1-ma'ruza: Ekologiya fanining asoslari va vazifalari(2 soat)



Yüklə 0,73 Mb.
səhifə23/65
tarix06.05.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#108944
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   65
5d658ff1236e4cac402c9d9b1712c36e Ekologiya fanining asoslari va vazifalari

Sanoatning ta'siri. Keyingi 15 yil mobaynida o‘zbekiston Respublikasida sanoat rivojlanishi 7 marta oshdi. Ishlab chiqarish o‘sgan sari atmosferaga zararli chiqindiiar tashlash zajmi ancha oshdi. Oqova suvlar hajmi ham o‘sib bormoqda. Chirchiq-OImaliq. Oxangaron-Angren, Farg‘ona-Marg‘ilon, Navoiy va o‘zbekistonning boshqa qator mintaqalarida kimyoviy, neft-kimyoviy va mikrobiologik tarmoqlar korxonalari, boshqa ko‘p quvvat va suv talab qiladigan ishlab chiqarish vositalarining ko‘pligi tufayli ekologik sharoit keskinlashdi. Tojikistonning Tursunzoda shahrida joylashgan alyuminiy zavodining salbiy ta"siri yildan-yilga ortib bormoqda. Hozirgacha zarar ko‘rgan umumiy maydon 25-30 ming ga ni tashkil etadi. Qishloq xo‘jalik tarmoqlariga yetkazilgan zarar 1,5-2.0 ml so‘mdan iborat. Sariosiyo, Denov. Sho‘rchi. Oltinsoy tumanlarining ba'zi xo‘jaliklarida pomidor. karam, bodring va uzum hosildorligining kamayishi, ipak qo‘rti ishlab chiqarishning pasayishi kuzatilmoqda. Anor, xurmoning hosildorligi va sifati pasayib ketgan, aholi salomatligi yomonlashmoqda.
37
1982 yilda ftorli vodorod chiqindilari 24,5 ming t bo‘lsa, 1991 yilga kclib 56,7 ming t ga ko‘paygan.
Sanoat ta'sirining ilgarilab borishi shuni ko‘rsatadiki, kimyo sanoati chiqindilari bilan atmosfcrani bulg‘ash 1970 yilga nisbatan 1,5 marta ko‘paygan. Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 1986 yildagi ma'lumotlariga qaraganda Farg‘ona Furan birikmalari zavodi tarkibida fenol. neft mahsulotlari. mis, xrom, ammoniy va nitrit azotlari va organik moddalar bo‘lgan oqava suvlarni Marg‘ilonsoy daryosiga tashlaomqda. o‘rta Osiyo respublikalarida qurilish materiallari ishlab chiqarish korxonalari juayam tez sur'atda rivojlanmoqda. Ular ichida sement zavodlari alohida o‘rin egallab, atmosfera havosining ifloslanishiga jiddiy ta'sir qilmoqda. Qurilish materiallari korxonalari tomonidan havo ifloslanishining ijtimoiy-gigiyenik va ekologik jihatlarini o‘rganish shuni ko‘rsatmoqdaki, agar chang-gaz ushlaydigan samarali vositalar joriy qilinmasa bunday zavodlar joylashgan shaharlarda ifloslanish awalgi yuksak holatida qolaveradi.
Transportning ta'siri.
Eng yirik ifloslantiruvchi manba- bu avtomobil transportidir. Bilamizki, o‘rta Osiyo mintaqasi avtomobil yo‘llariga boy. 1990 yili respublika bo‘yicha jami gaz chiqindilarining 60% ni transport hissasi tashkil eladi.
Avtomobillar sonining ortishi atmosferaning yerga yaqin qatlamlarida azot gazlari, qo‘rg‘oshin birikmalari, oltingugurt gazlari, uglerod gazlari va boshqa moddalar miqdorining oshishigaolib keladi.
Avtomobil chiqindilari birinchidan, shunisi bilan xavfliki, ular biosferaning faol zonasiga tushadi. Ikkinchidan, ular tarkibida barcha tirik jonzot uchun juda zaharli bo‘lgan qo‘rg‘oshin birikmalari bor. Uchinchidan, avtomobil gaz chiqindilari atmosferaning yerga yaqin qatlami, inson nafas oladigan sathga tushadi.
Toshkent shahrining o‘zidagina shahar atmosferasiga tushadigan jami iflos moddalarning 80% ni avtomobil ga chiqindilari tashkil etadi. Gaz chiqindilari bilan ar yili 300 ming t dan ko‘proq har xil ifloslantiruvchi moddalar tushadi. Ular ichida uglevodorodlar, qurum, qo‘rg‘oshin birikmalari asosiylaridir.
o‘rta Osiyoning issiq iqlimli sharoitida yo‘llarning ko‘pligi, shaharlardagi ko‘chalarning yo‘l belgilari, svetoforlarga serobligi vaziyatni yanada murakkablashtiradi. Yo‘llar qoniqarsiz bo‘lgan sharoitda havoning avtomobil gaz chiqindilari bilan bulg‘anishi me'yoridagidan 5-10 marta oshadi.
Tabiatga. inson ekologiyasiga transport ta'sirini yanada kamaytirishda trasport vositalarini elektr quvvati bila ishlashga o‘tkazish, avtobuslarni trolleybuslar bilan almashtirish, avtomobillardan elektromobilga o‘tish zarurdir.
Quyosh energiyasidan transportda foydalanish imkoniyatlarini puxta o‘rganish kerak. Avtotransport vositalanni syultirilgan gaz, gaz kondensati bilan ishlashga o‘tkazish avtomobil gaz chiqindilarini ancha kamaytirga bo‘lardi. Mamlakatimizda avtomobil parkining lexnik holatini baholash shuni ko‘rsatadiki. zaharli gaz chiqindilari ko‘rsalkichi bo‘yicha avtomobillarning faqat 20% gina soz holatdadir.
Qishloq xo‘jaligining ta'siri
Bu biogeotsenoz, ekotizimlarga salbiy ta'sir ko‘rsatuvchi ekologik omillar majmuidir. Inson tabiatni jadal o‘zlashtirmoqda, ular xo‘jalikda foydalanayotgan kimyoviy vositalar tirik mayjudotlarga salbiy ta'sir qilmoqda.
Noorganik o‘g‘itlar, zaharli himikatlarning keng qo‘llanilishi keyinchalik o‘simliklar va hayvonlardan olinadigan mahsulotlarda qo‘rg‘oshin, simob, ftor, kadmiylar miqdorining tuproqda oshishiga olib kelmoqda.
Sug‘oriladigan yer maydonlarini cheksiz ko‘paylirish, miqdor ketidan quvish, paxtachilik borasida yangidan-yangi rekordlarga intilish o‘rta Osiyo respublikalarida ekologik sharoitning juda ham murakkablashuviga olib keldi. Millionlab gektar ycrlar sho‘rlandi va suv tagida qoldi, oqova suvlarning ko‘payishi sho‘r ko‘llarni yuzaga keltirdi. Amudaryo va Sirdaryo ko‘plab suvni olish ekologik holatga - Orol dengizining qurishiga olib keldi. Bundan tashqari almashlab ekishga rioya qilmaslik. muntazam ravishda zaharli himikatlar solish tibbiy-sanitariya holatini murakkablashtirdi,
38
ichimlik suvining tarkibi buzildi. Orol bo‘yida birinchi navbatda Qoraqalpog‘iston Respublikasida, Toshxovuz va Xorazm viloyatlarida suv ta'minotida og‘ir vaziyat yuzaga keldi.
Uzoq muddat mobaynida asosiy e'tibor sug‘oriladigan yangi yerlar maydonlarini ishga solishga qaratiidi, buning ekologik va ijtimoiy oqibatlari hisobga olinmadi. Faqat o‘zbekiston Respublikasi hududida keyinga 1 - yil mobaynida har yili chet elldi foydlanishi ma'n qilingan, tarkibida xlor mavjud pestitsidlar 6000 tonnadan ishlatildi.
3-asosiy savol bo‘yyicha o‘qituvchining maqsadi:
Biologik. marom nima ekanligini, uning xillari haqida ma'ium bir tushunchalami yoritib berish.

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin