2. Kontaktli payvandlash mashinalarining parametrlari
Kontaktli payvandlash mashinalari elektrik va mexanik parametrlar orqali xarakterlanadi.
Elektrik parametrlarga quyidagilar kiradi:
payvandlash vaqti va tok impulslari orasidagi tanaffus vaqti;
nominal ikkilamchi kuchlanish va uni rostlash chegaralari (pog’onalar soni);
yuklanish xarakteristikasining turi (tok kuchining detallar qarshiligiga bog’liqligi).
miqdori mashina joiz yuklanishlarini hisoblashda va texnologik
imkoniyatlarini baholashda inobatga olinadi. Kontaktli mashina ning va payvandlash toki kuchining nominal qiymatlarida ishlatilganida transformator o’ramlarining va payvandlash konturining ortiqcha isishi oldi olinadi.
Kontaktli payvandlash mashinalarining mexanik parametrlari quyidagilardir:
elektrodlar siqishining nominal va maksimal kuchlari;
siqish kuchini dasturlash imkoniyati (dastlabki siqish
payvandlashda siqish , payvandlashdan keyingi siqish kuchi );
detallarga nisbatan elektrodlarni o’rnatish aniqligi;
payvandlashdan so’ng detallarning egilish darajasiga ta’sir qiluvchi, ikkilamchi kontur elementlari bikrligi.
Nuqtali payvandlash mashinalari universal va maxsus turlarga bo’linadi. Universal payvandlash mashinalarini statsionar, osma va payvandlash robotlariga bo’lish mumkin. Maxsus mashinalarga avtomatik qatorlarga terilishi mumkin bo’lgan, ko’p nuqtali (ko’p elektrodli) payvandlash mashinalari va payvandlash presslari kiradi.
Statsionar nuqtali mashinalar kuchaytirgichlar, kronshteynlar, ko’ndalang temirlar va b. oddiy va mayda kuzov detallarini payvandlash uchun qo’llaniladi. Ishlab chiqarishda, ayniqsa, 2,5 mm gacha qalinlikdagi yupqa po’latlarni payvandlash uchun, sanoat chastotasi seriyasi MT bo’lgan, statsionar, bir fazali mashinalar keng tarqalgan. Statsionar payvandlash mashinalari bilan ishlashda universal qurilma qo’llaniladi (1-rasm).
Dostları ilə paylaş: |