Filtrlаrning tuzilishi, ishlаsh prinsipi vа tехnik хаrаktеristikаsi.
Filtrlаsh jarayonida ishlаtiladigan dastgohlar. Hozirgi vaqtda sanoatda ishlatilayotgan filtrlash dastgohlarining xilma-xil turlari bor. Ular texnologik maqsadlarga, bosimlar farqini hosil qilish usuliga, filtr to’siqlarning turiga boshqa xususiyatlariga qarab tasniflashi mumkin [5].
Barcha turdagi filtrlash dastgohlari filtrlash yuzasining harakatiga qarab ikki xil bo’ladi.
1. Harakatsiz filtrlash yuzasiga ega bo’lgan filtrlar, ramali va kamerali filtr presslar.
2. Harakatli filtrlash yuzasiga ega bo’lgan, filtrlar, diskli va tasmali filtrlar. Bundan tashqari, filtrlar (barabanli vakuum filtrlar, diskli va lentali filtrlar), bundan tashqari, filtrlar ishlash maromiga ko’ra davriy va uzluksiz ishlaydigan bo’ladi.
Harakatsiz filtrlash yuzasiga ega bo’lgan filtrlar. Filtr - press plita va ramalarning soni 22 tadan 42 tagacha bo’ladi. Ramalarning qalinligi 25 – 46 mm. Plita va ramalar yon tomondan ikkita parallel joylashgan sterjenga o’rnatiladi.
Har bir plitaga filtrlovchi gazlama kiydiriladi. Rama va plitalar gidravlik qurilma – plunjer hosil qilgan bosim yordamida siqiladi.
Suspenziya kanalcha orqali ramaning ichiga kirib, filtrlovchi materialdan o’tadi, so’ngra yuzasidagi ariqchalar orqali pastga tushadi.
Filtrlash plitaning pastki qismida joylashgan kanalcha orqali chiqib, umumiy tarnovga tushadi. Ramaning ikki qismi cho’kma bilan to’lganda, suspenziya berish to’xtatiladi. Shundan so’ng yuvish uchun suv beriladi yuvish jarayoni tugagach, bo’lgach, qo’zg’aluvchan plita chapga surilib, cho’kma tushiriladi. Shunday qilib, filtr-pressning ish sikli quyidagi jarayonlardan iborat bo’ladi:
16.3-rasm. Filtr-press
1-plitalar; 2-ramalar; 3-tayanch sterjen; 4-qo’zg’almas plita; 5- harakatlanuvchi plita; 6-gidravlik sistema; 7- suspenziya beriladigan shtutser; 8-yuvuvchi suyuqlik beriladigan shtutser; 9- filtrat chiqadigan shtutser.
Filtrlash plitaning pastki qismida joylashgan kanalcha orqali chiqib, umumiy tarnovga tushadi. Ramaning ikki qismi cho’kma bilan to’lganda, suspenziya berish to’xtatiladi. Shundan so’ng yuvish uchun suv beriladi yuvish jarayoni tugagach, bo’lgach, qo’zgaluvchan plita chapga surilib, cho’kma tushiriladi. Shunday qilib, filtr-pressning ish sikli quyidagi jarayonlardan iborat bo’ladi:
- ishga tayyorgarlik ko’rish;
- filtrlash;
- yuvish;
- filtrdan cho’kmani ajratib olish.
Bunday davriy ishlaydigan filtr jarayonlarni ishlatish og’ir jismoniy qo’l mehnatini talab qiladi, 30% vaqt yordamchi ishlarni bajarish uchun sarflanadi va bu filtratda ko’p miqdorda gazlamalar sarf bo’ladi.
Uzluksiz ishlaydigan filtrlash dastgohlari bu kamchiliklardan holidir. Bu dastgohlarda filtrlash, cho’kmani quritish, yuvish, ajratib olish kabi jarayonlar bir vaqtning o’zida olib boriladi. Bunday dastgohlarga vakuum ostida ishlaydigan barabanli, diskli, tasmali filtrlar kiradi.
Harakatli filtrlash yuzasiga ega bo’lgan, filtrlar Boyitish fabrikalarida barabanli vakuum-filtlar ishlatiladi.
Barabanli vakuum-filtlar asosan, bo’tanani suvsizlantirish maqsadida ishlatiladi.
Filtrning asosiy qismi diametri 3000 mm gacha, uzunligi 5400 mm bo’lgan gorizontal barabandan iborat. Barabanli o’qqa o’rnatilgan podshipnik va elektr dvigatel orqali asta-sekin aylanma harakat qiladi. Barabanning 1/2 qismi suspenziyali maxsus vannaga tushirilgan bo’ladi. Vannada silkinib turuvchi aralashtirgich suspenziya tarkibining bir xil bo’lishligini ta’minlab, undagi qattiq zarrachalarning cho’kmaga tushishga yo’l qo’ymaydi. Baraban ikkita silindrdan tuzilgan. Tashqi silindr g’alvirsimon bo’lib, uning ustiga metalldan yasalgan sim to’r o’rnatilgan bo’ladi [2].
16.4-rasm. Barabanli vakuum-filtr.
1- teshikli metall baraban ; 2- simli to’r ; 3- filtr gazlama ; 4- barabanda hosil bo’lgan cho’kma ; 5- cho’kmani tushirib turuvchi pichoq ; 6- suspenziya quyilgan tog’ora ; 7- tebranuvchi aralashtirgich ; 8- yuvuvchi suyuqlik uzatadigan qurilma ; 9- harakatlanuvchi qismlar bilan birlashtiruvchi trubalar ; 10 - 11- bosh taqsimlagich ; 12- bosh taqsimlagichning o’zgarmas qismi .
Sim to’rning ustiga filtr materiali qoplangan. Barabanning filtrlovchi to’siqlaridan filtrat vakuum ta’sirida so’rib olinadi. Filtrning ustki qismida suspenziyadagi qattiq zarrachalar cho’kma qatlamini hosil qiladi. Bu cho’kma pichoq yordamida barabanning ustki qismidan ajratib olinadi. Barabanning ichki qismi to’siqlar yordamida alohida sektorlarga ajratilgan. Sektorlarning soni 8; 12 va 32 ta bo’lishi mumkin. Kanallar o’z navbatida filtrlash jarayonining barcha sikllarini bevosita avtomatik tarzda boshqaruvchi maxsus qurilma - bosh taqsimlagich bilan biriktiriladi. Bosh taqsimlagichda ikkita disk bo’lib, biri aylanma harakat qiladi, ikkinchisi esa qo’zg’almas qilib biriktirilgan.
Aylanma diskda bir qancha teshiklar bo’lib, ular barabanning sektorlariga kanallar orqali trubalar bilan biriktiriladi. Qo’zg’almas diskdagi teshiklar trubalar orqali vakuum nasos hamda filtratni ajratib oluvchi va yuvuvchi suyuqlik bilan cho’kmani ajratish hamda filtr to’qimalarini tozalash uchun siqilgan havo beruvchi qurilma bilan ulangan bo’ladi [5].
16.5- rasm. Vakuum-filtr taqsimlovchi kallagining tuzilish sxemasi
1 –bo’sh val; 2,3 – shaybalar; 4 – taqsimlovchi kallak; 5 – bolt;
6 – prujina; 7 – quvur; 8,9,10,11,12 – patrubkalar.
Aylanuvchi diskning har bir teshigi disk aylanganida birin-ketin qo’zgalmas diskning teshiklari bilan ulanadi. Shuning uchun baraban bir marta aylanma harakat qilganida filtrlash jarayonining barcha bosqichlari bajariladi. Masalan, aylanuvchi diskning teshigi qo’zgalmas diskning kattaroq bo’lagi teshigi 3 ga to’g’ri kelganda baraban sektorlari vakuum nasos bilan ulanadi va filtrlangan suyuqlik maxsus idishga tushadi.
Baraban aylanishi bilan qo’zgaluvchan diskning teshiklari birin-ketin qo’zg’almas diskning 4 va 5 teshiklariga to’g’ri kelganda baraban sektorlarining yuvuvchi suyuqlik manbalari bilan ulanib, cho’kma yuviladi. Keyin esa qo’zgaluvchan diskning teshiklari 6 va 7 to’g’ri kelganda baraban sektorlari siqilgan havo trubalari bilan ulanib, cho’kma quritiladi va filtr yuzasi odatda 5……40m2 bo’ladi.
Bunday filtrlar og’irlik kuchi ta’sirida sekin cho’kuvchi bo’tana tarkibidagi qattiq zarrachalarni ajratish uchun ishlatiladi. Bu filtrlarning quyidagi kamchiliklari bor: filtrlash yuzasi katta bo’lgani uchun katta joyni egallaydi, dastgohning bahosi nisbatan qimmat turadi.
Dostları ilə paylaş: |