Sharq tabobati rivoji 15 – 16 asr:Yusuf ibn
Muhammad al ‐Hanafiy
Gippokrat (miloddan avvalgi 460-375 y) tashqi muhit omillari (iqlim, tuproq, suv)ni jismoniy va
ruhiy shakllanishga taʻsiri to„g„risida fikr yuritgan. U odamning xulq-atvori, his-tuyg„usi turlicha
bo„lishini o„rganib, temperament (mijoz) haqida asar yozgan va odamlarni to„rt xil mijozga bo„lgan.
Galen (miloddan avvalgi 134-211 y) maymunlarda tajribalar o„tkazib, anatomiya, fiziologiyaga
katta hissa qo„shgan.
Markaziy Osiyo xalqlarining tibbiyotga oid yozma maʻlumotlari IX-X asrlarga (bizning
eramizgacha) tegishli. Bunday maʻlumotlar Eron va Markaziy Osiyo xalqlarining iloxiy kitobi bo„lgan
“Avesto”da hamda loydan yasalgan jadvalda o„z ifodasini topgan. Avesto markaziy Osiyo xalqlari
tibbiyotiga oid yozilgan birinchi maʻlumot bo„lib hisoblanadi. O„rta asrlar davomida sharq
mamlakatlarida ilm va fan juda rivojlandi. Shu davrda jaxonga tanilgan ko„pgina olimlar yashab, ijod
qilganlar.
“Fiziologiya va inson salomatligi” fаnini o‟rgаnаr ekаnmiz, bu fаnning umumаn tibbiyot fаnining
rivоjigа ulkаn hissа qo‟shgаn vаtаndоshlаrimizni eslаshimiz lоzim.
Abu Bakr ibn Axaviy Buxoriy o„zining “Xidoyat” (tibbiyotni o„rganuvchilarga qoʻllanma) kitobida
kattalar va bolalarda uchraydigan ko„pgina kasalliklar va ularni davolashda qoʻllaniladigan dorilar xaqida
maʻlumotlar bergan.
Abu Nosir Muhammad Al-Forobiy tibbiyotga ko„p yangiliklar kiritgan. U nervlarni sezuvchi va
harakatlanuvchi nervlar boshqaradi deb taxmin qilgan.
Ismoil Jurjoniy (1080 – 1141) mohir tabib sifatida tanilgan. Uning kasallikni aniqlash usullariga oid
“Tibbiyot usullari” kabi kitoblari ma‟lum va mashxur bo„lgan. U odam sog„lig„ini saqlash uchun zararli
taʻsir etuvchi barcha narsalarni yo„qotish lozim deb yozadi.
Abu Bakr ar-Roziy (865-925) “Organlar funksiyalari” nomli kitobida odam tanasidagi barcha