1-ma’ruza Kirish. Avtomobillarni ishlab chiqarishning o‘ziga xosliklari


Avtomobillarni yig’ish ularni ishlab chiqarishning yakuniy bosqichi



Yüklə 360,31 Kb.
səhifə49/65
tarix24.12.2023
ölçüsü360,31 Kb.
#192864
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   65
1 ma’ruza Kirish Avtomobillarni ishlab chiqarishning o‘ziga xos

Avtomobillarni yig’ish ularni ishlab chiqarishning yakuniy bosqichi
sifatida
Reja:
  1. Avtomobillarni yig’ish ularni ishlab chiqarishning yakuniy bosqichi sifatida.


  2. Yig’ish jarayonlarining o’ziga xosliklari, mahsulotning berilgan sifatini ta’minlash metodlari.


  3. Yig’ma birikmalar turlari. Yig’ish operatsiyalarini mexanizatsiyalashtirish vositalari.




1. Avtomobillarni yig’ish ularni ishlab chiqarishning yakuniy bosqichi sifatida
Zamonaviy avtomobilsozlik funksional xususiyatlari, texnik va iqtisodiy parametrlari bir-biridan farq qiluvchi, keng nomenklaturadagi mahsulotlarni ishlab chiqaradi. Bu o’rinda ishlab chiqarishni rivojlantirishning ikkita tendensiyasi yaqqol ajralib turadi: iste’molchining barcha talablarini ta’minlash uchun ishlab chiqariladigan mahsulotlar nomenklaturasini kengaytirish va ularni yangilash muddatlarini qisqartirish.
Birinchi holda qo’yilgan masala xos (tipaviy) uzellar to’plamidan turlicha iste’mol xususiyatlariga ega mashinalarni yig’ishga imkon beruvchi, blokli-modulli prinsip bo’yicha mahsulotlar konstruksiyalarini yaratish bilan hal qilinadi. Ikkinchi yo’nalishdagi masalalar esa turlicha mahsulotlarni minimal resurslar sarfi va bir modeldan boshqasiga o’tishda eng qisqa vaqt sarfini ta’minlovchi texnologiyalarni ishlab chiqish bilan hal qilinadi. Bunda mashinasozlik mahsulotlarining konstruktiv murakkabligi har 15-20 yilda taxminan ikki marta o’sadi, ularning sifati va ishonchliligiga qo’yiladigan talablar ham ortadi.
Mashinasozlik ishlab chiqarishini tahlil qilish texnologik jarayonlarning rivojlanishidagi mavjud, sezilarli nomutanosibliklar ishlab chiqarishni kompleks avtomatlashtirishga to’siq bo’lib turganini ko’rsatdi. Agar zagotovka tayyorlash, mexanik ishlov berish va boshqa ishlab chiqarishlarda texnologik jihozlar parkining strukturasida juda katta o’zgarishlar sodir bo’lgani va bular qo’l mehnatining sezilarli qisqarishi va yuz minglab yarimavtomatlar, avtomatlar, avtomatik qatorlar va uchastkalarni tatbiq qilish hisobiga mahsulot sifatining ortishiga olib kelgan bo’lsa, aksincha, yig’ish ishlab chiqarishida qo’l mehnati hali ham ustunlik qilmoqda.
Yig’ish jarayonining sifati tayyor mahsulot sifatiga bevosita ta’sir qiladi va u avtomatik yig’ishda osonroq ta’minlanadi. Avtomatlashtirilgan yig’ishning yana bir afzalligi – monoton, ba’zida fizik og’ir qo’l mehnatining
bartaraf qilinishida, ya’ni, ishlab chiqarish jarayonlarining insoniylashishidadir. Ushbu ikki holat yig’ish jarayonlarining keng avtomatlashishiga olib keladigandek ko’rinsa ham, hozirgi kungacha avtomatlashtirish darajasi pastligicha qolmoqda. Sanoati rivojlangan mamlakatlarning mashinasozlik zavodlarida har to’rtinchi ishchi yig’ish operatsiyasi bilan band va bunda yig’ish ishlarining katta qismi qo’lda bajariladi.
Yaqinginada yig’ish jarayonlarini avtomatlashtirish ishchi kuchlarining tanqisligi sabab zaruratga aylangan edi. Insonlar yuqori malaka talab qilmaydigan, monoton, zo’riqishli mehnat bilan hattoki nisbatan yuqori oylik maosh to’lansa ham shug’ullanishni hohlamas edilar. Biroq bugungi, ishchi kuchlarning ortiqchaligi sharoitida ham yig’ish uchastkalari va sexlarini ishchi-operatorlar bilan komplektlash muammo bo’lib qolmoqda.
Sanoati rivojlangan mamlakatlarning tajribasi ko’rsatishicha, yig’ish ishlab chiqarishlarini malakali kadrlar bilan ta’minlash muammosi sababli korxonalar yig’ishning yangi tashkiliy shakllarini izlash yoki kompleks avtomatlashtirishga o’tishga majbur bo’lmoqdalar.
Yig’ish jarayoni va uni avtomatlashtirishning turli jihatlarini batafsil tahlil qilish ishlab chiqarishning ushbu sohasidagi bosh muammolarni aniqlashga imkon berdi:
  • mashinalar konstruksiyalari va ular qismlarining avtomatlashtirilgan yig’ish talablariga moslashmaganligi;


  • qo’lda yig’ish operatsiyalarining tarkibini tubdan o’zgartirmay turib, ularni mexanizmlar bilan almashtirishning samarasizligi;


  • avtomatik yig’ish mashinalarining aniqligiga qat’iy talablar va ularning yuqori narxi;


  • yig’ish jihozlarini tezda qayta sozlashning, moslashuvchanlik va ishonchlilikni ta’minlashning qiyinligi.


Ushbu muammolarni samarali hal qilishning kam bo’lmagan misollari mavjud. Ammo, yig’ishni avtomatlashtirishda omadsiz yechimga uchrash imkoni masalan, detallarga mexanik ishlov berish sohasidagiga nisbatan ancha yuqori. Balki shu sababli dunyoda yig’ish mashinalari va qatorlarini ishlab chiqaruvchi korxonalar soni metall kesish dastgohlarini ishlab chiqaruvchi korxonalar soniga nisbatan o’n martalab, hatto yuz martalab kamroqdir.


Yig’ish jarayonlari texnologiyasi va uni avtomatlashtirish – mashinasozlikning eng ilmtalab sohasidir.
Yig’ish – mashinasozlikda ishlab chiqarish jarayonining yakunlovchi bosqichidir, ammo, mexanik ishlov berish texnologik jarayonlari doimo yig’ish texnologiyasiga bo’ysunuvchi bo’lib hisoblanadi, shu sababli istalgan mahsulotni ishlab chiqarish texnologiyasi yig’ish texnologiyasini ishlash bilan boshlanadi. Faqatgina dvigatelni yakunlangan agregat sifatida ko’rib chiqib, har bir alohida detalning vazifasini aniqlash, u uchun talab qilingan aniqlik va sirt g’adir-budirligini o’rnatish, sirtiy qatlam uchun talablarni aniqlash, ya’ni, agregatni tayyorlash va yig’ish uchun texnik shartlarni belgilash mumkin. Mashinani yig’ish texnologiyasi va uzellar hamda alohida detallarning ishini o’rganib chiqib, birikuvchi sirtlarning o’lchamlari dopusklari belgilanadi va yig’ish metodi aniqlanadi.
Yig’ishning mehnat sarfi mahsulotlarni tayyorlashdagi umumiy mehnat sarfining 25-35 % ini tashkil qiladi; katta hajmda rostlash ishlari bajarilganida (donalab va mayda seriyali ishlab chiqarish) u 40-50 % gacha yetishi mumkin.
Yig’ish samaradorligini orttirishning asosiy yo’nalishlari – rostlash ishlarini bartaraf qilish, texnologik jarayonni ratsional qurish, mexanizatsiyalash va avtomatlashtirishdir. Mashinaning konstruksiyasi uzellarni yig’ish va sinashni parallel amalga oshirishga, yig’ish sikli davomiyligini qisqartirishga imkon beruvchi, oldindan yig’ilgan uzellardan yig’ishni ta’minlashi lozim. Texnik shartlarda yig’ish aniqligi, birikish sifati, ularning germetikligi, tutashuvlar bikrligi, rezbali birikmalarni tortish (mahkamlash) momentlari, aylanuvchi qismlarni muvozanatlash (balansirovka) aniqligi va b. ma’lumotlar ko’rsatiladi. Shuningdek, birikmalarni bajarish metodi, yig’ish ketma-ketligi, mahsulotni oraliq (operatsiyalararo) va yakuniy nazorat qilish metodi belgilanadi. Mahsulot konstruksiyasini tahlil qilish asosida yig’ishni soddalashtiruvchi konstruktiv o’zgarishlar nazarda tutiladi. Mahsulotlarni ishlab chiqarishning istiqbolliligi tashxislanadi, chunki yig’ishni mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish darajasi shunga bog’liq bo’ladi.
Konstruktor o’lchamlar zanjiri tutashuvchi zvenolarining berilgan aniqligini ta’minlovchi metodlarni aniqlaydi, ammo, agar texnolog yig’ishning ratsionalroq metodini taklif qilsa bu metodlar o’zgartirilishi mumkin. Detallar va uzellar sonining kamayishi, shuningdek, standart detallar va uzellarni qo’llash mashinani tayyorlash narxini pasaytiradi. Mahkamlash detallari va boshqa detallarni standartlashtirish yig’ish asboblari nomenklaturasini qisqartiradi va yig’ish ishlarini mexanizatsiyalash vositalarini yanada samarali qo’llashga imkon beradi. Shuningdek, mexanizatsiyalashgan yig’ish asbobini detallarning birikish joylariga qulay yetib borishi va ularni yuk ko’tarish mexanizmlari bilan oson ushlab olinishini ta’minlash zarur hisoblanadi.

Yüklə 360,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin