1-ma’ruza Kirish. Avtomobillarni ishlab chiqarishning o‘ziga xosliklari


Yig’ish tempi va ishlab chiqarish turi



Yüklə 360,31 Kb.
səhifə51/65
tarix24.12.2023
ölçüsü360,31 Kb.
#192864
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   65
1 ma’ruza Kirish Avtomobillarni ishlab chiqarishning o‘ziga xos

Yig’ish tempi va ishlab chiqarish turi. Mahsulotning uzellari va umumiy yig’ish bo’yicha texnologik sxemalarda asosiy yig’ish operatsiyalari ajratiladi, keyin ularni bajarish uchun zaruruy vaqt aniqlanadi. So’ngra umumiy va uzelli yig’ishning taqvimli tempi quyidagi formula bo’yicha hisoblanadi:
= / , soat/dona,
bu yerda: – ish vaqtining yillik fondi; – mahsulotlar (uzellar) ni ishlab chiqarishning yillik dasturi. Bir smenali ish tartibida =2070 soatni, ikki
smenali ish tartibida esa - = 4140 soatni tashkil qiladi.
Agar yig’ish tempi operatsiyalarning o’rtacha davomiyligidan sezilarli darajada katta bo’lsa, unda yig’ish seriyali ishlab chiqarish prinsipi bo’yicha olib boriladi. Bitta ish joyida davriy tarzda (partiyalar bilan) unga berkitilgan, turlicha mahsulotlar va uzellar yig’iladi. Agar temp operatsiyalarning o’rtacha davomiyligiga yaqin yoki undan kichik bo’lsa, unda yig’ish har bir ish o’rniga muayyan operatsiya berkitiluvchi, yalpi ishlab chiqarish prinsipi bo’yicha olib boriladi. Bu holda yig’ish oqimli usulda amalga oshiriladi.
Yig’ish operatsiyalarini qurish. Bunda har bir ish joyida imkon qadar o’z tabiati bo’yicha bir jinsli va texnologik tugallangan operatsiya bajarilishiga intilish zarur. Bu ishchilarning ixtisoslashuvi va mehnat samaradorligining ortishiga olib keladi.
Yig’ish operatsiyalarini batafsil loyihalashda operatsiyaning oldindan qoralangan mazmuni aniqlashtiriladi, yig’ish operatsiyasida o’tishlar ketmaketligi va ularni umumlashtirish (qo’shish) imkoni ko’riladi, mahsulot bazaviy elementini o’rnatish va mahkamlash sxemasi aniqlanadi, birikmalarni bajarish shartlari o’rnatiladi, jihoz, asboblar va moslama tanlanadi yoki ularni loyihalash uchun texnik topshiriq tuziladi, yig’ish jihozining ish maromi o’rnatiladi, operatsiyaning vaqt me’yori va ishchilarning malakasi aniqlanadi, yig’ish jihozini sozlash sxemalari tuziladi, mahsulot elementlarini yig’ish uchun texnik shartlar belgilanadi.
Yig’ish operatsiyasini loyihalayotib, donali vaqtni qisqartirishga intilish zarur. Bunga yuqori samaradorlikka ega asboblar va tezkor o’rnatishsiqish qurilmalariga ega moslamalarni qo’llash bilan erishiladi.
Bir vaqtning o’zida bir nechta yig’ish asboblari (ko’p asbobli sxemalar) va bir nechta yig’iluvchi obyektlarni mahkamlovchi moslamalar (ko’p o’rinli sxemalar) ni qo’llash katta samara beradi. Asboblarni qo’llash tartibiga bog’liq holda texnik o’tishlarni ketma-ket, parallel va parallel-ketma-ket bajarish sxemalari qo’llaniladi; ko’rsatilgan alomatlarni umumlashtirish eng kam samarali usullar (bir o’rinli, bir asbobli, ketma-ket) dan – eng yuqori samarali usullar (ko’p o’rinli, ko’p asbobli, parallel) gacha bo’lgan bir qator sxemalarni taqdim qiladi.
Mexanizatsiyalashgan yig’ish asboblari (vintburagich va gaykaburagichlar, pnevmobolg’achalar, presslash uchun ko’chma qurilmalar va b.) ni qo’llash mehnat samaradorligining sezilarli ortishiga olib keladi.
Yirik seriyali va yalpi ishlab chiqarish sharoitida yuqori samarali yig’ish jihozi (yig’ish avtomatlari va yarim avtomatlari, avtomatik va yarim avtomatik qatorlar) keng qo’llaniladi. Texnologik o’tishlarni
konsentratsiyalash usuli bilan samaradorlik 5 barobar va undan ko’proq ortadi va ishlab chiqarish maydonlariga bo’lgan ehtiyoj 2-3 marta qisqaradi.
Texnologik hisoblar asosida yig’ish operatsiyalarini bajarish sharoiti (presslash kuchi, parchinlash kuchi, qizdirish harorati) o’rnatiladi, yig’ish jihozi va aslahalarning asosiy xarakteristikalari va o’lchamlari (pressning kuchi, qizdirish qurilmalarining harorati va ish bo’shlig’ining hajmi) aniqlanadi, yig’ish jihozining ish maromi belgilanadi.
Yig’ish operatsiyalarining vaqt me’yorlari o’tishlar va usullarni umumlashtirish imkonini hisobga olgan holda yig’ish o’tishlari bo’yicha aniqlanadi. O’tishlarning davomiyligi ish joyiga xizmat ko’rsatish vaqti va ishdagi tanaffuslar vaqtlarini hisobga olgan holda operativ vaqt normativlari bo’yicha o’rnatiladi.

Yüklə 360,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin