Milliy tashabbuslar. Nanomateriallar va nanotexnologiya masalalarining xavfsizligiga ko‘plab mamlakatlar qatori, O‘zbekiston ham qiziqish bilan qaraydi. Garchan bu muammoni yechish sohasida qilinadigan ishlar unchalik ko‘zga ko‘rinarli bo‘lmasada, yaqin kelajakda bu sohaga e’tibor boshqacha ko‘rinishga ega bo‘ladi. Qo‘shni Rossiya mamlakati (bu mamlakatda ham hozircha nanotexnologiya kuchli rivojlangan emas) misolida shuni aytish mumkinki, 2015 yilning oxiriga kelib nanosanoatning sotishga chiqargan mahsulotlar hajmi – 300 mlrd rub ga teng bo‘lishi bashorat qilinmoqda.
Nanotexnologiya sohasida davlat siyosatini hayotga tadbiq etish maqsadida Rossiyada 2007 yilda nanotexnologiya bo‘yicha korporatsiya tuzilgan. O‘sha yildan boshlab, bu sohada nazorat tizimi tashkil qilingan. Bunda Rossiya fanlar akademiyasi bilan birga davlat tashkilotlari ham ishtirok etadi. 2007 yili Davlat Bosh sanitar vrachining qarori bilan “nanomateriallarni miqdoriy aniqlash va identifikatsiya qilish usullari, xavflilik darajasini baholash usuli va toksikologik tadqiqotlar konsepsiyasi” tasdiqlangan. “Konsepsiya”da nanomateriallarni, nanobo‘lakchalarni va nanotexnologiyalarni aniqlash, ularni klassifikatsiya qilish va ishlatish sohalari ko‘rsatilgan. Shuningdek, bu hujjatda har bir nanomaterialni toksikologiyasini o‘rganish zarurligi ham ko‘rsatib o‘tilgan.
AQSH da 2000 yili 26chi federal agentlikni nanotexnologiya sohasidagi faoliyatini koordinatsiya qiluvchi Milliy nanotexnologik tashabbus (NNI) e’lon qilingan. Bu sohalararo Dastur bo‘lib, u inson salomatligi uchun xavfli bo‘lgan agentlarni zamonaviy toksilogik testlar asosida baholash bilan shug‘ullanadi. Mana shu Dastur doirasida AQSH ni 6ta federal agentligi, nanomateriallardan foydalanishni odam organizmiga zararini (xavfini) nazorat qiladi. Bunday tadqiqotlarni asosi va vazifalaridan biri – nanomahsulotlarni xavfsizligini baholash uchun usullar va normativlar ishlab chiqishdan iborat. AQSHning atrof muhitni muhofaza qilish agentligi (ERA) nanomateriallardan foydalanib, yaratilgan mahsulotlarni ekologik xavfsizligini aniqlash bo‘yicha tadqiqotlar olib boradi.
Yaponiyada ham ishlab chiqariladigan nanomateriallardan paydo bo‘ladigan potensial xavfni baholash bo‘yicha tizimli nazorat ishlari va tadqiqotlar olib boriladi. Nanomateriallarni toksik xususiyatini aniqlash bo‘yicha testlar, xavf-xatarni baholash usullari (asosan nafas olganda) bo‘yicha tadqiqotlar olib boriladi.