bo'lish davrlarini rivojlanish tarixi,
- O'zbekistonda jismoniy tarbiya va sport harakatini rivojlantirish tarixi to'g'risidagi
bilimlarga,
- jismoniy tarbiya va sport tarixining asosiy davrlarini, rivojlantirish
qonuniyatlarini bilishi kerak;
- fanni o'rganishning tamoillarini, xalqaro sport va olimpiya harakati tarixini, uning
rivojlanish bosqichlari va asosiy xususiyatlarini to'g'ri aniqlash ko'nikmalariga ega
bo'lishi kerak;
- ilmiy nazariy jihatdan olingan bilimlarni tahlil qila olish kerak;
- amaliy mashg'ulotlarda mustaqil fikr yuritishi, mavzularga ijodiy yondoshish
malakalariga ega bo'lishi kerak;
- fan bo'yicha o'zining fikr mulohazalarini to'liq, aniq bayon etishi kerak.
Jismoniy tarbiya va sport tarixi fani o'quv
rejasiga kiritilgan pedagogika,
O'zbekiston tarixi, sotsiologiya, falsafa, tibbiy biologic fanlar, tanlangan sport turi
nazariyasi va uslubiyati hamda jismoniy tarbiya va sportni boshqarish fanlari bilan uzviy
aloqada o'qitiladi.
Jismoniy madaniyat jahon xalqlarining umumiy madaniyati mazmunidan chuqur
o'rin egallamoqda. Uni o'qitish, o’rganish va ilmiy tadqiqot olib borish bugunning
dolzarb muammolaridan biridir.
O'zbekiston Respublikasining Prezidenti I.A.Karimov: «Tarixga murojaat qilar
ekanmiz, bu xalq xotirasi ekanligini nazarda tutishimiz kerak. Xotirasiz barkamol kishi
bo'lmaganidek, o'z tarixini bilmagan xalqning kelajagi ham bo'lmaydi», - deb yangi
tariximizga yo'l ochib beidi. Buni yurtimizning mustaqilligi yillarida amalga oshirilgan
ijtimoiy madaniy islohotlarning samarali natijalarida ko'rish mumkin.
Jahon xalqlari tarixi, shuningdek, O'zbekiston xalqlari tarixida jismoniy tarbiya va
sport tarixining ham o'ziga xos xususiyatlari hamda ijtimoiy-tarbiyaviy o'rni g'oyat
kattadir.
O'zbekiston Davlat jismoniy tarbiya instituti (O'zDJTI) va Respublika oliy o'quv
yurtlarininig
jismoniy tarbiya fakultetlari, shuningdek, pedagogika kasb-hunar
kollejlarining jismoniy tarbiya bo'limlari, Olimpiya o'rinbosarlari kasb-hunar kollejlarida
Davlat ta'lim standartlari asosida «Jismoniy tarbiya va sport tarixi» fan sifatida kiritilgan.
Jismoniy tarbiya va sport sohasida mutaxassislar tayyorlash va ularning nazariy bilim
hamda amaliy malakalarini oshirishda «Jismoniy tarbiya va sport tarixi hamda jismoniy
madaniyat harakatini tashkil etish va boshqarish» fani asosiy mutaxassislik fanlaridan
bin bo'lib hisoblanadi.
«Jismoniy madaniyat va sport tarixi» ixtisoslikka oid maxsus fan sifatida, eng
avvalo, milliy qadriyatlar, ijtimoiy, madaniyat taraqqiyoti natijalari, mustaqillik yillarida
joriy etilgan qonunlar, qarorlar,
farmonlar, nizomlar hamda O'zbekiston Respublikasi
Prezidenti I.A.Karimovning asarlarida asoslab berilgan g'oyalarga tayanadi. Ularni
jismoniy madaniyat ijtimoiy-pedagogik jarayon sifatida o'ziga metodologik asos qilib
oladi.
Shuningdek, jahon miqyosidagi va O'zbekiston sharoitidagi jismoniy tarbiya va
sport taraqqiyoti fanning mazmunini tashkil etadi. Bu fan sport turlari tarixi, pedagogika
tarixi, jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati hamda boshqa fanlar bilan uzviy bog'liq
holda o'rganilmoqda va rivojlanmoqda.
Jismoniy tarbiya va sport tarixi
fanini o’rganishda mutaxassis olimlar Rl.Ismoilov,
Yu.S.Sholomitskiy, RAbdumalikov, J.T.Toshpo'latov, A.K.Akramov, H.A.Botirov va
boshqalarning o'quv qo'llanmalari, ilmiy-ommabop risolalaridan foydalaniladi. Ularning
asarlariga asosan insoniyat taraqqiyotining ilk davridan boshlab to hozirgi kungacha
bo'lgan jismoniy tarbiya tarixining rivojlanish yo'llarini o'iganish
imkoniyatiga ega
bo'lmoqdamiz.
Jismoniy tarbiya harakatida mutaxassis kadrlarga bo'lgan talablar va ehtiyojlar
ijtimoiy turmush hamda mehnatda, ayniqsa, Xalqaro sport harakatida doimiy ishtirok
etishi muhim ahamiyat kasb etmoqda. O’zbekiaton Respulikasining Jismoniy tarbiya va
sport to’g’risida gi Qonuni, Ta’lim to’g’risida gi Qonun, Kadrlar tayyorlash Milliy
dasturi, Sog'lom
avlod davlat dasturi, «Alpomish» va «Barchinoy» maxsus testlarini
hayotga singdirish, bolalar sportini rivojlantirish, o'quvchi yoshlarning «Umid nihollari»,
«Barkamol avlod» sport o'yinlari hamda talabalar «Universiada»larini tashkil qilishda
asosiy maqsad buyuk kelajakning har tomonlama barkamol avlodlarini tarbiyalashdir.
Aholining salomatligini yaxshilash, barkamol avlodning ma'naviy va jismoniy
rivojlanishini ta'minlashda jismoniy tarbiya va sportning nazariy asoslarini singdirish
muhim vazifalardan biri qilib qo'yilmoqda.
Bu jismoniy tarbiya va sport mutaxassislarining zimmasiga g'oyat katta sharafli
mas'uliyatni yuklamoqda. Shu sababdan jismoniy tarbiya va sport bo'yicha malakali
kadrlar tayyorlashga alohida e'tibor berilmoqda. Jismoniy tarbiya va sportining
mohiyatini
tushuntirish, ularni targ'ibot qilish, barcha sport turlari tarixi, xalq milliy
o'yinlari tarixi bilan tanishtirish muhim ahamiyatga egadir. Bu yo'lda ajdodlarimizdan
bizgacha yetib kelgan madaniy-tarbiyaviy va ilmiy meroslar mazmunidagi jismoniy
tarbiya hamda uning tarixi asosida ta'lim-tarbiya berishni davr taqozo etmoqda.
O'zbekistonda jismoniy tarbiya va sportning tarkib topishi va ijtimoiy tuzumlar
asosida uning rivojlanishiga doir mukammal ishlangan o'quv qo'llanmalar darslik deyarli
yo'q.
R.Ismoilov va Yu.Sholomitskiy ilk bor (1968) «O'zbekistonda fizkultura tarixi»
o'quv qo'llanmani yaratgan. Unda qadimgi ajdodlarimizning jismoniy tarbiyasi haqida
jiddiy ma'lumotlar uchramaydi. X.A.Botirov (1993) va A.K.Akramov (1997) «Jismoniy
tarbiya va sport tarixi» ommabop va o'quv qo'llanmalarida ajdodlarimiz jismoniy
madaniyati to'laqonlik bilan mazmun topmagan. R.Abdumalikov, J.E.Eshnazarov
«Ajdodlar jismoniy madaniyati tarixini o'rganish masalalari» (1993) o'quv qo'llanmasida
asosan xalq og'zaki
ijodi durdonalari, tarixiy muzeylardagi ashyolar, Rossiya
olimlarining tadqiqotlari natijalaridagi ba'zi ma'lumotlarga tayangan holda mazkur
muammoga ozroq bo'lsada, oydinlik kiritilgan.
O'zbekistonning mustaqillikka erishgan dastlabki kunlaridanoq (1991) mamlakat
tarixini qayta yoritish va barcha voqeliklami ochiq-oydin ko'rsatish vazifa qilib qo'yildi.
Respublika Prezidenti I.A.Karimov «Tarixga murojaat qilar ekanmiz, bu xalq xotirasi
ekanligini nazarda tutishimiz kerak. Xotirasiz barkamol kishi bo'lmaganidek, o'z tarixini
bilmagan xalqning kelajagi ham bo'lmaydi» - degan so'zlari asosida «O'zbekistonning
yangi tarixi» (3 ta kitob, 2000 y.) nashrdan chiqarildi. Tarixiy jarayonlar bu kitoblarda
«Turkiston Chor Rossiyasi mustamlakachiligi davrida» (1-kitob), «O'zbekiston Sovet
mustamlakachiligi davrida» (2-kitob), «Mustaqil O'zbekiston tarixi» (3-kitob) o'z nomi
bilan asosli ravishda ifoda topdi.
Dunyodagi juda ko'p mamlakatlar hozirgi O'zbekiston va uning tarixiy o'tmishini
yaxshi bilishadi va yanada chuqurroq o'rganish maqsadida ularning rasmiy vakillari
yurtimizga tez-tez tashrif buyurishmoqda. Bu jarayonlar O'zbekiston Respublikasi
Prezidenti I.A.Karimov va boshqa rasmiy rahbarlar hamda mutaxassislarning 1991-
2011-yillarda chet ellarga qilgan
rasmiy safarlarida, ayniqsa, ko'proq namoyon bo'ldi.
Mamlakatimiz mustaqilligining dastlabki yillaridayoq I.A.Karimov hozirgi davrga
yuqori baho bergan edi, ya'ni: «Hozir bizning jamiyatimiz tarixiy chorrahada turibdi.
Respublikani milliy-davlat, ijtimoiy-iqtisodiy va ma'naviy kamol toptiruvchi o'z
taraqqiyot yo'lini ishlab chiqishimiz zarur. Hozir yashab turganlarning taqdirinigina
emas, balki ularning farzandlari, nevaralarining ham taqdiri, kelajak avlodlarning taqdiri
ham shunga bog'liq bo'ladi».
Jahonda buyuk tarixiy o'zgarishlar yuz bermoqda. Bu yo'lda O'zbekiston mustaqil
davlat maqomini o'z qo'liga kiritdi. Shu sababdan, mamlakatimiz jahondagi buyuk va
eng taraqqiy etgan mamlakatlar (AQSH, Germaniya, Yaponiya,
Fransiya, Janubiy
Koreya, Xitoy, Turkiya va h.k.) bilan yelkama-yelka bo'lib faoliyat ko'rsatmoqda. Shular
qatorida Arab mamlakatlari, Hindiston, Yevropa va boshqa mintaqalardagi davlatlar
bilan ham madaniy aloqalarni kuchaytirmoqda.
Milliy madaniyat taraqqiyotida O'zbekiston dunyo davlatlari, hatto butun Markaziy
Osiyo mamlakatlari orasida o'ziga xos xususiyatlar O'zbekiston o'zining geografik va
tabiiy qulayliklariga ko'ra qadimdan insoniyat tarixining ilg'or madaniy markazlaridan
joy olib kelgan.