5d658ff1236e4cac402c9d9b1712c36e Ekologiya fanining asoslari va vazifalari
Ekotizimlarning biologik mahsuldorligi. Jamoaning hayot faoliyati natijasida orgamk moddalar to‘planadi va sarf bo‘lib turadi. Demak. har bir ekotizim ma'lum darajada mahsuldorlikga ega. Biomassaning hosil bo‘lish tezligi -biologik mahsuldorlik deyiladi.
Ekotizimning asosiy yoki birlamchi mahsuldorligi yashil o‘simliklar tomonidan fotosintez jarayoni nitajsida \aqt birligida to‘plangan mahsulot hisoblanadi. Masalan. fotosintez natijasida o‘rmondagi o‘simliklar 1 ga maydonda 5 t. organik modda hosil qilsa, bu umumiy yoki yalpi birlamchi mahsuldorlik deb qaraladi.
Ammo o‘simlikning hayoti uchun ham hosil bo‘lgan moddalar sarf bo‘ladi. Shuning uchun vaqt va maydon birligiga to‘g‘ri keluvchi biomassa bir oz kam bo‘ladi.
Biomassa deganda - jamoadagi barcha tirik organizmlar umumiy og‘irligining yig‘indisi lushuniladi.
Oziq zanjiridagi hamma oziqalar o‘sish uchun, ya'ni biomassa to‘pianishi uchun sarflanmaydi. Balki uning yarimi organizm energiya sarflamshini qoniqtirish uchun: nafas olishga, harakat qilishga. ko‘payishga, tana haroratini saqlab turishga sartlanadi. Bunda bitta zvenoning biomassasi keyinga zveno tomonidan to‘liq qayta ishlab chiqilmaydi.
Oziq zanjirining har bir keyingi zvenosida - oldingisiga qaraganda biomassaning kamayib borishi ro‘y beradi. Masalan : 1 t. o‘simlikdan o‘rta hisobda 10 kg o‘txo‘r hayvon gavdasi massasi hosil bo‘lishi mumkin.
Oziq zanjirining asosi hisoblangan o‘simlik massasi o‘txo‘r hayvonlarning umumiy massasidan doimo bir necha barobar ko‘p bo‘ladi. Shunday qilib, tabiatda ekologik piramida hosil bo‘ladi.
Hosildorlik piramidasi-energiyaning ozuqa zanjirlarida sarflanish qonuniyatini ifodalaydi.
Yuqorida bayon etilgan ozuq zanjirida biomassaning kamayib borishi qoidasi grafik holida chizilsa, u piramidani eslatadi. Bunday holat binnchi marta 1927 yil Ch. Elton tomonidan o‘rganilib. Elton piramidasi yoki o‘simliklar biomassasi piramidasi deyiladi.
63
Piramidaning asosini o‘simliklar - produtsentlar hosil qiladi. Yuqorisini esa - yirik yirtqichlar konsumentlar hosil qiladi.
Piramidaning balandligi oziq zanjiri uzunligiga teng keladi. Mustaqil ish topshiriqlari.
Tabiiy va sun'iy ekotizimlarni o‘rganish, misollar keltirish. Farg‘iga yetish. U yerda uchraydigan o‘simlik turlaridan gerbariy to‘plash. o‘simlik turlarini o‘simlik aniqlagichidan foydalanib aniqlash.
Manba: Xamidov A. va boshqalar. o‘zbekiston o‘simliklari aniqlagichi. T. «0"qituvchi», 1987,311 b.
Foydalanilgan adabiyotlar. 1. N.M.Chernova, A.M.Bo‘Iova. Ekologiya. M. «Prosveheniye», 1988.211-239 b. 2. A.S.To‘xtayev. Ekologiya. T. «o‘qituvchi»,1998.106-l 17 b.