1-ma’ruza Kirish. Avtomobillarni ishlab chiqarishning o‘ziga xosliklari


-rasm. Statsionar nuqtali payvandlash mashinasining tashqi ko’rinishi



Yüklə 360,31 Kb.
səhifə28/65
tarix24.12.2023
ölçüsü360,31 Kb.
#192864
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   65
1 ma’ruza Kirish Avtomobillarni ishlab chiqarishning o‘ziga xos

1-rasm. Statsionar nuqtali payvandlash mashinasining tashqi ko’rinishi
Osma nuqtali mashinalar, statsionar nuqtali mashinalarni qo’llash qiyin bo’lgan sharoitlarda, yon devor, qanotlar kabi yirik o’lchamli yig’ma birliklarni payvandlash uchun qo’llaniladi. Ular tuzilgan transformatorli osma mashinalarga va transformatori alohida joylashgan, lekin mashina ishchi elementlari bilan katta kesimli egiluvchan kabel orqali ulangan osma mashinalarga bo’linadi. Bunday mashinalarda diametri 0,08-0,15 mm bo’lgan mayda mis simdan o’ralgan, uzunligi
3000 mm va kesimi 300 mm2 gacha bo’lgan egiluvchan kabellar qo’llanadi. Isib ketishning vat ok zichligi ortishining oldini olish uchun mashinalar oqar suv bilan sovutiladi. Osma mashinaning ishchi elementlari (qisqichlar) pnevmatik va gidravlik yuritmaga ega. Qo’llaniladigan qisqichlarning konstruksiyalari juda xilma-xil bo’ladi, chunki ular shakllari payvandlanadigan kuzov detallari shakliga bog’liq bo’ladi. Pnevmatik, gidravlik va elektrik apparatlar, odatda, transformator g’ilofiga o’rnatiladi.
Tuzilgan transformatorli osma mashinalarda, transformator qisqichlar bilan birga joylashgan holda yagona konstruksiyani namoyon qiladi. Ikkilamchi kontur o’lchamlarining va qarshiligining kichikligi sababli payvandlash transformatori quvvati va massasi keskin kamayadi. Buning natijasida ikkilamchi konturni suvli sovutishga zarurat qolmaydi.
    1. 3. Ko’p elektrodli payvandlash mashinalari

Maxsus ko’p elektrodli payvandlash mashinalari yalpi ishlab chiqarishda katta miqdordagi payvandlash nuqtalariga ega bo’lgan, yirik yig’ma birliklarni payvandlashda qo’llaniladi. Bunday mashinalar elektrodlar tizimi va payvandlash joyida detallarni siqish kuchlarini hosil qilish mexanizmlari bilan ta’minlangan. Ko’p elektrodli mashinalarni qo’llash nuqtali payvandlash jarayonini


avtomatlashtirishga va payvandlash operatsiyalarini bajarish vaqtini qisqartirishga imkon beradi. Bir vaqtning o’zida ish sharoiti yaxshilanadi, payvand birikmalar sifati va ularni joylashtirish aniqligi ortadi, tannarx kamayadi. Zamonaviy avtomobil korxonalarida (xususan, VAZ da) ko’p elektrodli payvandlash mashinalari kuzov uzellarini payvandlashda tobora kengroq qo’llanilmoqda.
Ko’p elektrodli mashinalar konstruksiyalarini soddalashtirish uchun payvand nuqtalarning kerakli miqdorini, qatorga o’rnatilgan bir nechta mashina o’rtasida taqsimlaydilar.
Ko’p elektrodli mashinalarda qiyin payvandlanadogan joylar bo’lganida qatorda maxsus qurilmali osma nuqtali mashinalar ko’zda tutiladi. Zamonaviy ko’p elektrodli mashinalar samaradorligi soatiga 500 va undan ko’proq yig’ma
birliklarni tashkil qiladi.
Stolni ko’tarish tizimi elektromexanik tarzda ishlaydigan ko’p elektrodli mashinaning prinsipial sxemasi 2-rasmda ko’rsatilgan.
Payvandlanadigan detal 4 tashish qurilmasi 3 bilan ko’chiriladi va qo’zg’aluvhca stol 2 ga o’rnatilgan kontrelektrodlarga yotqiziladi. Shundan so’ng, elektrodvigatel yordamida, reduktor 12, ekssentrik diskli dastaklar 14 va shatunlar 6 orqali stol 2 detal 4 bilan birgalikda ko’tariladi va payvandlash to’pponchalari 5 elektrodlari tagiga yetkaziladi. Stol yurishining zaruriy ravonligi muvozanatlovchi pnevmotsilindrlar 16 orqali ta’minlanadi. Payvandlash to’pponchalari 5 shtoklariga qo’zg’aluvchan payvandlash elektrodlari o’rnatilgan, turlicha konstruktiv shakllardagi pnevmotsilindrlar ko’rinishida tayyorlanadi. To’pponchalar bo’shlig’iga siqilgan havo uzatilishi bilan qo’zg’aluvchan elektrodlar pastga tushadi, payvandlanadigan detalni siqadi va kontrelektrodlar bilan o’zaro ta’sirlashib, birdaniga bir nechta nuqta bo’ylab payvandlashni amalga oshiradi.

Yüklə 360,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin