1-ma’ruza Kirish. Avtomobillarni ishlab chiqarishning o‘ziga xosliklari


Kuzovni yig’ish-payvandlash jarayonlarini yengillashtirish masalalari



Yüklə 360,31 Kb.
səhifə23/65
tarix24.12.2023
ölçüsü360,31 Kb.
#192864
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   65
1 ma’ruza Kirish Avtomobillarni ishlab chiqarishning o‘ziga xos

Kuzovni yig’ish-payvandlash jarayonlarini yengillashtirish masalalari

Avtomobil kuzovlarini tayyorlash texnologik jarayonini loyihalashdan oldin, ularni yig’ma birliklarga to’g’ri bo’laklash, yig’ish va payvandlash ketma-ketligini aniqlash, qayd qilish bazalarini tanlash kabi amallar bajariladi.


Oxirgi paytda yig’ma birliklarni yiriklashtirish tendensiyasi kuzatilmoqda. Yirik yig’ma birliklarni tayyorlash texnologik jarayonini alohida operatsiyalarga ajratish payvandlash mashinalarining qurilmalari va moslamalari konstruksiyasini soddalashtirishni, payvandlashning eng ratsional usullarini tanlashni va payvandlash joylarining qulayligi yuqori bo’lishini ta’minlaydi. Har bir ish o’rnini maxsuslashtirish jihozdan maksimal to’liq foydalanishni, ishning yuqori samaradorligini va ishlab chiqarish maydonlarini tejashni ta’minlashi lozim.
Yig’ma birlikni payvandlash hajmi katta bo’lganida, uni yig’ish jarayonida faqatgina konstruksiya bikrligini ta’minlash uchun yetarli bo’lgan nuqtalar qismi payvandlanadi. Qolgan nuqtalar esa qayd qilish moslamalarisiz payvandlanadi. Bunday birikmalarni payvandlashda ko’p elektrodli mashinalarda faqatgina ushlab turuvchi moslamalar qo’llaniladi. Payvand joylariga yetib borish osonlashadi va payvandlash ishlari samaradorligi yanada ortadi.
Yalpi va yirik seriyali ishlab chiqarishda avtomobil kuzovi va kabinasini bir nechta asosiy yig’ma birliklarga ajratadilar. Masalan, zamonaviy yengil avtomobil kuzovi shunday to’rtta birikmadan tashkil topadi (1-rasm). Ba’zan, kuzov asosi, o’z navbatida uchta yoki ikkita qismga ajratiladi, masalan, oldingi qism (motor bo’limi), orqa qism va asosning o’zi.
Kabinasi dvigatel ustida joylashgan, zamonaviy yuk avtomobillari uchun beshta asosiy yig’ma birlikning bo’lishi xarakterlidir (2-rasm); avtobus kuzovlari uchun ham bu holat tegishlidir. Kuzovlar tayyorlashni yakunlash uchun, ularga

1-rasm. Yengil avtomobillar kuzovlarining yirik yig’ma birliklari: 1 – yon devorlari; 2 –

Yüklə 360,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin