1-ma’ruza Kirish. Avtomobillarni ishlab chiqarishning o‘ziga xosliklari


Yig’ish-payvandlash. Detallarni kuzovga yig’ishning o’ziga xosliklari va payvandlash turlari



Yüklə 360,31 Kb.
səhifə17/65
tarix24.12.2023
ölçüsü360,31 Kb.
#192864
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   65
1 ma’ruza Kirish Avtomobillarni ishlab chiqarishning o‘ziga xos

6-MA’RUZA
    1. Yig’ish-payvandlash. Detallarni kuzovga yig’ishning o’ziga xosliklari va payvandlash turlari



Reja:
  1. Yig’ish-payvandlash texnologik jarayonining o’ziga xosliklari.


  2. Kuzov konstruksiyasini texnologiklikka ishlash.


  3. Payvand birikmalarning turlari.


  4. Kuzovlar va kabinalarni tayyorlashda qo’llaniladigan payvandlash usullari.


  5. Kontaktli payvandlash turlari uchun konstruktiv parametrlar.


  6. Yig’ish-payvandlashda himoya gazlari muhitida yoyli payvandlash va gazli payvandlashni qo’llash imkoniyatlari.




1. Yig’ish-payvandlash texnologik jarayonining o’ziga xosliklari
Kabina va kuzovning shtamplangan detallarini biriktirishning asosiy usuli – payvandlashdir. Biriktirishning boshqa usullari ham qo’llaniladi (rezbali, parchin mixli, yelimli, shtampda yig’iladigan), ammo, payvandlash bilan solishtirganda, boshqa usullar ancha kichik hajmda qo’llaniladi. Kuzov detallari va uzellarini payvandlash operatsiyasini bajarishdan oldin, ularni kerakli holatga keltirish va qayd qilish lozim bo’ladi. Buning uchun turli yig’ish qurilmalari va moslamalari qo’llaniladi. Shu sababdan, kuzov yoki kabinani hosil qilish uchun detallarni biriktirish jarayoni “yig’ish-payvandlash” deb nomlanadi.
Yengil avtomobillar kuzovlari, yuk avtomobillari kabinalari, avtobuslar kuzovlari uchun quyidagi konstruktiv va texnologik o’ziga xosliklar o’rinli bo’ladi:
  • murakkab bo’shliqli shakllar tashqi sirtlari va ularga qo’yilgan yuqori talablar, jumladan, payvandlash izlarining bo’lmasligi;


  • alohida detallardan uzellarni yig’ishda, shuningdek, uzellardan yirikroq yig’ma birliklarni hosil qilishda bajariladigan katta miqdordagi payvand birikmalar;


  • yupqa listdan sovuq shtamplab tayyorlangan, yuqori bo’lmagan bikrligi sababli yig’ishda o’z o’lchamlarini o’zgartirishi mumkin bo’lgan detallar mavjudligi;


  • detallarni uzellarga yig’ishdan keyin, mustahkamlik va bikrlikni keskin ortishi natijasida ularni (deformatsiyalarsiz) mexanizatsiyalashgan tashish imkonining yuzaga kelishi.


Sifatni ta’minlash uchun konstruksiyalar o’zaroalmashinuvchanligi, nazorat qilishga yaroqliligi va asboblarni yetkazish imkoni katta ahamiyatga ega.


O’zaroalmashinuvchanlik detallar berilgan dopusklar chegarasida tayyorlansagina ta’minlanadi. Bu holda ularni uzellarga yig’ish muammo tug’dirmaydi, chunki ular bir-biriga oson to’g’ri keladi va qo’shimcha ishlov berishni talab qilmaydi.
Kuzovlar va ular yig’ma birliklarining nazorat qilishga yaroqliligi deganda, ularni tayyorlashning barcha bosqichlarida nazorat qilish imkonining mavjudligi tushuniladi.
Kuzov konstruksiyalariga nisbatan asboblarni yetkazish imkoni deganda, payvandlash jihozi va asbobini payvandlash joylarida erkin qo’llanish imkoniyati tushuniladi. Ushbu talablar nazorat-o’lchov asboblari uchun ham o’rinlidir.
Yig’ish va payvandlash jarayonida konstruksiyaning texnologikligi navbatdagi bo’yash, moslamalar, agregatlar, mexanizmlar va b. yig’ma birliklarni yig’ish va o’rnatish jarayonlarida, shuningdek, yaxlit avtomobil yoki avtobusni yig’ish paytida ta’minlanishi kerak.
Umumiy mashinasozlik dopusklarini, o’lchash usullari va vositalarini kuzovlarni yig’ish-payvandlashda qo’llab bo’lmaydi, chunki kuzov detallari yetarli bikrlikka ega bo’lmaydi va ular yig’ish payvandlashda boshqa detallarga nisbatan fazodagi holatiga bog’liq tarzda o’z shakli va o’lchamlarini o’zgartirishi mumkin.
Kuzovlar konstruksiyasining texnologikligi konstruktorlik-texnologik loyihalash bosqichida ishlanadi, yig’iluvchanlik esa – ishlab chiqarishni tayyorlash davrida shtamplash, yig’ish-payvandlash, nazorat qilish va b. asbobsozlik qurilmalarini tayyorlash hamda sozlash paytida ishlanadi.
Kuzov konstruksiyalari yig’iluvchanligi – amaldagi ishlab chiqarish va uni tayyorlashning barcha bosqichlarida berilgan chegaralarda geometrik parametrlarni olishni ta’minlovchi, konstruktiv xususiyatlar va tayyorlash texnologiyasi majmuidir.

    1. Yüklə 360,31 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin