1-ma’ruza Kirish. Avtomobillarni ishlab chiqarishning o‘ziga xosliklari



Yüklə 360,31 Kb.
səhifə19/65
tarix24.12.2023
ölçüsü360,31 Kb.
#192864
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   65
1 ma’ruza Kirish Avtomobillarni ishlab chiqarishning o‘ziga xos

3. Payvand birikmalarning turlari
Payvandlashning kontaktli usulida asbobni ikkala tomondan yetkazish qulayligi nuqtai nazaridan birikmalarni ochiq, yarimyopiq va yopiq turlarga bo’lish mumkin. Ochiq birikmalarda (3, a - rasm) elektrodlarni payvandlash joyiga erkin yetkazish ta’minlanadi. Bunday birikmalar payvandlashni istalgan ketma-ketlikda o’tkazishga imkon beradi. Yarimyopiq birikmalar uchun (3, b - rasm) asboblarni erkin yetkazish hamisha ta’minlanavermaydi, shu sababli, elektrodlardan birini qiya holatda o’rnatish yoki maxsus elektrodlar va moslamalarni qo’llash talab etiladi. Yopiq birikmalarga (3, b - rasm) elektrodlarni yetkazib bo’lmasligi kontaktli payvandlash jarayonini keskin qiyinlashtiradi.

3-rasm. Birikmalar turlari: a – ochiq; b – yarimyopiq, v - yopiq
Kuzov konstruksiyalarini yig’ish-payvandlashning muhim sharti,
payvandlanadigan sirtlarning gorizontal holatda bo’lishidir. Bu sharoit payvandlash asboblari, moslamalari va qo’zg’aluvchan qurilmalarini joylashtirishni
oddiylashtiradi.
Tanlangan texnologik jarayon yig’ish va payvandlashning shunday ratsional tartibini ta’minlashi kerakki, bunda mahsulotni ag’darishlar soni minimal bo’lishini, payvandlashning qulay holatda o’tishini va minimal deformatsiyali hamda stabil geometrik parametrlarga ega yig’ma birliklar olish ko’zda tutilishi lozim.
Mahsulotda payvand nuqtalari va choklarini joylashtirishda birikmaning zarur mustahkamligini ta’minlash bilan birga, payvandlashning avtomatik usullarini qo’llashning maksimal imkoniyatlarini ko’zda tutish lozim.
Avtomobillar kuzovlari va kabinalarini ishlab chiqarishda kontaktli birikmalarning quyidagi turlari qo’llaniladi: flanesli, mingashtirilgan, tutashtirilgan, burchakli va toresli.
Flanesli birikmalar eng afzali hisoblanadi, chunki bunda kontaktli payvandlashning samarali usullari – nuqtali va chokli payvandlashni qo’llash mumkin bo’ladi.
Qirralaridan bittasi qo’shimcha shtamplanuvchi mingashtirilgan birikmalar (1, a - rasm) ishlab chiqarishda keng qo’llaniladi. Qo’shimcha shtamplash detallar sirtlarining yagona sathda bo’lishini ta’minlashdan tashqari, ularning bikrligini ham orttiradi. Qo’shimcha shtamplashsiz mingashtirilgan birikmada yig’ish vaqtida umumiy o’lchamni ta’minlash uchun detallarni biroz siljitish va shu bilan ularni tayyorlash noaniqligini bartaraf qilish mumkin.
Mingashtirilgan birikmaning kamchiliklariga metallning ko’proq sarflanishi va mingashtirish joylarida metallni korroziyadan qo’shimcha himoya qilish zarurati kiradi.
Yuza sirtlarda mingashtirilgan birikmalar qo’llanilgan hollarda birikish joylariga kavshar yoki maxsus plastmassa surish kerak bo’ladi.
Tutash, burchakli va toresli birikmalar detallarni tayyorlashning yuqori aniqliklarini talab qiladi va ularni bajarish kontaktli payvandlash usullarini qo’llab bo’lmaslik bilan bog’liq qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi.

    1. Yüklə 360,31 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin