1-ma’ruza: Kirish. Biotexnologiya va bioinjeneriyada bioxavfsizlik haqida tushuncha. Biotexnologiyaning rivojlanishi va uning yutuqlari Reja



Yüklə 152,75 Kb.
səhifə23/30
tarix07.04.2023
ölçüsü152,75 Kb.
#94331
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   30
bioxavsizlik

Takrorlash uchun savollar:

  1. Xavfsizlik deganda qanday tushunchalarga egasiz?

  2. Biologik xavflarga qanday omillar sabab bo’lishi mumkinligini izohlab bering?

  3. Xavfsizlikning asosiy prinsiplariga izoh bering?

  4. Biotexnologiyaning harbiy bo’lmagan xavfsizlik aspektlariga ijobiy ta’sirlardan nimalarni bilasi?

  5. Genetik xavf haqida nimalarni bilasiz?


12-ma`ruza: Rivojlangan mamlakatlarda GMO bo’yicha biologik xavfsizlikni nazorat qilishda davlat boshqaruvi.
Reja:
1. Rivojlangan mamlakatlarda GMO maxsulotlari.
2. Biologik xavfsizlikni nazorat qilishda davlat boshqaruvi.
3. Ferment produsentlarini o`stirish
Mavzu bo’yicha asosiy tushuncha va iboralar: oksireduktazalar, trasferazalar, immobilizatsiya, affinli, gel filtiratsiya, gidrolazalar, izomerazalar, ligaza, faollik birligi, alfa-amilaza, betta-amilaza, glyuko-amilaza, pepsin, nordon, neytral va ishqoriy fosfatazalar.
Ma`ruza mavzusi bayoni
AQSh biotexnologiya, xususan, biomuxandislik bo’yicha yetakchi o’rinda turadi. Eng avvalo bunday holat gen muhandisligi, biomuxandislik borasidagi ilmiy hamda ilmiy ishlab chiqarish ishlarini Davlat tomonidan kuchli muhofazasida ekanligi bilan tushuntiriladi. Bundan tashqari, bu mamlakatda gen modifikasiya qilingan organizmlardan ishlab chiqarishda foydalanish bo’yicha kongress qonunlari va prezident farmon va farmoyishlari qabul qilingan. AQShda ekiladigan soyaning yarmi, makkajo’xorining 14 qismini transgen o’simliklar tashkil etadi. AQSh genetik modifikasiya qilingan mahsulot ishlab chiqarish bo’yicha birinchi o’rinda turadi.
AQShning gen modifikasiya qilingan organizmlarni yaratish va ulardan foydalanishni Davlat tomonidan nazorat qilish tizimi boshqa mamlakatlardan (masalan, Rossiyadan) tubdan farq qilmasada o’ziga xos bo’lgan tomonlari bor.
AQShda genetik modifikasiya qilingan organizmlarni Davlat ro’yxatidan o’tkazish uch vazirlikka, ya’ni Sog’liqni saqlash, Qishloq xo’jaligi va Ekologiya vazirliklari javobgarligiga topshirilgan. Bunday organizmlarni ro’yxatga olish yoki olmaslikni aytib o’tilgan vazirliklarning har-biri mustaqil ravishda, bir-birlarining ishlariga aralashmasdan hal qilishlari mumkin. AQShning Qishloq xo’jalik departamenti (USDA), uning veterinariya va o’simliklarni himoya qilish (APHIS) inspeksiyalari tasdiqlangan shartlar va tartiblarga binoan (notifikasiya), genetik modifikasiya qilingan organizmlarni shtatlar orasida yuritishiga, ularni importi yoki atrof-muhitga chiqarish haqida ruxsat beradi. Bu shartlar AQShda 1993 yilda ishlab chiqilgan va hozirgacha o’z kuchini yo’qotgani yo’q.
AQShda biotexnologiya va biomuxandislik bo’yicha aniq va ravshan me’yoriy huquqiy hujjatlarni o’z vaqtida ishlab chiqarilishi va ularni faoliyat ko’rsatishini ta’minlanishi, mamlakatda bu sohani rivojlanishiga olib keldi. AQShda biomuxandislikni bosh yo’nalishi-soya, g’o’za, makkajo’xori, qand lavlagi, kartoshka, pomidor, raps va boshqa o’simliklarni raundap (glifosat) nomli gerbisidga, zamburug’ kasalliklariga va hashoratlarga chidamli bo’lgan navlarini yaratishga qaratilgan. Shuningdek, bu mamlakatda bug’doyning virusli kasalliklariga chidamli gibrid navlarini yaratish bo’yicha faol ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Chidamli gibridlar va navlar yaratish bo’yicha katta muvaffaqiyatlarga Missuri shtatidagi Sent-Luis shahrida joylashgan “Monsanto” firmasi erishgan. Bu firma maxsulotlari butun jahonga yaxshi tanishdir.
Shuni ham aytib o’tish lozimki, AQSh fermerlari gibridlarni ekish, ulardan hosil olish, urug’larini yoki ulardan ishlab chiqariladigan mahsulotlarni sotish bo’yicha hyech qanday muammoga duchor bo’lmaydilar. Gibridlardan foydalangan fermerlar gerbisid va pestisidlarga ketadigan xarajatlar hisobidan juda katta foyda topadilar.
AQShda genetik modifikasiya qilingan va gibridlardan olinadigan oziqa mahsulotlarini maxsus belgilar bilan belgilab qo’yish bo’yicha qarorlar qabul qilinmagan. Xaridorlarning xohish istaklaridan kelib chiqqan holda, belgilarni hohlagan vaqtda, hohlagan sotuv tarmoqlarida qo’yish mumkin. AQShda biotexnologiya bo’yicha maxsus targ’ibot markazi tashkil etilgan va faoliyat ko’rsatib kelmoqda. Bu markazning asosiy vazifasi eng yangi axborot tizimidan foydalanib, biotexnologiya va biomuhandislik bo’yicha axborotlarni izlash, yig’ish va saqlashdan iboratdir.
AQShda biotexnologiyani rivojlantirish bo’yicha Milliy qo’mita va genetik modifikasiya qilingan organizmlar va ulardan olingan mahsulotlarni baholash bo’yicha ekspert kengashi ham faoliyat ko’rsatib kelmoqda. Shuningdek, AQSh hukumatida biotexnologiya muammolari va yutuqlarini muhokama qilish, bu sohaga yordam ko’rsatishda Milliy strategiya ishlab-chiquvchi maxsus komissiya faoliyat ko’rsatadi.
Bu komissiyaning a’zolari qilib, qishloq xo’jaligi, savdo-sotiq, mudofaa, energetika vazirlari, shuningdek, oziq-ovqat maxsulotlari va dori-darmonlar komiteti raislari, ekologiya agentligi rahbari, milliy-ilmiy fond direktori, qator ilmiy tekshirish institut direktorlari, har-xil departamentlarning bo’lim boshliqlari hamda biotexnologiya sohasi bo’yicha yirik olimlar kiritilgan.
Komissiya, hukumatning biotexnologiya va biomuxandislik bo’yicha dastur va umumiy faoliyatini o’rganib, kerak bo’lganda mamlakat Prezidenti hamda kongressga o’z fikr-mulohazalari bilan chiqish huquqiga ega.
AQSh, Rossiya va boshqa mamlakatlarda biologik xavfsizlik bo’yicha xalqaro Kartogen Protokoliga asosan (Cartogena Protocol of Biosafety) hamda Monrealdagi biologik xilma-xillik konvensiyasi doirasida genetik modifikasiya qilingan organizmlar va ulardan olingan mahsulotlarni transportirovka, marketing qilish va ulardan foydalanish bo’yicha kelishuv tayyorlanishi va rotifikasiya qilishi lozim.
Amerika va Yevropaning qator mamlakatlarida genetik modifikasiya qilingan organizmlarni ko’pgina o’simlik va hayvonlar mahsulotlarini harakatini nazorat qilish tizimini monitoring qilish bo’yicha komissiya faoliyat ko’rsatib kelmoqda.
Biotexnologiya va biomuxandislik ishlarida biologik xavfsizlikni ta’minlash borasida yagona xalqaro tizim tashkil etilsa va uni doimiy ravishda mukammallashtirib borish asosida zamonaviy talablarning sharoitlariga moslashtirib borib, barcha mamlakatlarda bir-biriga o’xshagan qonun va qonunosti hujjatlar qabul qilinsa, chiqarilgan davlat hujjatlarini hayotga tadbiq etilishini nazorat qiluvchi va ularni amalga oshiruvchi tegishli tashkilotlar tashkil etilsa maqsadga muvofiq bo’lar edi.


Yüklə 152,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin