1-Ma’ruza Mavzu. Mahsulot omborlari uskunalari reja


G‘alvirlarning ishchi yuzalari



Yüklə 1,45 Mb.
səhifə11/56
tarix07.01.2024
ölçüsü1,45 Mb.
#201279
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   56
BOYITISH FABRIKALARNING MEXANIK DASTGOXLARI

G‘alvirlarning ishchi yuzalari
G‘alvirlarning ishchi yuzalari ularning konstruksiyalari ishlash sharoitiga bog’lik . Ishchi yuzalari sifatida panjaralari, varaqsimon g‘alvirlar, tukima elaklardan foydalaniladi.

  1. Panjaralar yirik va ba’zida o’rta g‘alvirlash jarayonlarida qo’llaniladi. Panjaralar sterjenlar va kolosniklardan yig’iladi.

  2. Varaqsimon g‘alvirlar o’rta g‘alvirlash jarayonlarida ishlatiladi. Ular po‘latdan yasaladi va listlarga har xil shakllar bilan shtamplanadi. Listning qalinligi 4-6mm bo‘lib shtamplangan shakllarning o’lchami 10 mm bo’ladi. SHtamplangan shakllari 30-60 mmlik listlar uchun kalinligi 8-10 mm bo’lishi kerak. Oxirgi vaqtlarda rezinali varaqsimon g‘alvirlar ishlatilmoqda. Ular yiyilishga chidamli va shovqinni kamaytiradi.

  3. Metall sim tolalaridan to‘qilgan g‘alvirlar. Ular mayda g‘alvirlash jarayonlarida qo’llaniladi. Metall sim tolalari po‘lat, latun, mis, bronza va boshqa xil metallardan yasaladi.

  4. Tajribada katta bo‘laklarni maydalaridan to’ligicha (100%gacha) ajratib bo’lmaydi. Elakdan o’tmay qolgan xom ashyoda qisman bo’lsada mayda mahsulotlar qoladi. Katta bo‘laklarni kichiklaridan ajralganini son buyicha aniqlash uchun g‘alvirlash samaradorligi aniqlanadi. G‘alvirlashning asosiy ko‘rsatkichlari – ish unumdorligi va samaradorlikdir. Bu ko‘rsatkichlar doimo bir-biri bilan bog’lik bo’ladi. Odatda g‘alvirlashning ish unumdorligi g‘alvirning kengligiga, samaradorligi esa uning uzunligiga bog’lik.

G‘alvirlash jarayonlariga ta’sir qiladigan omillar:

  1. Materialning namligi yukori bo‘lganda mahsulot tukimalar orasiga tiqilib qoladi va materiallarning yopishkokligi ortadi. Odatda materialning namligi 10-12%dan yukori bo‘lganda bunday xol yuz beradi. SHunda g‘alvirlashning samaradorligi birdaniga pasayadi. Bunday xollarda g‘alvirlash suvli muxitda utkaziladi.

  2. Donador xomashyoning geometrik shakli g‘alvirlashga ko‘p rok ta’sir kursatadi. G‘alvirlashda eng yaxshisi aylanasimon shaklli xomashyolar xisoblanadi. Kub va ko‘p tomonli geometrik shakldagi xomashyo urtacha uzunrok va yassi shakldagi xomashyolar esa g‘alvirlashni kiyinlashtiradi.

  3. G‘alvirning ishchi yuzasining qiya lik burchagi ortishi tukimalar orasidagi ulchamni kamaytiradi va materialning xarakat tezligi ortishi natijasida mahsulot ning elanmasdan utishi yuzaga keladi. SHuning uchun qiya lik burchagi eksperimentlar utkazishlar natijasida belgilanadi.


5.3-rasm. 8 Titrama g‘alvirlarning ko‘rinishi



Yüklə 1,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin