11-ma`ruza: Biotexnologiya va biomuxandislikda standartlash. Reja: 1.Genetik modifikatsiya qilingan organizmlar ishtirokida ishlab chiqilgan mahsulotlarni tayyorlash.
2. Biotexnologiyaning istiqbolli yo`nalishlari.
3. Maxsulotlarni standartlash.
Mavzu bo’yicha asosiy tushuncha va iboralar:genetik modifikatsiya, standartlash, genetik soflik, biopreparatlar.
Ma`ruza mavzusi bayoni Mamlakatga kiritilgan yoki shu mamlakatda ishlab chiqarilgan, shu jumladan, genetik modifikasiya qilingan organizmlar ishtirokida ishlab chiqilgan yoki ulardan olingan mahsulotlarni tayyorlash va sotuvga qo’yish, albatta standartlashtirilgan bo’lishi shart. Rossiya Davlat standarti “Genetik modifikasiya qilingan manbalardan oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish va sotish muammolari” nomli davlat dasturi zarurligi haqidagi taklif bilan chiqdi. Bu hujjatni asosiy vazifasi gen modifikasiyasi orqali ishlab chiqarilgan ozuqa mahsulotlari va xom ashyolari sifatini hamda genetik xavfsizligini standartlashtirish hujjatlari, ishlab chiqarishni nazorat qilish, sinov, saqlash va sotish usullarini, shart-sharoitlarini belgilab beruvchi tegishli me’yoriy va me’yoriy-uslubiy hujjatlar orqali ta’minlashni belgilab beradi. Rossiya Davlat standarti bu sohadagi ilmiy izlanishlarning asosiy ustivor yo’nalishi “Genetik modifikasiyalangan maxsulotlarni standartlash konsepsiyasi” bo’lishi kerak deb hisoblaydi. Konsepsiyaning asosiy mazmuni me’yoriy hujjatlar, sinov usullari va uslublariga o’zgarishlar kiritish, ularga genetik soflikni aniqlash, markirovka qilish ishlari bo’yicha qo’shimchalar lozimligi ko’rsatib o’tilgan.
Biotexnologiyaning zamonaviy rivojlanishida yirik reaktorlarda kechadigan biokimyoviy jarayonlarni har xil manbadan iborat bo`lgan asosga fermentlar yoki mikroorganizmlar hujayralarini immobilizatsiyalangan holda joylashtirish asosida amalga oshirish ulkan imkoniyatlar yaratadi. Biotexnologik sintez jarayonlarini shu yo`sinda tashkil qilish juda qimmatli fermentlar va mikroorganizmlarning hujayralaridan uzoq muddatlarda foydalanish hamda ishlab chiqarishni uzluksiz tashkil qilish imkoniyatini beradi. Immobilizatsiyalangan fermentlardan foydalanib sanoat ishlab chiqarishi miqyosida kraxmaldan fruktozani ajratib olish yo`lga qo`yilgan. Hozirgi paytda ifloslangan oqova suvlarni tozalash va immobilizatsiyalangan tizimlar yordamida glyukoza va qator xo`jalik ehtiyoji uchun zarur bo`lgan moddalarni ajratib olish yo`lga qo`yilmoqda.
Biotexnologiyaning istiqbolli yo`nalishlaridan yana biri gen muhandisligi asosida mikroorganizmlarning yangi shtammlari-produsentlarni yaratish va shu asosda aminokislotalar, shuningdek gormonal va boshqa biofaol preparatlarni ajratib olish muammolarini hal qilish hisoblanadi. Bu xil yo`nalishdagi ishlarning yaqqol misoli sifatida ilk bor insulin, interferon, o`sish gormonlari va boshqa biofaol moddalarni mikrobiologik sintez yo`li bilan ajratib olinganligini keltirib o`tish mumkin. Genetik muhandislik asosida genetik materialni bir xil organizmlardan, jumladan yuqori darajada taraqqiy etgan organizmlardan bir hujayrali organizmlarga ko`chirib o`tkazish orqali amalga oshiriladigan yangi biotexnologik sanoat ishlab chiqarish tarmoqlarini ochish mumkin bo`ladi.
Biotexnologiyaning rivojlanishini istiqbollarida mikrobiologik o`g`itlar va o`simliklarni muhofaza qilish vositalarini assortimenti tamoman yangilanadi va kengayadi, natijada yangidan yangi biopreparatlar ishlab chiqariladi hamda ulardan amaliyotda keng foydalaniladi. Yaqin kelajakda tarkibida kraxmal va sellyuloza bo`lgan mahsulotlardan va sut mahsulotlari chiqindilaridan fruktoza, galaktoza, glyukoza-fruktozali sharbatni enzimatik sanoat ishlab chiqarishi orqali ishlab chiqish yo`lga qo`yiladi.
Biotexnologiyaning rivojlanish istiqbollaridan yana bir yo`nalishi adenozintrifosfat (ATF) ni, ya`ni tirik mavjudotlarning universal akkumulyatorini sanoat miqyosida ishlab chiqarishdan iboratdir. Bu moddani sanoat miqyosida ishlab chiqarish hujayrasiz tizimlarda enzimatik sintezni amalga oshiruvchi biokimyoviy sanoat ishlab chiqarishini yo`lga qo`yish imkonini beradi.
Biotexnologiya kelajakda ishlab chiqarishni xomashyo bilan ta`minlash, qishloq xo`jaligi va oziq-ovqat sanoati chiqindilarini bevosita xo`jaliklarni o`zida yem-oziqa oqsili, yengil o`zlashtiriladigan karbonsuvlar va hayvonlar uchun yem-oziqalarning boshqa xillarini, shuningdek ikkilamchi yoqilg`i (biogaz), o`g`itlar konservantlar ishlab chiqarishni uddasidan chiqadi.