•
Seans haqida ogohlantirish. Qatnashuvchilarni bo‘lajak seans haqida
ogohlantirishga imkon beradi. Masalan, Internetda turli kanallar bo‘yicha
tarqaladigan yuzlab radiostansiyalar mavjud. Seans haqida ogohlantirish bunday
radiostansiyalarga potensial tinglovchilar uchun tarqatish jadvali haqidagi
ma’lumotlarni tarqatishga imkon beradi.
•
Seansni identifikatsiyalash. Multimediali seans ko‘plab oqimlardan, shu
jumladan uzluksiz (ovoz, video) va diskret (matn, tasvir) oqimlardan tashkil
topgan. Masalan, jo‘natuvchi bitta kanal bo‘yicha ovoz va videoni ikkita turli
oqimlar sifatida jo‘natishi mumkin, ular olinganida sinxronlashgan bo‘lishi kerak.
Yoki aksincha, jo‘natuvchi ovoz va videoni birgalikda jo‘natishi, lekin qayta
tiklashni oluvchilarning imkoniyatlariga bog‘liq ravishda sifat bo‘yicha bir necha
darajalarga bo‘lish mumkin.
•
Seansni boshqarish. Turli oqimlardagi ma’lumotlar ichki aloqalarga ega
bo‘lishi mumkin va bu uni uzatishda hisobga olinishi kerak. Bu multimediani
sinxronlashtirish deyiladi va vaqt belgilarini (time stamps) uzatiladigan paketlarga
qo‘yib chiqilishi bilan erishilishi mumkin. Shu bilan birga, bunday oqimli
multimediani oluvchilar oddiy videomagnitofonlarda bajariladigandek qayta
eshittirishni boshqarish imkoniyatiga ega bo‘lishni istab qolishi mumkin
Dostları ilə paylaş: