18-Ma’ruza
Mavzu: Changsizlantirish uskunalari va nasoslar
Reja:
Changsizlantirish jarayoni haqida ma'lumot.
Changsizlantirishda ishlatiladigan dastgohlar
Changsizlantirish jarayoni haqida ma'lumot. Changsizlantirish deb qattiq zarrachali changlarni ventilyator yordamida so’rib ushlash jarayoniga aytiladi. Chang deb o’z tarkibida qattiq moddaning mayda zarrachalarini tutgan gaz sistemalariga aytiladi, chang odatda qattiq moddalarni meхanik usullar bilan maydalash, yanchish va bir joydan ikkinchi joyga uzatish vaqtida hosil bo’ladi. Sanoat changlarining o’lchami 0,001 dan 0,1 gacha bo’ladi [20].
Tutunlar tarkibida o’lchami 0,3 - 5 mkm ga teng bo’lgan qattiq modda zarrachalari bo’ladi. Tutunlar bug’ yoki gazlarning suyuq yoki qattiq holatiga, kondensatsiyalanish jarayoni orqali o’tishdan hosil bo’ladi. Bundan tashqari tutunlar qattiq yoqilg’ilarning yonishi paytida hosil bo’ladi. Chang tutun, tumanlar, aerodispers sistemalar yoki aerozollar deb yuritiladi.
Boyitish fabrikalari bo’limlarida asosan tayyorlash jarayonida teхnologik changlar paydo bo’ladi, ular asosan shu qazilma boyliklarining juda kichik zarrachalari hisoblanib, havoda muallaq harakatlanadi.
Teхnologik changlar.Changlar birlamchi va ikkilamchi changlarga bo’linadi. Birlamchi chang bu teхnologik va transport dastgohlarida ish vaqtida ajraladigan chang bo’lsa, ikkilamchi changlar bo’lsa, dastgohlarda o’tirib qolgan changlardir. Ko’pchilik fabrikalarda, ayniqsa quruq usulda boyitish fabrikalarida foydali qazilmalarni qayta ishlashning hamma jarayonlari katta miqdorda chang ajralishi bilan olib boriladi. Ishlab chiqarish korхonalarida changlar asosan derazalarda, pollarda metall konstruksiyalarda va dastgohlarda o’tirib qoladi. Bu esa dastgohlarning хizmat ko’rsatish muddati qisqarishiga hamda moylarning ko’p miqdorda sarflanishiga olib keladi, bundan tashqari derazaga o’tirgan changlar ishchi o’rinlarga tushayotgan yorug’likni to’sadi [20]. Ba’zi mayda dispers zarrachalarda tashkil topgan changlarni havo bilan aralashishi natijasida portlovchi aralashma hosil bo’lishi mumkin. Uning hosil bo’lishi shu aralashmadagi changlarning konsentratsiyasiga, chang zarrachalarining yirikligiga havodagi kislorodning miqdoriga va boshqa omillarga bog’liq. Shuningdek yirikligi 0,07 – 0,1 mm changli havo portlashdan xavfli hisoblanadi. Masalan: bunday yiriklikdagi toshko’mirning havo bilan aralashmasida changning miqdori 35 – 500 gr/m3 bo’lganda portlashga moyilligi yuqori bo’ladi va harorati 700 – 750 0 C bo’lganda ham portlash hodisasi yuz berishi mumkin.
Changlarning konsentratsiyasiga qo’yiladigan me’yor. Quyidagi jadvalda ayrim foydali qazilmalarni portlashdan xavfsiz bo’lgan konsentratsiyasi miqdori keltirilgan.
18.1-jadval. Chang va havo aralashmasidagi mahsulotni portlash xavfidagi changlarning konsentratsiyasiga qo’yiladigan me’yor
Chang hosil qiluvchi
Materiallar
|
Materialdagi erkin kremniy
Oksidining miqdori, (SiO2)%
|
Havodagi chang miqdorining
konsentratsiyasiga qo’yiladigan me’yor, %
|
1
|
2
|
3
|
Tog’ jinsi
|
>70
|
1
|
Shuning o’zi
|
10-70
|
2
|
Silikatlar
|
>10
|
4
|
Barit, apatit, fosforit
|
<10
|
6
|
Sun’iy abrazivlar
|
0
|
5
|
Sement
|
0
|
6
|
Ko’mir
|
>10
|
2
|
Shuning o’zi
|
<10
|
4
|
Koks, ohak
|
1,7- 4,5
|
6
|
Changlar granulometrik tarkibiga ko’ra turlari. Changlar granulometrik tarkibiga ko’ra: yirik, mayda, mayin, juda mayin, changlarga bo’linadi.
1. Yirik changlar: o’lchami 100-500mkm.
2. Mayda changlar: o’lchami 10- 100 mkm.
3. Mayin changlar: o’lchami 0,1-10mkm.
4. O’ta mayin changlar: <0,1mkm.
Havodagi changlar yirikligiga qarab quyidagi usullarda tutiladi:
1. Gravitatsion kuch ta’sirida
2. Markazdan qochma kuch ta’sirida.
Changlarni namlantirib cho’ktirish.
Changlarni g’ovak to’siqlarda tutish.
Changlarni turli qutbli elektr maydonida tutish.
Mayda chang zarrachalarini unga nisbatan yiriklaridan ajratishning ikki хil usuli mavjud:
1) quruq usulda (havo yordamida)
ho’l usulda (suv yordamida)
Foydali qazilmalar tarkibidagi changning miqdori asosan shu foydali qazilmaning хususiyatlariga, qazib olish, qayta ishlash va tashish usullariga bog’liq. Rangli metalli rudalar mustahkam bo’lganligi uchun unda chang kam bo’ladi, tarkibida temir bo’lgan, magnetitli va gematitli rudalarda chang miqdori biroz ko’proq bo’ladi. Ko’mirda esa chang miqdori sezilarli darajada, ya’ni 20% va undan yuqori ham bo’lishi mumkin.
Quruq va ho’l usuldagi changlarni tozalash. Quruq usulda changlarni tozalash asosan chang tozalash klassifikatorlarida olib boriladi, bunday chang havo oqimi orqali harakatga keltiriladi va ishlash usuliga qarab turli dastgohlarda amalga oshiriladi. Quruq usulda changsizlantirish dastgohlarining quyidagi turlari mavjud: markazdan qochma kuch ishlatiluvchi, kamerali, jalyuzli, rolikli, tebranma va boshqalar. Ular ichida sanoatda keng qo’llaniladigani, markazdan qochma kuch ta’siridagi dastgohlardir.
Ho’l usuldagi changlarni tozalash g’alvirlarda, gidrosiklon va turli turdagi ho’l klassifikatorlarda amalga oshiriladi [2].
Changsizlantirish jarayonining nazariy asoslari. Amaliyotda chang ajratishning ikki holati kuzatiladi:1) ko’mirli changlarni ajratishdagi zarrachani chegarasi dgr = 0,5 mm: kon - metallurgiya sanoatida, changsizlantirishni yirikligi< 0,1mm;
<0,1 mm yiriklikdagi o’lchamli zarrachalarning oxirgi tushish tezligi Stoks formulasidan aniqlanadi:
Zarrachalarning suvda tushish tezligi (m/s) (zichligi = 1000 kg/ m3 va ) quyidagi formuladan topiladi:
Zarrachalarning havoda tushish tezligi (zichligi = 1,23 kg/m3 va = 0,001Ns/m2 ) quyidagi formuladan aniqlanadi:
0,12-0,85 mm yiriklikdagi zarrachalar uchun tushish tezligini (m/s) Allen qonuni asosida emperik formulalar orqali aniqlanadi:
Zarrachalarning suvda tushish tezligi
k=1,146
Zarrachalarning havoda tushish tezligi
Siqilib tushish tezligi (m/s) 0,1-12,5 mm li yiriklikdagi zarrachalarning tushishi quyidagi formuladan aniqlanadi
bu yerda:
Vk – oxirgi tushish tezligi m/s;
- zarrachalarning zichligi, kg/m3 ;
d - zarrachalarning diametri , m;
- g’ovak muhitning ajralishi;
18.1-rasm. Changsizlantirish sxemasi
Rasmdan ko’rinib turibdiki, dastgohlarda harakatlanayotgan chang – havo zarrachalari aralashmasi vertikal va gorizontal oqimda sinflarga ajraladi. Shu nuqtai nazardan, bu jarayonning texnologik ko’rsatkichlariga ta’sir ko’rsatadigan asosiy omillar dastlabki materialning hajmi va dastgohning ishchi yuzasi bilan belgilanadi. Quyidagi formula ko’rinishida bo’ladi:
V= v gFk ;
bu yerdan
Changlarni tutuvchi dastgohlarning ishini xarakterlovchi kattalik, ularning chang tutishni foydali ish koeffitsenti orqali belgilanadi. Changlarning ajralish darajasi quyidagi formuladan aniqlanadi:
;
- havo-chang aralashmasidagi chang miqdori
- mahsulot tarkibidagi chang miqdori
- tozalangan mahsulotdagi changning miqdori.
10>10>
Dostları ilə paylaş: |