1-ma’ruza. Ip-tarmoqlarning axborot xizmatlari



Yüklə 50,37 Kb.
səhifə13/14
tarix26.12.2023
ölçüsü50,37 Kb.
#197273
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
1-ma’ruza. Ip-tarmoqlarning axborot xizmatlari-www.hozir.org

Guruhli manzillash

Lokal tarmoqda guruhli manzillashni amalga oshirish uchun quyidagilar kerak:


- TCP/IP protokol steki bilan guruhli manzillashni quvvatlash;
- guruhga qo’shilgan so’rovni yuborish va guruhli trafikni qabul qilish uchun IGMP protokolini dasturiy quvvatlash;
- tarmoq qartasi bilan guruhli manzillashni quvvatlash;
- guruhli manzillashdan foydalanuvchi ilova, masalan videokonferensiya.
Bu imkoniyatni global tarmoqqa kengaytirish uchun ko’shimcha tarzda hamma oradagi marshrutizatorlar guruhli manzillashni kuvvatlashi va ishlayotgan firewall-lar tomonidan guruhli trafik o’tkazilishi kerak. Lokal tarmoqda ishlashini optimallashtirish uchun guruhli trafikni filtrlovchi kommutatorlardan foydalanish mumkin.
IP Multicast texnologiyasi 224.0.0.0 - 239.255.255.255 manzillaridan foydalanadi. Statik va dinamik manzillash ishlatiladi.
Statik manzillarning misoli 224.0.0.1 — lokal tarmoq tugunlarini ichiga oluvchi guruh manzillari, 224.0.0.2 — lokal tarmoqning hamma marshrutizatorlari 224.0.0.0 - 224.0.0.255 diapazonidagi manzillar marshrutizatsiya protokollari va guruhli manzillashning past darajali protokollari uchun mo’ljallangan. Qolgan manzillar ilovalar tomonidan dinamik tarzda ishlatiladi.
Tarmoq qurilmalari lokal tarmoqning har xil guruhlarida a’zoligini aniqlash uchun yo’naltiruvchi IGMP protokolidan foydalanadi.
Lokal tarmoqning bitta marshrutizatori tugunlarning ilovalari tomonidan qaysi guruhlar ishlatilayotganini bilish uchun lokal tarmoqning tugunlariga so’rov yuboradi. Xar bir guruhga lokal tarmoqda bitta javob beriladi. Yangi guruhning a’zosi bo’lish uchun qabul qiluvchining tuguni lokal tarmoqning yo’naltiruvchisiga so’rov jo’natadi. Qabul qiluvchi tugunning tarmoqli interfeysi shu guruh manzilli paketlarni qabul qilishga sozlanadi. Xar bir tugun o’zining faol guruhli manzillarini mustaqil nazorat qiladi, bu guruhda qatnashishga extiyoj qolmaganda esa IGMP-so’rovlarga tasdiqlashlarni yuborishni to’xtatadi. IGMP-so’rovlar natijalari guruhli marshrutizator protokollari tomonidan qo’shni marshrutizatorlarga va tarmoq bo’yicha guruhga a’zoligi to’g’risida axborotni yuborish uchun ishlatiladi.
Guruhli marshrutizatorning asosiy g’oyasi shundaki, marshrutizatorlar axborot almashuvi yordamida kerakli lokal tarmoqlarga paketlarni yuborish yo’llarini quradilar. Marshrutizatorlarning har biri qabul qilingan paketni bitta yoki bir nechta marshrutizatorlarga yuboradi, bunda bitta kanaldan bitta paketning qayta yuborilishining oldi olinadi va guruhning hamma qabul qiluvchilariga yetkaziladi. Guruhning tarkibi vaqt o’tgani sayin o’zgarishi mumkinligi uchun guruhning yangi kirgan va chiqib ketgan a’zolarini marshrutizator yo’llarini qurishda dinamik tarzda inobatga olinadi.



    1. Yüklə 50,37 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin