Kontentni taqsimlash quyi tizimi. IPTV xizmatlarini tashkillashda audio va video materiallarni bitta almashuv nuqtasida to’plash maqsadga muvofiq emas. Buyurtmachi tarmog’ida videoserverlarni sifatli taqsimlash kerak va bunda quyidagi sharoitlar ta’minlanishi kerak:
Buyurtmachining tarmoq infratuzilmasining minimal yuklamasi;
Y uklamaning videoserverlarga bir xilda taqsimlanishi.
1.7-rasm. Kontentni taqsimlash quyi tizimi.
Bu masalani yechish uchun kontentni taqsimlash tizimi ishlatiladi.
Kontentni himoyalash quyi tizimi. Kontentni himoyalash quyi tizimi (CAS/DRM) xizmatlarni xavfsizligini va video materiallarni ruxsatsiz ko’rish va ko’chirishdan himoyalanishini ta’minlaydi (muallif xuquqlari).
CAS/DRM tizimi audio va videomateriallarni shifrlaydi, bunda abonentlarga ko’rish va ko’chirishga ruxsat berish CAS/DRM o’zining vositalari yoki boshqa tizimlar - middleware, billing – vositalari yordamida amalga oshiriladi. Avtorizatsiyaning vositalari sifatida dasturiy kalitlar, eng zamonaviy va ishonchli algoritmlar ishlatiladi. Audio va video materiallarni deshifrlash abonent tomonida STB yordamida bajariladi.
1.8-rasm. Kontentni himoyalash quyi tizimi.
Video serverlar quyi tizimi. Videoserverlar NVoD, VoD, PVR xizmatlarini amalga oshirish uchun ishlatiladi. Videoserver - bu dasturiy ta’minot o’rnatilgan katta sig’imga ega bo’lgan diskli massivdir.
Dasturiy ta’minot NvoD xizmati uchun video materiallarni multicast - translyatsiyasini va VoD xizmatini taqdim etishda unicast – translyatsiyasini amalga oshiradi. Videoserver multicast-oqimlarini ushlash va yozishga imkon yaratib beradi, bu degani PVR xizmatini amalga oshirishga.
1.9-rasm. Video serverlar quyi tizimi.
Abonent qurilmasi (STB - Set-Top-Box) audio va video materiallarni shakllantirish, yetkazib berish tizimlari va abonent televizori o’rtasida bog’lovchi tugundir. STB-qurilmasi bu operatsion tizimga va WEB-brauzerga ega bo’lgan mini kompyuterdir. Boshqarish buyruqlari va mediamateriallar almashuvi tarmoq interfeysi orqali bajariladi.
1.10-rasm. Abonent qurilmasi (STB - Set-Top-Box)
Abonent qurilmasi ma’lumotlarni qabul qiluvchi vazifasini bajaradi va IPTV tarmog’ining oxirgi nuqtasidir. STB kiruvchi audio/video paketlarni dekodlaydi, analog signalga aylantiradi va ularni televizor yoki monitorga yuboradi. IP - televideniyasida har bir telekanal o’zining IP-manziliga (multikast manzil) ega va sozlash mobaynida ular STBga kiritilishi kerak. Shuningdek u sozlamalarni ma’lumotlar yuborish tarmoqlari orqali provayderdan avtomatik tarzda olishga mo’ljallangan bo’lishi mumkin. STB larning tashqi ko’rinishilari va komplekti quyidagi rasmda keltirilgan:
HD 8911 raqamli TV pristavkasi
Dostları ilə paylaş: |