1 ma’ruza Kirish Avtomobillarni ishlab chiqarishning o‘ziga xos
2-rasm. Birikmalar turlari: a – kesilgan stoporlovchi halqa 1 bilan; b – kesilgan suxarik 1 va prujina 2 bilan; v – prujinaga o’tqazilgan sharcha bilan; g – porshen-halqa; d – elastik zashyolka 3 yordamida yig’ilgan tana 2 bilan qopqoq 1; e – prujinali zashyolka 2 bilan ag’dariluvchi qopqoq 1; j – qopqoq 2 bilan elastik uchlik 1; z – metall naycha 2 bilan dyuritli shlang 1 Ishchi organni harakatga keltirish uchun qo’l mashinalarida ko’proq pnevmatik (rotatsion kurakli, turbinali, porshenli) yuritmalar, elektrik (doimiy tokli, bir fazali, uch fazali) yuritmalar va kamroq gidravlik (rotatsion kurakli, porshenli, vintsimon) yuritmalar qo’llaniladi.
Vazifasi bo’yicha qo’l mashinalari umumiy qo’llanish uchun
(parmalash, jilvirlash va yaltiratish, frezalash), chilangarlik-yetkazish ishlari uchun (valsovka qilish, razvyortkalash, zenkovkalash, egovlash, qaychilar, qirra kesuvchilar, shaberlar, metall uchun egovlar, tozalash va chopish bolg’achalari), yig’ish ishlari uchun (rezbaburovchi, rezba kesuvchi, kavsharlash bolg’achalari, skoba qoquvchi) deb bo’linadi.
Parmalash mashinasi nafaqat parmalash uchun, balki shpindelga mos ishchi asbobni o’rnatish bilan tozalash, jilvirlash va yaltiratish ishlari uchun ham qo’llanilishi mumkin. Parmalash mashinalarini vazifalari bo’yicha to’g’ri va burchakli (qiyin yetib boriladigan joylarda ishlash uchun) deb bo’linadi. Parmalash mashinalari bir nechta aylanish tezliklariga yoki aylanish chastotasining ravon rostlanish xususiyatiga ega bo’lishi mumkin.
Jilvirlash mashinalari metall naplivlarini tozalash, quygich (litnik) larni kesib olish, payvand choklari va qirralarini tozalash, shuningdek, yaltiratish uchun qo’llaniladi. Jilvirlash mashinalari ham to’gri va burchakli bo’lishi mumkin. Abraziv silindrik doiralarga ega to’g’ri jilvirlash mashinalari juda keng tarqalgan. Tozalash, kesib tushirish va yaltiratish uchun turlicha kiydirma (насадка) larga ega burchakli jilvirlash mashinalari qo’llaniladi. Bular quyidagilar: chashkasimon abraziv doiralar, metall cho’tkalar, abraziv disklar va jilvir qog’ozga taglik sifatida ishlatiluvchi elastik doiralar. Katta sirtlarga ishlov berish uchun lentali jilvir qog’ozga ega lentali-jilvirlash mashinalari qo’llaniladi. Yassi yoki katta bo’lmagan egrilikdagi metall sirtlarga ishlov berish uchun platforma deb nomlanuvchi, doiraviy yassiparallel harakat qiluvchi ishchi organga ega yassi jilvirlash mashinalari qo’llaniladi. Ushbu mashinalarda ishchi asbob sifatida jilvir qog’oz
qo’llaniladi.
Avtomobilsozlikda parchinlash va chopish bolg’achalari qo’llaniladi. Parchinlash bolg’achalari yordamida 3-32 mm diametrli parchinlash amalga oshiriladi. Turlicha uchliklarni qo’llash bilan boshqa ishlarni, masalan, detallarni presslash, eski parchinmixlarni tozalash, kesib olish va sh.k. ishlarni bajarish mumkin.
Pnevmatik chopish bolg’achalari yordamida metallni chopish, zarb qilish (chekanka), quymalarni quygichlardan tozalash, g’ovaklarni teshish, payvand choklarni tozalash va b. bajariladi.
Qaychilar po’lat, rangli metallar qotishmalari, plastmassa, rezina va sh.k. list materiallarni to’g’ri chiziqli va shakldor kesish uchun mo’ljallangan. Qaychilar pichoqli, chopish uchun, diskli va dastali deb bo’linadi. Pichoqli va chopish qaychilari juda keng tarqalgan. Pichoqli qaychilarda bitta tig’ qo’zg’aluvchi, boshqasi qo’zg’almas bo’ladi, chopish qaychilarida esa – material ketma-ket puanson bilan chopiladi.
Teshiklar va murakkab konfiguratsiyali detallarni kesishda chopish qaychilarini qo’llash qulayroq bo’ladi, chunki ular zagotovkani deformatsiyalamaydi.
Frezalash mashinalari metall, plastmassa va yog’och detallarda ariqchalar, o’yiqlar, har xil chuqurliklar hosil qilish uchun qo’llaniladi. Xuddi shu maqsadlar uchun mexanik shaberlar va egovlar, chopqilar qo’llaniladi.
Yig’ish ishlari uchun ko’p va bir shpindelli gaykaburagichlar qo’llaniladi. Ko’p shpindelli gaykaburagichlarning asosi bo’lib, rezbaburagich shpindellar (kuch kallaklari) xizmat qiladi. Ular ishga tushiruvchi va nazorat qiluvchi apparatura bilan birgalikda agregatli prinsipda yig’ilgan bo’ladi. Ko’p shpindelli gaykaburagichlar M3-M30 o’lchamli rezbali birikmalarni 20-500 Nm tortish kuchi bilan mahkamlash (qotirish) uchun qo’llaniladi.
Ko’p shpindelli gaykaburagichlar sozlangan dvigatellar (pnevmatik, elektrik, gidravlik) bilan ta’minlangan, rezbaburagich kuch kallaklari asosida komponovka qilinadi. Ko’p shpindelli gaykaburagichlarga sozlash uchun kuch kallaklari tanalari maxsus flaneslar yoki o’tqazish belbog’lariga ega bo’ladi. Ko’p shpindelli gaykaburagichlar berilgan burash momentiga erishilganida mos shpindelni o’chirishni 12-15 % aniqlik bilan ta’minlovchi, turlicha qurilmalar bilan jihozlanadi.
Ba’zi chet el firmalari ikki tezlikli pnevmatik kuch kallaklarini ishlab chiqaradi. Gaykani bolt sterjeniga burash vaqtida shpindel katta tezlik va kichik moment bilan aylanadi. Gayka toresi bilan detal tutashganida mahkamlash (qotirish) boshlanadi, shpindeldagi qarshilik momenti ortadi, maxsus mexanizm ishga tushadi va shpindel kichik chastota va katta moment bilan aylanishni boshlaydi. Bu holat havo sarfi, dvigatel quvvati va kuch kallagining tashqi o’lchamlarini kamaytiradi.
Ko’pchilik kuch kallaklarida shpindel yuritma bilan katta bo’lmagan chegaralarda sozlashga imkon beruvchi va burovchi momentni cheklovchi mufta orqali bog’langan. Bunday muftalarga magnitli, mushtchali, sharchali va friksion muftalar kiradi.
3-rasmda tipaviy (xos) pnevmatik kuch kallagi ko’rsatilgan. Kallak tanasida planetar reduktor va pnevmodvigatel o’rnatilgan. Shpindelda prujinalangan patron o’rnatilgan, kallakni mahkamlash uchun esa flanes ko’zda tutilgan.
Shpilkalarni ko’p shpindelli qurilmalar yordamida burash uchun pnevmatik kuch kallaklari – shpilkaburagichlar ishlab chiqariladi (4-rasm). Kallak M14 rezba o’lchami uchun mo’ljallangan. Shpindeldagi eng katta burovchi moment – 48 Nm, havo sarfi – 1,2 m3/min, kallak massasi – 2,1 kg.