlash va kelajak tadqiqotlar rcjasini tuzishda qudratli omil sifatida katta ahamiyatga egadir. Mustaqil ish topshiriqlari.
llshlab chiqarish amaliyotida ekologik izlanishlami dalada kuzatish, dalada ajriba va laboratoriyada tajriba usullaridan foydalanishingizga to‘g‘ri keladi, Ana shu usullaming qaysi biridan keng foydalandingiz, qanday xulosaga keldingizh Shular haqida daftaringizga yozing.
Manba: V.A.Radkevich. Ekologiya. Minsk,«Vo‘sshaya shko!a». 1983.22-36 b.
2.Yozgi dala amaliyoti vaqtida o‘simliklar assotsiatsiyasini o‘rganishga harakat qiling. Olingan barcha maTumotlarni daftaringizga qayd qiling.
Manba: V.A.Redkevch,Ekologiya.Minsk. «Vo‘sheyshaya shkoiaw. 1983.24-27 b. Foydalanilgan adabiyotlar.
l.V.A.Radkevich, Ekologiya. Minsk. «Vo‘sheyshaya shkola», 1983.22-36 b.
2.A.To‘xtayev, A.Xamidov. Ekologiya asoslari va tabiatni muhofaza qilish. T., «o‘qituvchi», 1994.6-7 b.
3.A.To‘xtayev.EkoIogiya. T., «o‘qituvchi», 1998,, 7-9 b.
4-ma'ruza. Muhit va ekologik omillar.(2 soat) Asosiy savollar:
I .Muhit va moslanish tushunchalari.
2.Ekologik omillar va ularning klassifikatsiyasi.
3.Ekologik omillarning tirik organizmlarga ta'sir etishining umumiy qonuniyatlari.
Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar:
Muhit, moslanish, hayot muhitlari, ekologik omil, abiotik, biotik, antropogen, fitogen. zoogen. mikrobogen, optimal. maksimum. minimum, kritik nuqta, ekologik valentlik, cheklovchi omil.
1-asosiy savol bo‘yicha o‘qituvchining maqsadi:
Muhit, hayot muhitlari, moslanish. uning xillari haqida talabalarda tushuncha hosi qildirish.
Identiv o‘quv maqsadlari:
1.1 .Muhit, moslanish tushunchalarini so‘zlab beradi.
1.2. Hayot muhitlari va moslanish xillarini biladi va farqlaydi. /
1-asosiy savolning bayoni: /
Muhit tevarak -atrofdagi o‘zaro bog‘lanishlardagi shart-sharoitlar va ta'sirlar/majmuidir. Soddaroq qilib aytganimizda, organizmlami o‘rab olgan barcha omillar yig‘indisini ttishunamiz.
Odatda tabiiy va sun"iy muhitlar ajratiladi. ^ Tabiiy muhitni suv, quyosh, shamol, havo, yer, o‘simlik va hayvonot dunyosi kabi tabiiy omillar majmui tashkil etadi Sun"iy muhit inson tomonidan yaratilgan bo‘Hb, bunda insonning mehnat maxsuli yotadi. Tabiiy va smviy muhitlar bir-biri bilan chambarchas bog‘liqdir. Ularning bog‘liqligini ekologik muhit tushunchasi ifodalaydi.
Tirik organizmlammg hayoti o*zgarmagan shart-shartitlar va ta'sirlar barqaror holatida muvozanat o‘zgarmaydi, aksincha, muhhning shart-sharoitlari va ta'sirlar buzilganda muvozanatsiz holat kelib chiqadi.
Ekologik muhitning buzilishi atmosferaning yer osti suvlarining ifloslanishi, qattiq chiqindi moddalarining to‘planishi va ozuqaning zaharlanishi, shovqinlaming ko‘payishi, radiaktiv moddalar va boshqaiarning tasirini ortib borishida ko‘rinadi. Inson tabiat qonunlarini chuqurroq o‘rganish o‘miga hayot muhitini tezkorlik bilan buzib ifloslantira boshladi.
Tirik organizmlar to‘rtta asosiy muhitlarda tarqalgan. Ulardan ikkitasi, ya'ni suv va havo muhitlari o‘lik, tuproq muhiti oraliq va organizm ( muhit sifatida tirik xususiyatlarga ega. Har bir hayot muhiti o‘z navbatida organizmlar yashashi uchun har xil yashash joylaridan iborat. Masalan:
suv muhiti quyidagi yashash joylari sifatida uchrashi mumkin: chuchuk va sho‘r suv, ko‘lmak va oqar suv, chuqur va sayoz, iliq va sovuq va h.
Tirik organizmlar bir-birlaridan farq qiluvchi o‘ziga xos 4 ta muhitda tarqalgan ekan, ulardan biri hisoblangan suv muhitda dastlab hayot kelib chiqqan. Keyinchalik tirik organizmlar quruqlikga chiqib, tuproq h osil bo‘lishida qatnashadilar va uni egallaganlar. Shuningdek, havo va boshqaa b ir tirik organizmni ichida yoki sirtida ham tarqalgandir. Demak, bizga maTum bo‘lgan tirik tabiat va uning tarkibiy qismlari hisoblangan zamburug‘lar, o‘simliklar va hayvonlar ana shu muhitlarda yashashga moslashganlar.
Moslashish turli darajalarda va ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladi. Ko‘pchilik o‘simliklar ortiqcha qizib ketishdan saqlanish uchun boshqa o‘simlik turining soyasida o‘sadi. Bu yerda mo slashish biotsenotik darajada namoyon bo‘lmoqda. Asalarilarning uyalari haddan tashqari qizib ketganda qanotlarini qoqib uyani sovutish jamoa darajasidagi moslashishga misol bo‘ladi. Hayvonlarning tcri bezlari orqali tanasini sovutishi yoki o‘simliklarni traspiratsiya orqali barg yuzasini sovutishi kabilar organizm darajasidagi moslanishlardir.
Moslashishning ko‘rinishlariga kelsak morfologik. Fiziologik va xulqiy moslashishlarga ajratiladi.