1-Ma’ruza Mavzu: Multimedia tushunchasi. Multimedianing xususiyatlari Reja



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/46
tarix16.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#183444
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   46
МАЪРУЗА (3)

IP-telefoniya. 
Mazkur xizmat tarmoqning ikki abonenti o‘rtasidagi tovush 
trafigini (nutqni) uzatadi, unda tarmoq trafigi sifatida IP protokol (Internet 
Protocol)dan foydalaniladi. “IP-telefoniya” xizmatini tashkil etish uchun mahalliy, 
korporativ, global tarmoqlar, hatto Internet tarmog‘idan foydalanish mumkin. 
Umumiy foydalanishda qo‘llaniladigan maxsus shlyuzlar yordamida telefon 
tarmoqlari abonentlari va ma’lumotlar uzatish tarmoqlari abonentlari o‘rtasida IP-
telefoniya aloqasi ta’minlanadi. 
Yuqori
 
sifatli tovush. 
Yuqori sifatli tovush deganda shunday xizmat 
tushuniladiki, bu xizmat yuqori sifatli tovushni, masalan, musiqa, konsertlardagi 
chiqishlarni va eshittirishni uzatishni amalga oshiradi.
Videotelefoniya. 
Mazkur xizmat ikki abonent o‘rtasida insonlar nutqini 
uncha yuqori bo‘lmagan sifatdagi uning tasviri bilan birga uzatishni amalga 
oshiradi. Bu xizmat mijozlari tegishli kommutatsiya qurilmasi orqali haqiqiy vaqt 
rejimida bir-birlarini eshitishlari va ko‘rishlari mumkin. 
Videokonferensiya. 
Mazkur xizmat abonentlar guruhi o‘rtasida tovushli va 
videotrafikni uzatishni amalga oshiradi, bunda tovush va videosignallar bir-biriga 
bog‘liq bo‘lmagan holda (turli transport birikmalari bo‘yicha) tarmoq orqali 
uzatiladi, ularning qabul qilishdagi sinxronlanishi transport darajasidagi tegishli 
protokol bilan ta’minlanadi. 
Masofadan tibbiy xizmat ko‘rsatish. 
Mazkur xizmat bemorlarni 
masofadan tibbiy tekshirish, tashxis qo‘yish va maslahat berishni ta’minlaydi. 


Mazkur xizmat trafigi haqiqiy vaqt miqyosida uzatilgan tovush va video 
ma’lumotlarni, tekshiruv natijalarini va boshqalarni o‘z ichiga oladi. 
Videomonitoring. 
Mazkur xizmat xonalarning videokuzatuvini amalga 
oshiradi, turli vazifalarni bajaruvchi hududlarni qo‘riqlash, turli xil noan’anaviy 
vaziyatlar to‘g‘risida tezkor xabardor qilish, odamlar to‘planadigan joylarni doimiy 
monitoring (haqiqiy vaqt rejimida) qilish uchun qo‘llaniladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin