1-Ma’ruza Mavzu. Mahsulot omborlari uskunalari reja


Changsizlantirishda ishlatiladigan dastgohlar



Yüklə 1,45 Mb.
səhifə56/56
tarix07.01.2024
ölçüsü1,45 Mb.
#201279
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   56
BOYITISH FABRIKALARNING MEXANIK DASTGOXLARI

Changsizlantirishda ishlatiladigan dastgohlar
Changlarni tozalashda asosan siklonlar, skrubberlar, elektrofiltrlar ishlatiladi.
Changli gaz aralashmalarini tozalash uchun siklonlar keng qo’llaniladi. Siklon silindrik va konussimon (1) qismlardan iborat (75-rasm.). Dastgohda tozalangan gaz chiqadigan va chang tushadigan patrubkalar bor. Changli gaz siklonga tangensial yo’nalishda 25 m/s tezlikda kiradi. So’ngra pastga spiralsimon aylanma harakat bilan yo’naladi, natijada markazdan qochma kuch hosil bo’ladi. Bu kuch ta’sirida gaz oqimidagi qattiq zarrachalar siklonning ichki devori tomon harakat qiladi, so’ngra devorga urilib, o’z kinetik energiyasini yo’qotadi va og’irlik kuchi ta’sirida pastga tushadi [2].

18.3-rasm.Siklon
1- silindrsimon qobiq ; 2- tangensial changlar – gazlar kiradigan shtutser ; 3- tozalangan gazlar chiqadigan shtutser .

Siklonning pastki konussimon qismida gaz oqimi inertsiya bo’yicha aylanma spiralsimon harakatini davom ettiradi va yuqoriga yo’nalgan oqim paydo bo’ladi. Tozalangan gaz markaziy truba orqali dastgohdan chiqib ketadi.


Batareyali siklon.Ko’p miqdordagi changli gazlarni tozalash va ajratish jadalligini oshirish uchun batareyali siklonlar ishlatiladi (76-rasm).
Batareyali siklon kichik diametrli bir nechta mayda siklon (7) elementlaridan tuzilgan. Element markaziy trubasining tashqi ko’rinishi vintsimon (8) shaklda bo’ladi. Bitta qobiqda bir nechta siklon elementlari ikkita to’siq yordamida joylashtiriladi. Dastgohga kirgan chang (gaz) bir vaqtning o’zida gaz taqsimlovchi kamera (3) orqali hamma elementlarga bir xilda tarqaladi va ulardan o’tib tozalanib, (5) elementlardagi chiqarish trubalari orqali umumiy kameraga chiqariladi. Hamma elementlardan tushgan changli gaz tarkibidagi zarrachalar dastgohning pastki qismida yig’iladi va so’ngra tashqariga chiqariladi. Siklon dastgohlari quyidagi afzalliklarga ega: tuzilishi sodda, harakatlantiruvchi qismlari yo’q, foydalanish oson, ixcham va arzon.
Siklonlarda mayda zarrachali chang gaz aralashmalarini tozalash qiyin bo’lganligi sababli filtrlar qo’llaniladi. Filtrlarning teshiklari mayda bo’lganligi uchun gaz undan o’tib, chang esa ushlanib qoladi. Chang gazlarni tozalash uchun yengli filtrlar ishlatiladi [20].
Yengli filtrlar.Changli gaz filtrning pastki qismidan kirib yengli to’qimalarda changlardan tozalanib, yuqoriga qarab harakat qiladi. Changlar va mayda zarrachalar filtr yenglarining teshiklarida qoladi. Vaqt o’tishi bilan yenglarda chang qatlami ko’payib filtr to’siqlarning qarshiligi ortib ketadi va natijada dastgohning unumdorligi kamayadi. Shuning uchun vaqti-vaqti bilan silkituvchi maхsus qurilma yordamida filtr yenglari zarb bilan silkitilib, yenglar ustidagi changlar to’kiladi va shnek orqali tashqariga chiqariladi. Ba’zi filtrlar meхanik silkitish bilan birga, ularning yenglari tozalanayotgan gazning yo’nalishiga qarama – qarshi yo’nalishda havo bilan puflab tozalanadi. Bunday filtrlarda yenglarning diametri 20 – 25 sm uzunligi 2,5 – 4 m bo’lib, bir necha seksiyalardan iborat bo’ladi. Yengli filtrlarda mayda dispers gaz aralashmalarining tozalanish temperaturasi 60 – 70 0 C ga teng. Kamchiligi: yenglar tez ishdan chiqadi va nam changli gazlarni tozalash mumkin emas.

18.4-rasm Yengli filtrlar

Nasadkali skrubber. Changlarni namlantirib cho’ktirish markazdan qochma skrubberlar dastgohida amalga oshiriladi. Markazdan qochma skrubberlar gaz aralashmasi tangensial yo’nalishda dastgoh (1) korpusining silindr (2) qismiga kirib, markazdan qochma kuch ta’sirida aylanma harakat qiladi (77-rasm). Korpus devori yuzasidan suv taqsimlagich (3) orqali berilgan suv doim yupqa plyonkaga o’хshab oqib turadi. Gaz oqimidagi vintsimon aylanma harakat qiladigan qattiq zarrachalar markazdan qochma kuch ta’sirida skrubberning devorlariga urilib, suv va shlam chiqariladigan dastgohning pastki konus qismidan plyonka holida oqayotgan suv bilan yuvilib tushib ketadi. Tozalangan gaz dastgohning balandligi bo’yicha yuqoriga ko’tarilib, (5) patrubka orqali chiqib ketadi.



18.5-rasm. Nasadkali skrubber


Changlarni turli qutbli elektr maydonida tutish [20] . Changli gazlar tarkibidagi qattiq zarrachalarni elektr maydoni ta’sirida cho’ktirish boshqa cho’ktirish usullariga qaraganda ko’p afzalliklarga ega. Tarkibida qattiq zarrachalar bo’lgan gaz oqimi yuqori kuchlanishli elektr maydonidan o’tgan ionizatsiya hodisasiga uchraydi, ya’ni uning molekulalari musbat va manfiy zaryadlangan zarrachalarga ajraladi. Bunda butunlay ionlashgan gaz qatlami cho’g’lanib, nur va charsillagan ovoz chiqaradi. Bu sim nurlanuvchi elektrod deb ataladi. Manfiy zaryadlangan changning elektronlari nurlanuvchi elektroddan musbat zaryadlangan cho’ktirish elektrodlariga tomon harakat qilganda o’z yo’lida qattiq zarrachalarga uchraydi va ularni zaryadlaydi.


Zaryadlangan zarrachalar cho’ktirish elektrodiga yaqinlashganda o’zining zaryadini beradi va og’irlik kuchi ta’sirida cho’kadi. Bu cho’ktirish jarayoni elektrofiltrlarda amalga oshiriladi. Elektrofiltrlarda nurlanuvchi elektrodlar ham doim tok manbaining manfiy qutbiga, cho’ktirish elektrodlari esa musbat qutbiga ulanadi. Cho’ktirish elektrodining tayyorlanishiga qarab trubali va plastinali elektrofiltrlar bo’ladi. Elektrofiltrlar o’zgarmas tokda ishlaydi, chunki tok o’zgaruvchi bo’lganda zaryadlangan zarrachalar o’z harakati yo’nalishini o’zgartirib cho’ktirish elektrodlarida cho’kishga ulgurolmay, gaz bilan elektrofiltrdan chiqib ketishi mumkin. Elektr cho’ktirish dastgohlari yuqori kuchlanishli o’zgarmas tok bilan ta’minlanadi. O’zgarmas tok kuchlanishi 220 – 500 V bo’lgano’zgaruvchan tokdan kuchaytiruvchi transformator va to’g’rilagich yordamida olinadi.

18.6-rasm. Elektrofiltrda elektrodlarning joylashishi va shakli
Yüklə 1,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin