1-Ma’ruza Mavzu. Mahsulot omborlari uskunalari reja



Yüklə 1,45 Mb.
səhifə54/56
tarix07.01.2024
ölçüsü1,45 Mb.
#201279
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   56
BOYITISH FABRIKALARNING MEXANIK DASTGOXLARI

Truba – quritgich
Truba-quritgichlar ko’mir boyitish fabrikalarida o’lchami 13-15 m dan katta bo’lmagan boyitmalarni quritishda keng ishlatiladi. Ularning boshqa foydali qazilmalarni boyitishda olingan mayda konsentratlarni quritishda ham ishlatish mumkin.
O’tхona vertikal truba bilan to’g’ridan-to’g’ri bog’langan, o’tхonada yonilg’i yonishidan hosil bo’lgan issiq gazlar trubaga tushadi. Ventilator yordamida trubada yuqori harakatlanuvchi gaz oqimi hosil qilinadi va bu gaz oqimining tezligi quritilayotgan mahsulotni eng yirik bo’laklarini ham yuqoriga olib chiqib ketishi uchun yetarli bo’lishi kerak.



72-rasm. Truba quritgich


Mahsulotni truba - quritgichda quritish uchun moslama.
1-trubali quritgich; 2—uloqtiruvchi taminlagich; 3-siklon; 4-batareyali chang ushlagich; 5-havo so’rgich; 6- skrubber; 7- yoqilg’i yonadigan joy; 8 –ventilyator; 9 – to’siq; 10 –yuklovchi qurilma.

Dastlabki mahsulot ta’minlagich orqali trubaning pastki qismiga beriladi va issiq gazlarning yuqoriga ko’tariluvchi oqimi bilan o’rab olinadi va bu oqim bilan yuqoriga harakatlanadi. Mahsulot va issiq gazning to’qnashishi natijasida mahsulot qiziydi va uning tarkibidagi namlik bug’lanadi. Unda quritilgan mahsulotlarning asosiy qismi ajraladi, ishlatib bo’lingan suv bug’lari tozalanadi va atmosferaga chiqarib yuboriladi. Mahsulotning bir–biriga yopishib qolgan yirik bo’laklarini gaz oqimi yuqoriga ko’tarib chiqa olmaydi va ular pastga tushib, quritgichdan chiqarib olinadi.


Truba – quritgichlarning diametri 650 – 1200 mm gacha, uzunligi 14-35 mm gacha. Bu turdagi quritgichlarning kamchiligi mahsulotning truba devorlariga yopishib qolish natijasida uni tozalab turilishidadir.
Qaynar qatlamli quritgich. Jarayon qaynar qatlamida olib borilganda qattiq mahsulot zarrachalari va qurituvchi agent o’rtasida kontakt yuzasi ko’payadi, namlikning mahsulotdan bug’lanib chiqish tezligi ortadi, quritish vaqti esa ancha qisqaradi. Hozirgi vaqtda qaynar qatlamli quritgichlar keng qo’llanilmoqda.
Nam material bunker (1) dan ta’minlagich (2) orqali quritish kamerasiga beriladi. Kameraning pastki qismida tarqatuvchi to’r (3) joylashtirilgan. Havo ventilyator (6) orqali aralashtirish kamerasiga beriladi va bu yerda issiq tutunli gazlar bilan aralashtiriladi. Qurituvchi reagent (issiq havo yoki havoning tutunli gazlar bilan aralashmasi) ma’lum tezlik bilan to’rning pastidan beriladi. Havo oqimi ta’sirida mineral zarrachalar qaynar holatga keltiriladi. Quritilgan mahsulot to’rdan bir oz tepada joylashgan shtutser (7) orqali tashqariga chiqariladi va transportyor (8) ga tushadi. Ishlatilgan gazlar siklon (9) va batareyali (10) chang ushlagichda tozalanadi.
Silindrsimon korpusli quritgichlarda ba’zan quritish jarayoni bir me’yorda bormaydi, chunki qatlamda jadallashtirish mavjud bo’lganligi sababli ayrim zarracha- larning dastgohda bo’lish vaqti o’rtacha qiymatdan ancha farq qiladi. Shu sababli o’zgaruvchan kesimli (m: konussimon) quritgichlardan foydalaniladi. Bunday konussimon dastgohning pastki qismida gazning harakatlanish tezligi eng katta zarrachaning cho’kish tezligidan katta, tepa qismida esa eng kichik zarrachaning cho’kish tezligidan kam bo’ladi.

73-rasm. Bir kamerali mavhum qaynar qatlamli quritgich


Bunday holatda qattiq zarrachalarning nisbatan tartibli sirkulyatsiyasi mavjud bo’lib, zarrachalar dastgohning markaziy qismida ko’tariladi, uning chekka qismlarida esa pastga qarab tushadi. Natijada mahsulot bir me’yorda isiydi.





Yüklə 1,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin