1-ma’ruza Kirish. Avtomobillarni ishlab chiqarishning o‘ziga xosliklari


Yig’ish jarayonlarining o’ziga xosliklari, mahsulotning berilgan sifatini ta’minlash metodlari



Yüklə 360,31 Kb.
səhifə50/65
tarix24.12.2023
ölçüsü360,31 Kb.
#192864
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   65
1 ma’ruza Kirish Avtomobillarni ishlab chiqarishning o‘ziga xos

2. Yig’ish jarayonlarining o’ziga xosliklari, mahsulotning berilgan sifatini ta’minlash metodlari
Yig’ish texnologik jarayoni mahsulotning yig’ma chizmasi va uni qabul qilishning texnik shartlari asosida, shuningdek, mahsulotni ishlab chiqarish dasturini hisobga olgan holda loyihalanadi. Ushbu mahsulot
konstruksiyasining texnologiyabopligini yaxshilash bo’yicha tavsiyalar, yig’ish va ko’tarish-tashish jihozlarining kataloglari, yig’ish texnologik moslamalarining albomlari, yig’ish ishlarini me’yorlash bo’yicha normativlar o’rganiladi, o’xshash mahsulotlarni yig’ish bo’yicha misollar ko’rib chiqiladi.
Texnologik ishlab chiqishlar (ishlanmalar) ning maqsadi – mahsulotni yig’ish jarayonlarini batafsil tavsiflash, ishlab chiqarish uchun zaruriy vositalar, maydonlar, ishchilar soni, mahsulotni yig’ishning mehnat sarfi va tannarxini aniqlashdan iborat bo’ladi. Texnologik jarayonlar yangi korxonalarni loyihalash va mavjud korxonalarni rekonstruksiya qilish, shuningdek, yangi mahsulotlarni ishlab chiqarishni tashkil qilish paytida ishlab chiqiladi.
Ishlab chiqish umumiy va uzelli yig’ish texnologik sxemalarini tuzish bilan yakunlanadi (1-rasm), ularda mahsulot va uning tashkiliy qismlarini yig’ish marshruti yaqqol shaklda aks etadi. Yig’ishning texnologik sxemalari mahsulotning yig’ma chizmalari asosida tuziladi. Mahsulot namunasining mavjud bo’lishi texnologik sxemalarni tuzishni osonlashtiradi. Ushbu holda yig’ishning optimal ketma-ketligi uni sinov bo’laklash usuli bilan aniqlanishi mumkin. Bo’laklanmagan holda yechib olinuvchi elementlar, mahsulotning keyinchalik uzelli yig’ish texnologik sxemalari tuziladigan qismlari bo’lib hisoblanadi; alohida yechib olinuvchi detallar esa mahsulotni umumiy yig’ish sxemasiga kiruvchi elementlar bo’lib hisoblanadi.

1-rasm. Mahsulotni umumiy yig’ish texnologik sxemasi
Shundan keyin umumiy va uzelli yig’ish texnologik sxemalari tuziladi. Bunda mahsulot yig’ma birliklarga ajratiladi.
Detal – mahsulotning birlamchi elementidir. Uning alohida belgisi – unda ajraluvchi va ajralmas birikmalarning bo’lmasligidir.
Bazaviy element deb yig’ish boshlanadigan detal (uzel) ga aytiladi.
Zamonaviy mashinasozlikda yig’ish umumiy va uzelli shakllarga
ajratiladi.
Mahsulotning har bir elementi uchta qismga ajratilgan to’g’ri to’rtburchak shaklidagi sxemada shartli ravishda belgilanadi. To’g’ri to’rtburchakning yuqorigi qismida elementning nomi, chap pastki qismida – uning indeksi, o’ng pastki qismida esa – yig’iluvchi elementlar soni
ko’rsatiladi.
Elementlar indeksi chizmalar va spetsifikatsiyalardagi detallar va uzellarning raqamlariga mos keladi.
Tanlangan marshrutlar asosida mahsulotni uzelli va umumiy yig’ish texnologik sxemalari ishlab chiqiladi.
Yig’ish texnologik sxemalari mahsulot va uning uzellari tuzilishini va ularni komplektlash tartibini aks ettiradi, yig’ish jarayonlarini ishlab chiqishni soddalashtiradi va uzelli yig’ish prinsipiga rioya qilishning to’liqligi masalasida mahsulot konstruksiyasining texnologiyabopligini baholashga imkon beradi. Yig’ish texnologik sxemalari operatsiyalarning mazmuni haqidagi qo’shimcha yozuvlar bilan ham ifodalanishi mumkin
(payvandlansin, birgalikda parmalansin va razvyortkalansin, tirqish rostlansin va sh.k.).
Agar mahsulot bir qancha o’lchamlar zanjiriga ega bo’lsa, unda yig’ishni zvenolari boshqa nisbatan oddiyroq zanjirlardan tarkib topuvchi, eng murakkab va javobgar zanjirdan boshlash lozim bo’ladi. Yig’ish o’lchamlar zanjirining berkituvchi zvenosini hosil qiluvchi elementlarni yig’ish bilan yakunlanadi.
Yig’ish sxemalarining yakuniy variantlari marshrutlarni ishlab chiqish bosqichida aniqlashtiriladi.
Agar berkituvchi zvenoning dopuski ushbu o’lchamlar zanjirining barcha boshqa zvenolari dopusklarining yig’indisiga teng yoki undan katta bo’lsa, unda yig’ishning eng yuqori samaradorlikka ega turi – to’liq o’zaroalmashinuvchanlik metodi qo’llaniladi.
Ko’p zvenoli zanjirlar va berkituvchi zveno dopuskining katta bo’lmagan qiymatlari hollarida yig’ishda ba’zida qisman (noto’liq) o’zaroalmashinuvchanlik metodi qo’llaniladi. Bu holda muayyan foizda yaroqsiz mahsulot olish xavfiga ruxsat beriladi.
1 % dan kam yaroqsiz mahsulot olish xavfi va zvenolar soni oltitadan ortiq hollarda zvenolar tashkil qiluvchilarining dopusklarini 1,5-2 marta kengaytirish mumkin. Bu holda detallarga ishlov berish aniqligining pasayishidan tejalgan mablag’lar katta bo’lmagan miqdordagi sifatsiz mahsulotlarni bo’laklash va ularni o’lchamga yetkazish uchun zarur bo’lgan, ishlab chiqarish to’xtalishlari sarflaridan ortib ketishi mumkin.
Berkituvchi zvenoning yuqori aniqligi va kam zvenoli zanjirlar hollarida guruhli o’zaroalmashuvchanlik metodi qo’llaniladi.
Agar sanab o’tilgan metodlar nojoiz bo’lsa, unda yig’ish moslash yoki rostlash bilan amalga oshiriladi. Birinchi holda mahsulotning chizmalarida qaysi sirtlar bo’yicha moslash bajarilishi bayon qilinadi. Ikkinchi holda mahsulot konstruksiyasida mos kompensator nazarda tutiladi. Moslash va rostlash ishlari yig’ishning mehnat sarfini orttiradi.

Yüklə 360,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin