1 Ma`ruza Mavzu: Fiziologiya va inson salomatligi fanining predmeti, maqsadi va vazifalari Reja



Yüklə 401,03 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/7
tarix04.04.2023
ölçüsü401,03 Kb.
#93253
1   2   3   4   5   6   7
1 Ma`ruza Fiziologiya

Texnika fanlari bilan fiziologiyaning o‟zaro aloqasi va hamkorligi hozirda yaggol sezilmoqda. 
Bir tomondan murakkab texnikani boshqaruvch inson ongi muammosini yechishda, ikkinchi tomondan, 
fiziologik hayotning murakkab girralarini ochishda maxsus texnik vositalardan foydalanish zarurati bu 
ikki yo‟nalishning erishgan yutuqlarini birlashtirishni nazarda tutadi. 
Murakkab zamonaviy texnika sir-asrorlarini bilish, uning jamiyat va fan ravnaqiga xizmatini 
ta‟minlash o‟ta dolzarb masala va inson aqliy va jismoniy salohiyatini oqilona sffarbar qilinishini 
taqozo etadi. 
3. 
 “Fiziologiya va inson salomatligi” fanining rivojlanish tarixi va barkamol 
avlodni tarbiyalash jarayonida tutgan o‟rni. 
Inson sog„lig„ini muhofaza qilish va mehnat qobiliyatini ko„tarish haqida g„amxo„rlik qilish 
muhim davlat vazifalaridan biri hisoblanadi. Bu vazifalarni hal etishda, jumladan, kasalliklarning oldini 
olish, sog„lom turmush tarzini targ„ib qilishda tibbiyot xodimlari bilan bir qatorda pedagoglar ham katta 
kuch bo„lib xizmat qiladilar. 
Zamonaviy bilim berish uchun avvalo murabbiy o„sib, rivojlanib kelayotgan avlodning turli 
davrlardagi o„zgarishlarini, tashqi muhit sharoitining bola organizmiga taʻsirining gigienik ahamiyatini 
bilib olgandagina o„quv-tarbiya jarayonini to„g„ri tashkil eta oladi. 
Avlodni jismonan sog„lom, aqliy va ruxiy jihatdan tetik, qaddi-qomati kelishgan qilib tarbiyalash 
uchun har qanday o„qitish shaklidagi bilim muassasalari tarbiyachi va o„qituvchilari “Fiziologiya va inson 
salomatligi” fani asoslari haqidagi bilimga ega bo„lishlari kerak. 
O„qituvchi bolalar va o„smirlarning anatomik-fiziologik xususiyatlarini o„rganar ekan, ayrim tizim 
va organlarning (suyak-muskul, nafas olish, qon aylanish va nerv sistemasi, sezgi organlari, oshqozon-
ichak trakti, ichki sekretsiya bezlari, ayiruv organlari) tuzilishi, xususiyatlari hamda ularning faoliyatlari 
gigienasi bilan tanishadi. Ayniqsa, uyqu va aqliy mehnatni maqsadga muvofiq ravishda tashkil qilish, 
o„quv yuklamalarini o„quvchining yoshiga mos ravishda belgilash uchun nerv sistemasining o„ziga xos 
yosh xususiyatlarini bilish juda muhimdir. O„sib, rivojlanib kelayotgan bolalar va o„smirlar anatomiyasi 
va fiziologiyasini bilmay turib, o„quvchilar shaxsiy gigienasi, darsdan tashqari ishlar gigienasi va o„quv 
tarbiyaviy ishlar gigienasi masalalarini yechib bo„lmaydi. 
Organizmdagi har bir sistemaning fiziologiyasi va gigienasi aniq tadbirlarni boshqarishni, masalan: 
suyak-muskul sistemasining gigienasi, harakat rejimini, partada to„g„ri o„tirish, ishlash jarayonida 
gavdani to„g„ri tutish, yozayotganda qoʻl barmoqlarini ishlatilishini meʻyorga solish va hokazolarni talab 
etadi. Bu tadbir choralarni yo„lga qo„yish, ularga rioya qilish, o„sib rivojlanib kelayotgan bolalarni 
salomatligini mustahkamlashga, uni muhofaza qilishga va turli kasalliklarni oldini olishga imkon beradi. 
“Fiziologiya va inson salomatligi” fani talabalarga, bo„lajak o„qituvchilarga rivojlanayotgan 
organizm organ va sistemalarining o„ziga xos yosh xususiyatlari, uning tashqi muhit bilan o„zaro 
bog„liqligi, bolalar va o„smirlarda uchraydigan turli kasalliklar va ularni oldini olish yo„llarini 
o„rgatishda, bilimga ega qilishda katta ahamiyatga ega. 
“Fiziologiya va inson salomatligi” fanining asosiy maqsadi – yosh avlodning zuvalasini pishiq 
qilib, jismoniy va maʻnaviy jihatdan uyg„un rivojlanishini taʻminlashdan iborat. 
“Fiziologiya va inson salomatligi” fanining rivojlanish tarixi. Odamning hayot faoliyati 
eramizdan avval yashab, ijod etgan olimlar tomonidan o„rganilgan. Bunday olimlardan Bukrot 
(Gippokrat), Arastu (Aristotel), Galen va boshqalarni eslash mumkin. 



Yüklə 401,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin