1981-85 yillarda o‘zbekistonda ovlanadigan kamyob hayvonlar ekotizimini o‘rganishga kirishildi. Sut emizuvchi noyob hayvonlar sonining kamayib kketish sabablari, ularni tiklash. kamyoblarini saqlash va ulardan oqilona foydalanish yo‘llari ishlab chiqildi.
-Ixtiologiya va gidrobiologiya laboratoriya xodimlari-o‘zbekiston suv omborlari, suvning ifloslanishi, suv hayvonlari ckologiyasi va suv resurslaridan foydalanish bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib bordilar.
1995 yilda o‘zbekiston Milliy universitetida ekologiya kafedrasi tashkil qilindi. Kafedra xodimlari o‘simliklarning qurg‘oqchilikka va sanoal chiqindilariga chidamliligining ilmiy asoslari, shifobaxsh o‘simliklar ekologiyasini o‘rganish hamda degradatsiyaga uchragan yerlarda o‘simliklar jamoasini tashkil etish, o‘zbekiston suv havzalaridagi baliq resurslaridan unumli foydalanish va ularni muhofaza qilish, tabiatdan barqaror foydalanish, shaharlar ekologiyasi kabi yo‘nalishlarda ilmiy izlanishlarni amalga oshirmoqdalar. Hozirgacha kafedrani 150 ga yaqin talaba bitkazib chiqishdi, 200 dan ortiq ilmiy ishlar respublika va xorijda chop qilindi.
Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish sohasidagi mutaxassislar respublikamizning turli oliy o‘quv yurtlarida tayyorlanmoqda.
Mustaqil ish topshiriqlari: l.o‘rta Osiyo ekolog-geograflar maktabi vakillari haqida maTumot to‘plab, ilmiy to‘garakda ma'ruza qilish.
Manba: Raximbekov R.U.Sredneazialskaya ekologo-
geograficheskaya shkolaT. «Fan» 1986.
2.Ekologiya va hadislar. Ekologiyaga oid hadislami to‘plash. o‘qib ma'nosiga yetish. Unga amal qilish. Talabalar o‘z ishlari davomida ekologik taTim-tarbiya borasida hadislaming ahamiyatini tushunib yetishi va mas'uliyat seza olishlari lozim.
Manba: Hadis kitoblar.
Foydalanilgan adabiyotlar. l.N.M.Chernova, A.M,Bo‘lova. Ekologiya. MProsvesheniye. 1988.3-11 b.
2.A.S.To‘xtayev.Ekologiya.T.o‘qituvciiir. 1988.5-22 b.
3.X.T.Tursunov.Ekologiva asoslari va tabiatni muhofaza qilish. Toshkent Universitet 1997.9-14-b.