1.1-jadval
Matnni siqish usullari
Siqish usuli
Izohlar
Shennon-Fano
kodlashi
Yuqori paydo bo‘lish ehtimolligiga ega simvollar qisqaroq kodli
so‘zlarga almashtiriladi
Xaufman
kodlashi
Yuqoridagidek
LZW
Simvollar qatorini yagona kod bilan almashtirish. Matnni tahlil
qilish bajarilmaydi. Buning o‘rniga simvollarni har bir yangi
qatori qatorlar jadvaliga qo‘shiladi.
Unix-siqish
Kengayadigan lug‘atli LZW qo‘llaniladi. Dastlab lug‘at 512
elementlardan iborat bo‘ladi va zarurat bo‘lganida ikkilantiriladi
Matnni uzatishda ruxsat etiladigan xatoliklar
darajasiga talablar asosan
qo‘llaniladigan ilovalarga bog‘liq bo‘ladi. Matnli fayllarni uzatadigan ilovalar
xatoliklar to‘liq bo‘lmasligini talab qiladi va TCP protokolini qo‘llaydi.
Boshqa
ilovalar xatolikli ma’lumotlarni qandaydir foiziga ruxsat etishi mumkin va UDP
protokolini qo‘llaydi.
Faqat matn bilan ishlaydigan ilovalar real vaqtda uzatish bilan bog‘liq
bo‘lgan cheklashlarga ega emas.
Shu bilan bir vaqtda, uzatiladigan uzluksiz
xabarlar oqimi, ularni uzatishda kechikishlar qiymatiga
sezilarli cheklashlarni
qo‘yadi.
Dostları ilə paylaş: