1-ma\'ruza. Kirish. Ovqatlanishning yangi nazariyalari
Ochkoli parhez. XX asrning 70 yillarida qator rivojlangan mamlakatlarda, jumladan bizda ochkolli parhez keng tarqalgan bo’lib, uning muallifi olmoniyaylik olim Erna Karize edi. Ochkoli parhez muallifi har bir ovqat mahsulotiga u yoki bu miqdorda ochko belgilaydi. Bunda sutka davomida iste’mol qilingan ovqatning umumiy miqdori ma’lum kattalikdan oshmasligi kerakligini aytadi. 40 ochko o’tirgan holda ish bajaradigan shaxslar uchun va 60 ochko katta energiya. sarflab ishlaydigan shaxslar uchun belgilangan. Ochkoli parhezda qandolat mahsulotlariga ko’p miqdorda ochko belgilanganligini to’g’ri deb hisoblash mumkim. Masalan, tort uchun 60 ochko, 10 g shokolad uchun 54 ochko. Bir qoshiq asalga esa 17 ochko belgilangan, 400 g qora nonga 250 ochko to’g’ri keladi, sabzavot - mevalar va rezavorlarga kam ochko belgilangan. Bir dona kartoshkada - 23 ochko, bitta pomidorda - 6, piyozda - 11, olmada - 18, noqda -23 ochko bor. Bir stakan qatiqqa noaniq sabablarga ko’ra juda yuqori - 13 ochko belgilangan. YUqori kaloriyali qovurilgan g’oz 0 ochko, cho’chqa yog’i va o’simlik yog’ining 20 g miqdori 0 ochko, 20 g sariyog’ yoki margarin - 1ochko olgan. Alkogolli ichimliklarga ochkoli parhez tomonidan keng yo’l ochiladi, chunki aroqning 60 ml siga faqat 1 ochko qo’yylgan. Mahsulotlar qiymati o’ta mantiqsiz va noto’g’ri aniqlangan: alkogolli ichimliklar va hayvon yog’lari ko’p miqdorda odam organizmi uchui zararlidir. Bu esa «ochkoli parhez» bo’yicha hisobga olinmaydi. Qora non, sabzavot va mevalar «ochkoli parhez» talablariga mos keladi, ochkolar yig’indisini sezilarli oshiradi, lekin shunday bo’lsada, ularning miqdorini keskin chegaralash kerak.
Ochkolar yordamida parhez tanlashning noto’g’riligini ikki misol bilan osongina isbotlash mumkin: birinchi holda zarur bo’lgan ochkolar soni asosan uglevodli mahsulotlar (masalan, qandolat mahsulotlari) hisobiga bo’lsa, ikkinchi holda esa faqat oqsilli mahsulotlar (masalan, go’sht) hisobiga yig’iladi. Birinchi holda tezda distrofiya belgilari paydo bo’ladi, ikkinichi holda esa buyrak xastaligi belgilari rivojlanadi.
Kyoltirilgan misollar shuni yaqkol ko’rsatadiki, ovkatlanishning to’la qimmatliligini ochkoli parhez hisobiga ko’garish boshqa ko’rsatkichlarning nazarimizdan chetda qolishiga sabab bo’ladi. Bular oqsil miqdori va sifati, uglevod va yog’larning miqdori va sifati, vitaminlar va miieral moddalardir. To’la qimmatli ovqatlanish esa ovqatning uglevodlar, yog’lar va oqsillar miqdori va sifati, darmondori va mineral moddalar miqdori bo’yicha o’zaro muvozanatlashishini ko’zda tutadi.
Faqachgina qandaydir bir ko’rsatkich ochko sanash asosida ratsion tanlash umuman olganda noto’g’ri va sog’liqqa zarardir.