4. Kuzovlar va kabinalarni tayyorlashda qo’llaniladigan payvandlash usullari
Kuzovlar va kabinalarni tayyorlashda quyidagi payvandlash usullari qo’llaniladi:
elektr kontaktli (yoki qarshilikli payvandlash); kuzov tayyorlashda kontaktli payvandlashning uch turi keng qo’llaniladi: nuqtali, relyefli va chokli (4-rasm); elektr yoyli (afzalrog’i himoya gazlari muhitida); gazli.
4-rasm. Kontakt payvandlashning asosiy turlari: a – nuqtali; b – relyefli, v - chokli
Kontaktli payvandlash elektr tokining o’tishi hisobiga metallning qizishiga asoslanadi. Kontaktli payvandlash vaqtida o’zaro birikuvchi ikki yoki undan ortiq detallar tutashuvchi sirtlari orqali tok o’tadi. Elektr qarshiligi yuqori va issiqlikning susayishi past bo’lgan birikish joylarida detallar juda tez isiydi. Tutashuv zonasida hosil bo’luvchi issiqlik miqdori integral shakldagi Joul-Lens qonuni bilan aniqlanadi:
= ∫ ( ) ( ) ,
bu yerda: - payvandlash tokining oniy qiymati; - detallarning elektrodlar (roliklar) orasidagi uchastkasining umumiy qarshiligi, bu qarshilik vaqt davomida sezilarli o’zgaradi.
Nuqtali payvandlash usullarining asosiy tasnifi 1-jadvalda keltirilgan.
Ushbu turdagi payvandlashda mashina elektrodlari ikki yoki undan ortiq
1-jadval
detallarni siqadi va ularni birikish sirti bo’yicha alohida nuqtalarda payvandlaydi. Nuqtali payvandlash detallarni mingashtirib va flaneslar bo’yicha payvandlashda keng qo’llaniladi.
Birnuqtali ikkiyonlama payvandlash eng ko’p qo’llaniladigan usuldir (1jadval, a). Bu usulda olingan birikmaga elektrodlardan qolgan o’yiqchalar xos bo’ladi.
Izsiz nuqtali payvandlashni olish uchun, ya’ni, elektrodlar hosil qiladigan o’yiqchalarni kichraytirish uchun, odatda, pastki elektrod ish sirtini orttirish (1jadval, b), payvandlashni yassi elektrod bilan yoki detal bilan elektrodlardan biri orasiga mis qotishmali oraliq plastinalarni joylash orqali bajarish zarur bo’ladi (1jadval, v va g). Ba’zan, sifatli yuza sirtni olish uchun pastki elektrodning katta maydonli ish sirtida chuqurcha hosil qilinadiki (1-jadval, d), bu o’rinda detal sirtida qavariqlik paydo bo’ladi va keyinchalik yengil tozalash bilan yo’qotiladi. Bunday payvandlash elektrodlarga nisbatan detallar holatini to’g’ri ta’minlash muammo tug’dirmaydigan, statsionar mashinalar qo’llanilgandagina maqsadga muvofiq bo’ladi.
Yopiq kesimlarni hosil qiluvchi murakkab detallar uchun tokni bilvosita keltirish bilan payvandlash usuli qo’llaniladi (1-jadval, e, j, z), bu holda payvandlash toki bir tomondan elektrod orqali normal kontakt sirtiga, boshqa tomondan esa detal orqali, ya’ni, payvandlash joyidan ma’lum uzoqlikka beriladi. Bunday tok berish ikkiyoqlama nuqtali payvandlash imkoni yo’q konstruksiyalar uchun (1-jadval, e va j) yoki payvandlashda yuza sirtlari tomonida qoldiq deformatsiyalar kamaytirilishi zarur bo’lgan konstruksiyalar uchun qo’llaniladi (1-jadval, z).
Ish samaradorligini orttirish uchun payvandlanadigan yig’ma birlikka mo’ljallab loyihalangan, ko’pnuqtali payvandlash mashinalaridan foydalaniladi. Ikkiyoqlama ko’pnuqtali payvandlash sxemalari (1-jadval, i va k) yuqorida ko’rilgan sxemalardan faqatgina elektrodlar juftlari miqdorining orttirilganligi bilan farq qiladi. Yupqa listli po’latlarni payvandlash uchun bir yoqlama ko’p nuqtali payvandlash keng qo’llaniladi (1-jadval, l va m), bu holda pastki elektrodga tok berilmaydi. Kattaroq qalinlikdagi mahsulotlarni payvandlash uchun juftlangan transformatorlar orqali ikkiyoqlama tok uzatish sxemasi qo’llaniladi (1-jadval, n).
Dostları ilə paylaş: |