1-Ma’ruza Mavzu. Mahsulot omborlari uskunalari reja



Yüklə 1,45 Mb.
səhifə37/56
tarix07.01.2024
ölçüsü1,45 Mb.
#201279
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   56
BOYITISH FABRIKALARNING MEXANIK DASTGOXLARI

Nаzоrаt uchun sаvоllаr:

  1. Sеgrigаtsiya dеb nimаgа аytilаdi?

  2. Cho’ktirish mаshinаlаrining qаysi turlаrini bilаsiz?

  3. Cho’ktirish mаshinаlаrining аsоsiy pаrаmеtrlаri nimаdаn ibоrаt?

  4. Minеrаl zаrrаlаrni kоnsеntrаtоrlardа bоyitish nimаgа аsоslаngаn?


12-Ma’ruza
Mavzu: Flоtаtsiоn mаshinаlаrning turlаri. Mexanik flotatsion mashinalar
Reja:

  1. Mexanik flоtаtsiya mаshinаlаri

  2. Penovmatik flоtаtsiya mаshinаlаri

  3. Pnеvmоmехаnik flоtаtsiya mаshinаlаri

Hozirgi vaqtda sanoatda bir necha yuzlab har xil tuzilishga ega bo'lgan flotatsion mashinalar ishlatilmoqda. Flotatsion mashinalarni asosan bo'tanani aeratsiyalash usuliga qarab tasniflash qabul qilingan. Flotatsion mashinalarning turlari 12.1-jadvalda keltirilgan.


12.1-jadval. Flotatsion mashinalarning klassifikatsiyasi



Turi

Bo'tanani aeratsshlash usuli

Konstruktiv jihati

Mashinalar

I

Mexanik

Bo'tanani impeller aylanishidan so'rilgan havo yordamida

1.Parrakli impeller.
2.Rotorli impeller

«Mexanobr» MFU-63, «Gumbold», «Minamet», «FaGerGren»

II

Penovmatik

Bo'tanaga havo purkash yo'li bilan

1.Aerolift.
2.Bo'tanani ko'pik qatlamiga berish.
3.Kalonna turidagi kamerali.
4.Havoni mayda teshikchalar orqali berish.

Chuqur «Mexanobr», ko'pikni saralagich kalonnali «Apatit».

III

Penovmomehamik

I va II usullar birgalikda

1.Barmoqli aerator.
2.Titirama aerator.
3.Bo'tanani devor oldi qatlamini parchalovchi qurilma

«Mexanobr» barmoqli aerator bilan titratuvchi (vibratorli) aerator, uchli aerator

IV

Bo'tanada bosimni kamaytiruvchi

Eritmadan gazlarni ajratish yo'li bilan

1.Bo'tanani ustida vakuum hosil qilish.
2.Bo'tanani bosim ostida havo bilan to'yintirish va bosimni kamaytirish

Vakuumli, kompressorli

V

Elektroflotatsiya

Suvni elektrolizlash

-

Elektroflotatsion

Bundan tashqari, flotamashinalarni bo'tananing mashinalarda harakat yo'nalishiga qarab tasniflash mumkin. Ular uch turga bo'linadi: korita shaklidagi mashinalar, umumiy sathli va kamerali flotamashinalar (34-rasm).



bo’tana

bo’tana

bo’tana

ko’pik

ko’pik

bo’tana

boyitma

boyitma

boyitma

chiqindi

chiqindi

12.1-rasm. Flotatsiya mashinalari turlari: a)- korita turidagi mashina; b) – umuiy sathli mashina; v) – kmera turidagi mashina.

Korita shaklidagi mashinalar yaxlit bo'lib, uzunasiga cho'zilgan. Flotatsiyaga tayyorlangan bo'tana mashinani bir tomonidan beriladi va u qarama-qarshi tomonga harakat qiladi, chiqindi esa ikkinchi tomonidan chiqib ketadi. Ko'pik esa koritaning uzunasi bo'yicha hamma yeridan, uning ikkala qirg’og’i (borti) ga o'rnatilgan novga tushiriladi. Bo'tanani sathi kameraning hamma yerida bir xil bo'ladi (34-rasm, a).


Umumiy sathli mashinalarni, koritali mashinalardan farqi – uzun korita to'siq bilan bo'linma (otsek) larga bo'lingan. Har bir bo'linmada aeratsiyalovchi qurilmalar o'rnatilgan (12.1-rasm, b).
Kamerali turdagi mashinalar, juftlangan yoki alohida kameralardan iborat bo'lib, maxsus qurilmali tuynuklar yordamida bo'tana birinchisidan ikkinchisiga o'tishi va har bir kameradagi bo'tana sathini ko'tarishi yoki pasaytirishi mumkin.
Koritali mashinalar - pnevmatik, kompressorli va elektroflotatsiya mashinalariga bo'linadi.
Kamerali mashinalarni – pnevmatik, mexanik va pnevmamexanik turlari mavjud.

Yüklə 1,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin