1-Ma’ruza Mavzu. Mahsulot omborlari uskunalari reja


-Ma’ruza Mavzu: Tasniflash dastgohlari



Yüklə 1,45 Mb.
səhifə19/56
tarix07.01.2024
ölçüsü1,45 Mb.
#201279
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   56
BOYITISH FABRIKALARNING MEXANIK DASTGOXLARI

8-Ma’ruza
Mavzu: Tasniflash dastgohlari
Reja:

  1. Foydali qazilmalarni gidravlik tasniflash

  2. Tasniflagichlarning tuzilishi va ishlash tartibi

Ashyolar zarrachalarini ulchamlarga karab sinflarga ajratish jarayoni tasniflash deyiladi.


Mayda donador maxsulotlar klassifikatsiyasi deb shunday jarayonga aytiladiki, suvli yoki xavoli muxitda xar xil ulchamli donalarning tushish tezligiga karab minerallarning mayda donalari bir – biridan ajratiladi.
Zarrachalarni gidravlik tasniflash boyitish jarayoni bo‘lmay, u yordamchi jarayon xisoblanib, foydali qazilmalarni boyitishga tayyorlashdir.
Gidravlik tasniflash – mineral zarrachalarni zichliklari va o‘lchamlariga qarab suvda tushish tezliklarining farqi xisobiga sinflarga ajratish jarayonidir. Agar muxit xavo bo‘lsa jarayonni pnevmatik tasniflash deyiladi.
Gidravlik tasniflash jarayoni gravitatsion zarrachalarga ko‘rsatayotgan muxitning va zarrachalarni bir-biri bilan tuqnashish xisobiga xosil bo‘lgan qarshilik kuchlari ћamda inersiya kuchlari natijasida zarracha yo‘nalishining o‘zgarishiga asoslangan.
Gidravlik tasniflash jarayonida o‘lchamlari ћar xil bo‘lgan ikki yoki bir nechta maxsulot olish mumkin. Zichliklari ћar xil bo‘lgan mineral zarrachalar bo‘lsa ћar bir maxsulotda og‘ir kichik zarracha va engil kata zarracha (teng tushishlik koeffitsentiga mutanosib ravishda) bo‘lishi mumkin (elash jarayonidan farqli).
Zichliklari katta farqqiladigan minerallar bo‘lgan rudalarni gidravlik tasniflash unchalik samara bermaydi. CHunki mayda kichik zarracha katta yirik zarracha bilan birga qayta-qayta maydalash dastgoxi – tegirmonga jo‘natilaveradi.
Tasniflash jarayoni suvli muxitda o‘tkaziladigan dastgoћlar tasniflagichlar (klassifikatorlar) deb, agar jarayon ћavoli muxitda olib boriladigan dastgoћlar – saralagichlar (separatorlar) deb ataladi.
Tasniflash bir qarashda oddiy konuniyatlarga bo‘ysunadi, ya’ni tik (vertikal) quvurda suv oqimi yuqoriga ma’lum tezlik « » bilan zarrachalar esa « » tezlik bilan xarakatlanadi. Zarrachalarning quvur devoriga nisbatan xarakat tezligi esa suv bilan zarrachaning siqilib tushish tezligi farqlariga teng.
= – (22)
Agar, > bo‘lgan zarrachalar sinfi suv tubida to‘planishi,
< ,zarrachalar esa suvoqimi bilan yuqoriga ko‘tarilib quvurdan chiqib ketishi kerak.
Amalda esa, engil kichik zarrachalar yirik zarrachalar bilan, og‘ir yirik zarrachalar mayda zarrachalar bilan qisman bo‘lsa xam «ifloslangan» bo‘ladi. Bunga sabab, jarayon murakkab kuchlarta’sirida o‘tadi. Masalan: pastga qarab tez xarakat qilayotgan zarrachasekin xarakatlanayotgan zarrachaga urilib, uni tezligini oshiradi; bir nechta zarracha o‘zaro yopishib olib birga xarakat qilishi mumkin; quvurda xosil bo‘lgan quyun zarrachalarni xarakat yo‘nalishini o‘zgartirib yuboradi va xokazo.
Tasniflashni samaradorligi deb, xisoblangan (mo‘ljallangan) kichik o‘lchamli zarrachalar sinfini slivga o‘tish darajasidan, shu sinfga o‘tgan yirik zarrachalarni ajralish darajasini ayirmasiga aytiladi.
E = --+(23)
Amalda tasniflash samaradorligini Xankok va Lyuyken taklif qilgan tenglama bilan aniqlanadi.
(24)
amaldagi natija: -nazariy natija
, - shu o‘lchamga mansub sinfni dastlabki rudadagi miqdori. Bundan,
(25)
Umuman olganda, unumdorligi kam, suyuq bo‘tanada va rudada oraliq o‘lchamli zarrachalar kam bo‘lsa tasniflash samarasi yuqori bo‘ladi.

Yüklə 1,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin